12-mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari
Reja:
1. Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi, turlari.
2. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya.
3. Savol va javobning muhokama yuritishdagi ahamiyati.
4. Mantiq ilmining nazariy va amaliy ahamiyati.
Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat
bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli
– demonstrastiya.
Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-
e‘tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o‘zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki
teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi
mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo‘ladi.
Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar bo‘lib faktlarni qayd
qiluvchi hukmlar, ta‘riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar
xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador
bo‘lishi lozim.
Ta‘riflar ham chin hukmlar bo‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «Harakat – bu
har qanday o‘zgarishdan iborat», degan ta‘rif chin hukmdir.
Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida
ko‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish
mumkin.
Isbotlash usuli – demonstrastiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa
chiqarish shaklida bo‘ladi, ya‘ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p
hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma‘lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida
foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «O‘zbekiston – mustaqil davlatdir», degan hukm (tezis)ning
chinligi «O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e‘lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e‘tirof etilishi» kabi asoslar
yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan hukmning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish
orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash
farq qilinadi. Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis (
a
) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan,
«Materiya harakatsiz mavjud emas», degan hukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan «Materiya
harakatsiz mavjud», degan hukm olinadi.
Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma‘lum bir
natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak,
tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud», degan hukm chin bo‘lsa, «Moddiy
predmetlar strukturasiz mavjud», degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin bo‘ladi. Bizga ma‘lumki,
moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak,
«Materiya harakatsiz mavjud», degan fikr xato, shu tariqa «Materiya harakatsiz mavjud emas», degan fikrning
chinligi asoslanadi.
Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli diz‘yunkstiyaning) bir a‘zosi bo‘lib, uning
chinligi boshqa a‘zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Masalan, ―Jinoyatni yo A, yo V,
yo S shaxslar sodir etgan», degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni V shaxs ham, S shaxs ham sodir etmagan‖ligi
aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni A shaxs sodir qilgan», degan hukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda
ayiruvchi isbotlash ayiruvchi – qat‘iy sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi bo‘yicha qurilgan.Ayiruvchi
isbotlashda barcha muqobil variantlar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi,ya‘ni tezis isbotlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |