R e j a:
1. Inson, millat va jamiyat hayotida g’oya va mafkuraga bо’lgan talab va ehtiyojlar
2. Milliy g’oyaning tarixiy negizlaridagi asosiy manbalar va undagi ilg’or
g’oyalar.
3. О’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida: g’oyaviy-mafkuraviy
jarayonlar.
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Tarixiy taraqqiyot, tarixiy taraqqiyot mezonlari, tarixiy jarayon, sivilizatsion yondoshuv, g’oyaviy-mafkuraviy mezon, jadidchilik, g’oya va mafkuralarning rivojlanish tarixi, tarixiy merosga mafkuraviy yondoshuv, gumanizm
1-masalaning bayoni: Har qaysi davrda inson, millat va jamiyat hayotida
g’oya va mafkuraga bо’lgan talab-ehtiyojlar kuchli bо’lgan. Zero, Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni
vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini kо’zlagan va uning dunyodagi о’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun о’rtasida
о
Milliy g’oya- muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetkalaydigan fikrlar majmui. U millatning o’tmishi, buguni va istqibolini o’zida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. Milliy g’oya o’z mohiyatiga ko’ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bo’lgan, qisqa yoki uzoq muddat hal etilishi kerak bo’lgan vazifa va mo’ljallarni ham o’zida aks ettiradi.
’ziga xos kо’prik bо’lishga qodir g’oya jamiyat mafkurasidir.
G’oya va mafkura tushunchalari, umuman ijtimoiy-siyosiy fanlar, xususan
falsafada muhim о’rin tutadi, ammo ularning mazmuni maxsus tadqiqot obyekti sifatida hali yetarli darajada ilmiy tadqiqot qilinmagan, aksariyat hollarda mazkur tushunchalarga sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazaridan yondashib kelingan. Shuning uchun ham hozirgi falsafiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda g’oya va mafkura tо’g’risida bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman ta‘riflarni, tavsiflarni, izoh
va talqinlarni uchratish mumkin. G’oya va mafkuralar obyektining dinamik о’zgarishi, plyuralizm va tolerantlik tamoyillari tobora kо’proq e‘tirof etib kelinayotgan hozirgi davrda bu jarayonga «tabiiy hol» sifatida qarash taqozo etiladi. Zero, shu jarayonda g’oya va mafkura, milliy g’oya va milliy mafkura tushunchalarining turli-tuman qirralari har xil nuqtai nazarlardan tahlil qilinmoqda.
Ma‘lumki, an‘anaviy tarzda, aksariyat hollarda «g’oya» va «ideya» atamalari sinonimik tushunchalar sifatida qо’llanilib kelinadi. Xususan, Platon falsafasi haqida sо’z yuritilganda odatda «ideyalar dunyosi» atamasi emas, balki «g’oyalar dunyosi» atamasi qо’llanilib kelinadi.
Biror g’oyaning milliy g’oya sifatida maydonga chiqishi millatning o’tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog’liq. Ana shu 2 negizga tayangan holdagina u millatning qisqa va uzoq vaqtda erishi mumkin bo’lgan maqsad va muddaolari, mo’ljallarini o’zida to’gri ifoda etishi mumkin.
Darhaqiqat, keng ma‘noda ideya yoki g’oya deganda muayyan narsa-hodisalarning
muhim belgilari majmuasi, asosiy mazmunini ifodalovchi asosiy fikr nazarda tutiladi. Umuman, xalqlar, millatlar va davlatlar mavjud ekan, ularning borligini anglatib turuvchi g’oyalarning amal qilishi tabiiydir. Insoniyatning taraqqiyoti, uning kelajagi mavjud mintaqaviy, irqiy va diniy manfaatlarni о’zida aks ettiruchi g’oyalarning mutanosibligini ta‘minlashga bog’liq. Bunday mutanosiblikning buzilishi esa dunyoda kо’plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bо’lmoqda. Gnoseologik jihatdan g’oya va mafkura ruhiy olam, subyektiv reallik, ong hodisalari sifatida, birinchidan, mavjud obyektiv reallik in‘ikosi va ayni paytda kelajakning rejasidir; ikkinchidan, о’z-о’zining in‘ikosi va rejasidir. Ontologik jihatdan g’oya va mafkura subyektiv reallik hodisalari sifatida muayyan narsahodisa, jarayon-voqelikning bizning ongimizdan tashqarida mavjud ekanligini ifodalovchi mazmunga ega. Ammo, ayni paytda, g’oya va mafkura inson ichki dunyosining ham realligidirki, bu reallik inson uchun undan tashqaridagi moddiy narsalarga nisbatan muhimroq ahamiyatga ega bо’lishi mumkin. Binobarin, g’oya va mafkura tushunchalari obyektiv va subyektiv reallikning in‘ikosi va kelajak rejasini ifodalovchi belgilarni ham, obyektiv va subyektiv reallikning mavjudligi va rivojlanishini ifodalovchi belgilarni ham о’z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, bir tomondan, muayyan g’oya va mafkura tushunchalarining mazmuni muayyan voqelikning in‘ikosidir (gnoseologik jihat), ammo ular о’z-о’zini emas, balki mazkur voqelikni ifodalaydi (ontologik jihat), ikkinchi tomondan, bu muayyan mazmun, ayni vaqtda, subyektiv reallik sifatida mavjud (ontologik jihat) va mazkur subyektiv reallikning mazmuni sifatida in‘ikos etadi (gnoseologik jihat). Har qanday g’oya eng avvalo individual ongda paydo bо’ladi. Individual ong esa, ijtimoiy ongga nisbatan faoldir. Ba‘zan ijtimoiy ongning mavqei mutlaqlashtiriladi va natijada jamiyat ma‘naviy hayotida shaxsning roli kamsitiladi. Bunday hollarda g’oyalarning, umuman madaniy qadriyatlarning birdan-bir yagona ijodkori, aql va tafakkurning, vijdon va ijodiy ruhning yagona sohibi, mas‘uliyat his qiluvchi jonli konkret inson g’oyib bо’ladi, uning qobiliyat va vakolati u yoki bu mavhum umumiy kuchlar foydasiga begonalashtiriladi.
“G’oya” aslida arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida –maqsad, intilish, niyat, qasd degan ma’nolarni anglatsada, kishilarning kundalik ilmiy va amaliy faoliyatida esa:
|
Birinchidan, ob’yektiv borliqni. Voqelikni kishi ongida aks ettiruvchi, ayni zamonda kishining obyektiv borliqqa, voqelikga munosabatini ifodalovchi, kishilarning dunyoqarshlari aosini tashkil etuvchi tushuncha;
|
Ikkinchidan, badiiy, siyosiy v ailmiy asarning mazmuni, tub mohiyatini belgilab beruvchi asosiy fikr;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |