O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

n
m
ga teng. Uni f(p)=
n
m
 ko‘rinishda yozish mumkin. 
Masalan, avtomobil avariyalarining 100  tadan 17  tasini haydovchining mast holatda avtomobilni boshqarishi 
keltirib  chiqaradi,  deb  faraz  qilaylik.  Unda  mast  holda  haydovchining  avtomobilni  boshqarishi  natijasida  sodir 
bo‘lgan avariya chastotasi 17\100 ni, ya‘ni 17% ni tashkil etadi. 
Umumiy holda  hodisalarni statistik tasvirlashda  r belgining paydo bo‘lish chastotasi 0 dan 1 gacha bo‘lgan 
intervaldagi qiymatni tashkil etadi.0‹f(p)‹1 
Buning  sababi  shundaki,  statistik  namunada  (s)  r  belgining  paydo  bo‘lgan  hollari  soni  (m)  kuzatilayotgan 
elementlar  umumiy  sonidan  (n)  doimo  kichik  bo‘ladi.  Bunda  n>m  bo‘lgani  hamda  f  (r)  qiymati  ga  teng  bo‘lgani 
uchun  
u  doimo  1   dan  kichik,  0   dan  katta  bo‘ladi.f(p)=0    ifodasi  r  belgisining  kuzatilayotgan  hodisalardan 
birortasiga  ham  xos  emasligini  anglatadi.  Undan  induktiv  umumlashtirish  asosida  r  belgisi  butun  K  sinfiga  xos 
emas,  degan  umumiy  inkor  hukm  shaklidagi  xulosa  chiqariladi.    ifodasi  esa  r  belgisining  kuzatilayotgan 
hodisalarning har biriga,  ya‘ni namunaga  xos  umumiy  xususiyat  ekanligini bildiradi.  Uni umumlashtirish asosida, 
ya‘ni r belgisini S dan – namunadan K ga – butun sinfga ko‘chirish (generalizastiya qilish) asosida, «r K sinfining 
har bir hodisasiga xosdir», degan umumiy tasdiq hukm hosil qilinadi. 
Statistik  umumlashtirish  to‘liqsiz  indukstiyaning  bir  turi  bo‘lgani  uchun  uning  xulosasi  ehtimoliy    bilim 
bo‘ladi. 
Demak,  o‘rganilayotgan  namunaning  statistik  tasviri  aniq  bo‘lishi  va  belgi  chastotasining  populyastiyaga 
ko‘chirilishining mantiqan asoslangan bo‘lishi xulosaning chin fikrga yaqin bo‘lishiga, undan bilish va amaliyotda 
samarali foydalanishga imkoniyat yaratadi. 
Induktiv  xulosa  chiqarishni  tahlil  etishga  yakun  yasar  ekanmiz,  uning  dedukstiya  bilan  bo‘lgan  aloqasini 
alohida ta‘kidlab o‘tish zarur. Bu aloqadorlik xuddi analiz va sintez o‘rtasidagi aloqadorlik kabi zaruriydir. 
Falsafa  va  demak,  mantiq  ilmi  taraqqiyoti  davomida  ayrim  mutafakkirlar  bilishda  dedukstiyaning  roliga 
yuqori  baho  berib,  uni  tadqiq  etishga  alohida  e‘tibor  qaratgan  bo‘lsa  (masalan,  Arastu,  Dekart),  boshqalari 
indukstiyaning imkoniyatlarini yuqori deb hisoblaganlar (Demokrit, Suqrot, F.Bekon,  J.S.Mill), ba‘zilari esa ularni 
o‘zaro  bog‘liq  holda  olib  qarashga  uringan  (Galiley,  Gegel).  Buning  o‘z  sababi  bor.  Indukstiya  va  dedukstiya 
bilishning  turli  bosqichlarida,  turli  xil  bilish  vazifalarini  hal  etishda  turlicha  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Xususan, 
bilishning  dastlabki  bosqichlarida,  ayniqsa,  tajriba  natijalarini  umumlashtirish  jarayonida  indukstiyaga  ko‘proq 
murojaat  qilinadi.  Ana  shuning  uchun  F. Bekon  Yangi  davrda  tabiatshunoslikning  eksperimentga  asoslanadigan 
yo‘nalishlari  rivoji  uchun  indukstiya  muhim  ahamiyatga  ega,  deb  ta‘kidlagan.  Bilishning  nazariy  bosqichida, 
ayniqsa,  aksiomatika  qo‘llaniladigan  hollarda,  dedukstiyaga  ko‘proq  murojaat  qilinadi.  Matematika  va  mantiqda 
bunday hollar ko‘p uchraydi. O‘z paytida Dekart buni yaxshi asoslagan. 
Lekin,  shunga  qaramasdan,  bilishning  barcha  bosqichlari,  sohalari,  yo‘nalishlarida  induktiv  va  deduktiv 
xulosa  chiqarishning  o‘zaro  aloqadorligini,  birining  ikkinchisisiz  mavjud  bo‘la  olmasligini  kuzatish  mumkin. 
Xususan, deduktiv xulosa chiqarishning asoslarini induktiv yo‘l bilan hosil qilingan umumiy bilimlar tashkil etadi. 
O‘z navbatida, indukstiya xulosasining chinligi dedukstiya yordamida tekshiriladi. 
Indukstiya  va  dedukstiyaning  ob‘ektiv  asosini  borliqdagi  yakkalik,  juz‘iylik  va  umumiylikning  o‘zaro 
aloqasi,  ularning  birini  ikkinchisi  orqali  namoyon  bo‘lishi  tashkil  etadi.  Dedukstiyada  fikrimiz  umumiylikdan 
juz‘iylik  va  yakkalikka,  indukstiyada  –  yakkalik  va  juz‘iylikdan  umumiylikka  qarab  harakatlanadi.  Buni  barcha 
mutafakkirlar  yaxshi  tushunishgan.  Ana  shuning  uchun  ham  Arastu  dedukstiya  nazariyasining  (sillogistik 
nazariyaning)  asoschisi  sifatida  indukstiyaning  bilishdagi  tutgan  o‘rnini  inkor  etmagan.  Xuddi  shuningdek, 
F. Bekon,  J.S. Mill  induktiv  metodning  jiddiy  tadqiqotchilari  sifatida  bilishda  dedukstiyaning  o‘z  o‘rniga  ega 
ekanligini ta‘kidlashgan. 
Indukstiya  va  dedukstiyaning  o‘zaro  aloqadorligini  biz  ilmiy  indukstiya  metodlarining  qo‘llanilishi 
jarayonida kuzatdik. Xuddi shunday, uni isbotlash va rad etishda, ilmiy nazariyalarni qurishda va shu  kabilarda ham 
ko‘rishimiz mumkin. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish