Raddiya. Rad etish usullari.
Raddiya – isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.
Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bo‘lgan fikrning xatoligini ko‘rsatishdan iborat
bo‘lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi
tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi hukmlar) va demonstrastiya (rad etish
usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya‘ni bahs, munozara jarayonida
uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri ma‘lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga
qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, Munozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan bahslar polemika
hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
I) Tezisni rad etish;
II)
Argumentlarni rad etish;
III)
Demonstrastiyani rad etish.
I. Tezisni rad etish.
Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud:
1.Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bo‘lib o‘tgan voqealarga, statistik
ma‘lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, «Sovet davrida O‘zbekiston to‘laqonli mustaqil respublika
bo‘lgan», degan tezisni rad etish, ya‘ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz.
O‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim masalani Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar
keltirib, tezisni rad etamiz.
2.Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orqali rad etish.
Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul «bema‘nilikka olib kelish»,
deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu
natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. CHin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu
bema‘nilik bo‘ladi. «Bema‘nilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha(a→b)→((a→b)→a)
3.Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bo‘lgan Yangi tezis (antitezis)
olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib
chiqariladi. Masalan, Prezidentimiz I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli maqolasida «Amir Temur
buyuk sarkarda bo‘lgan va yovuzliklar qilgan», degan tezisni shunday rad etadi: «Inson bir paytning o‘zida ham
bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu
fuzalolarning boshini silagan, Qur‘oni karimni yod bilgan inson yovuz bo‘lmaydi. Qonxo‘r odam «Kuch –
adolotda», deyishi mumkinmi?»
II.Argumentlarni rad etish.
Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki
tezisni isbotlash uchun yetarli emasligi aniqlanadi.
Argumentlarning xatoligi tezisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bo‘lishi ham mumkin:
Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi.
III.Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezisning
chinligi uni asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida
yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi.
Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |