O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi


Nazariy va amaliy ahamiyati –



Download 0,77 Mb.
bet4/8
Sana12.08.2021
Hajmi0,77 Mb.
#146156
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI. MADANIYAT

Nazariy va amaliy ahamiyati – kurs ishidan kelib chiqadigan ilmiy xulosalar tilshunoslikka oid muammolarni ma'lum ma'noda oydinlashtirishga yordamlashadi. Ushbu kurs ishi kelgusida ta'lim sohasida izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, magistrantlarga, bakalavriat bosqichida ta'lim olayotgan talabalarga, kasb-hunar kolleji talabalari va litsey o‘quvchilariga ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.

Ishning tuzilishi va hajmi. Kurs ishining umumiy tavsifi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 28 sahifadaniborat. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Til va madaniyatning bog‘liqligi, madaniyatning tilda aks etish muammosi bilan bog‘liq masalalarning metodologik asosi yaqin yillardangina boshlandi. Ularning asosi sifatida V.V.Vorobyov, V.M.Shaklein, V.N.Teliya, V.A.Maslovalarning ishlari xizmat qiladi. Hozirgi kun tilshunoslik ilmida yangi-yangi sohalarning yuzaga kelishi, matn muammosining o‘rganilishi bilan bog‘liq ishlar jadal rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda matn tahlilida tadqiqotchilar grammatika, semantika, kognitologiya, psixolingvistika, lingvokulturologiya kabi qator yo‘nalishlar qo‘lga kiritgan yutuqlarga tayanib ish ko‘rmoqdalar. Bundan maqsad – nutq yaratuvchi va uni idrok etuvchi shaxs omilining lisoniy faoliyatda qanday o‘rin tutishini aniqlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, matnning semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishdir. Shunday masala sifatida hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan lingvokulturologiya masalalari ko‘pchilik tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan bo‘lsa-da, biroq to‘laqonli o‘z yechimini topgan emas.

1.1 MADANIYATSHUNOSLIK FANINING MAZMUN-MOHIYATI

Madaniyatshunoslik jamiyat ma’naviy taraqqiyotining umumiy qonunlari, ularni harakatga keltiruvchi kuchlar, insonning madaniy-tarixiy jarayonda hamda madaniyat sohasida tutgan o‘rni haqidagi fandir.1 Madaniyatshunoslikning bahs mavzui (predmeti) quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:



  • madaniyatning mohiyati, mazmuni, tuzilishi, asosiy funksiyalari;

  • madaniyatning tarixiy taraqqiyot qonunlari, madaniy vorislik jarayonlari, madaniy merosdan foydalanish tamoyillari;

  • madaniyatning milliy-etnik o‘ziga xosligi, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda, uyg‘unlashtirishda madaniy aloqalar hamda umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati;

  • shaxsning ma`naviy shakllanishi va kamol topishida insoniy munosabatlarni oliyjanoblashtirishda madaniyatning o‘rni.

Har bir fanga izoh berilganda, odatda, unga bilimlar tizimi ekanligidan kelib chiqib yondashiladi. Fan haqiqatlar, dalillar, kuzatishlar, g‘oyalarning oddiy yig‘indisi emas, balki jamiyat va insoniyat amaliy faoliyati jarayonida to‘plangan, sinovdan o‘tgan bilimlar tizimidir.

Shu nuqtai nazardan, madaniyatshunoslikni quyidagicha tavsiflash mumkin:



  • birinchidan, madaniyatshunoslikda har bir masala boshqa ma’naviy va moddiy ahamiyatga molik muammolar bilan mantiqan bog‘lanib, bir butun tizimning tarkibiy qismi sifatida olib qaraladi;

  • ikkinchidan, madaniyatshunoslik ma’naviy hodisalarning umumiy jihatlarini nazariy xulosalaydi, ilmiy konsepsiyalar yaratadi, shu negizda konkret hodisalarga yondashadi;

  • uchinchidan, madaniyatshunoslik tizim sifatida butunni tashkil etadigan bo‘laklar yaxlitligidan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, madaniyatshunoslik madaniyatni o‘rganganda uni jamiyat hayotining boshqa sohalari doirasida olib tekshiradi;

  • to‘rtinchidan, madaniyatshunoslik muayyan monizm, ya’ni yaxlit bir nazariy asosga suyanadi va shu nuqtai nazardan madaniyat hodisalarini tekshiradi. Madaniyatni qadriyat deb hisoblash va shu yo‘l bilan fikr yuritish madaniyatshunoslikdagi monizmning bir ko‘rinishidir. Buni boshqa fanlar sohasida ham ko‘rsa bo‘ladi. Chunonchi, D. I. Mendeleyev ana shu tartibdagi monizmga suyanib turib, o‘ziga qadar bo‘lgan bilimlarni bir tizimga solganligi ma’lum.

  • beshinchidan, insonning olamni ma’naviy o‘zlashtirishi, madaniy faoliyat ko‘rsatishi rang-barang va cheksizdir. Shunga ko‘ra, madaniyatshunoslik muntazam tarzda yangidan-yangi dalillarni, voqea-hodisalarni tahlil etadi. Binobarin, ma’naviy-madaniy taraqqiyot sari insoniyat tomonidan olg‘a qo‘yilgan har bir qadam ayni madaniyatshunoslik uchun ham kashfiyotdir.

Madaniyatshunoslik falsafiy yo‘sindagi fan bo‘lganligi bois muayyan g‘oyaviy asosga tayanib ish ko‘radi, bunday yondashuv ijtimoiy fikrlar tarixida turlicha qarashlarning mohiyatini belgilashda muhim rol o‘ynagan. Olamning madaniy manzarasi haqida fikr yuritganda madaniyat to‘g‘risida vujudga kelgan qarashlarning bir qismida u, ya’ni, «madaniyat» «olam ruhi», «ilohiyotning zuhur etilishi», yoinki, «shaxsiy kechinma natijasi», deb talqin etilgan.

Madaniyat mutlaq ruh taraqqiyoti, yoinki, madaniyat hodisalarini yaratadigan subyekt — ijodkorning sof ma’naviy olamidan boshqa narsa emas, deb baholanadi.

Moddiy reallikni asos qilib oladigan dunyoqarash esa insonning tashqi olamga, tabiatga bo‘ladigan ma’naviy-amaliy faoliyati obyektiv zaruriyat, yuzaga keladigan qadriyat esa kishilarning real ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi, degan fikrni ilgari suradi. Bunday dunyoqarash madaniy faoliyat ko‘rsatishning obyekti — rang-barang olamdir, degan tushuntirish usuliga suyanadi. Insoniyat taraqqiyoti uchun ahamiyatli hodisalarni e’tirof etish madaniyatshunoslik sohasidagi ilmiy konsepsiyaning asosiy mazmunini

tashkil etadi.

Madaniyatshunoslik fanida uning ilmiy tushunchalari — kategoriyalari to‘g‘risidagi masala alohida o‘rin tutadi. Binobarin, har bir fan o‘zi tadqiq etadigan obyektni ilmiy-mantiqiy jihatdan asoslashda muayyan kategoriya va tushunchalarni ishlab chiqadi va ularga suyanib ish ko‘radi. Madaniyatshunoslik fan sifatida shakllanar ekan, falsafa va boshqa fanlarning «madaniyat», «ijodiy faoliyat», «san’at» singari kategoriyalaridan samarali foydalanib keladi. Ayni vaqtda, uning o‘ziga xos kategoriyalari ham tarkib topgan. Ular sirasiga keng ma’noda «madaniy qadriyat», «madaniy-tarixiy jarayon», «ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish», «ma’naviy ravnaq», «madaniyat subyekti va obyekti», «madaniy dalil», «madaniy meros», «madaniylik darajasi», «madaniy vorislik» va boshqalarni kiritish mumkin.

1.2 MADANIYATSHUNOSLIK FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI

Madaniyatshunoslik fanining o‘ziga xos xususiyatlari boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan uni qiyoslash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Gap shundaki, madaniyat muammolari falsafa, etika, estetika, tarix, sotsiologiya, etnografiya, san’atshunoslik, psixologiya kabi o‘nlab fanlar tekshiradigan sohalarning ham ma’lum bir qismini tashkil etadi. Shunday ekan, madaniyatni tadqiq etishda ular o‘rtasidagi o‘ziga xos tomonlar nimadan iboratligini bilib olish, shuningdek, ular bilan madaniyatshunoslik o‘rtasidagi aloqadorlik masalasini ko‘rib chiqish muhimdir.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish