O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Tafovut  metodi.  Bu  metod  faqat  ikki  holatda,    ya‘ni  hodisaning  vujudga  kelgan  va  kelmagan  hollarini 
taqqoslash asosida hodisaning sababini aniqlash usuli bo‘lib, unda mavjud hollar bir-biridan faqat bitta holati bilan 
farq qiladi: birida u yo‘q, ikkinchisida – bor va faqat ana shu holat bor holdagina hodisa yuzaga keladi. Ana shuning 
uchun ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bo‘lsa kerak, deb taxmin qilinadi, ya‘ni ehtimoliy xulosa 
hosil qilinadi. Uning sxemasi quyidagicha: 


 
Holl
ar 
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bo‘lgan holatlar 
Hodisalar 

ASD 


AVSD 

Ehtimol, V holat d hodisaning sababidir. 
Tafovut  metodidan bilishning turli xil sohalarida keng foydalaniladi. Masalan,  yaxshi ishlayotgan va  yaxshi 
ishlamayotgan  korxonalar  solishtirilib,  korxonaning  yaxshi  ishlamasligi  sababi  aniqlanadi.  Medistinada  esa  ikkita 
hayvonlar  guruhi  –  eksperiment  o‘tkazilayotgan  va  nazorat  qiluvchi  guruhlar  qiyos  qilinib,  eksperiment 
o‘tkazilayotgan  guruhda  sinalgan preparatning samaradorlik darajasi aniqlanishi  mumkin. Bunda  har ikkala  guruh 
bir xil sharoitda saqlanib (A, S, D), eksperiment davomida bittasiga V holati qo‘shiladi. Bu esa avvalgi holda yo‘q 
bo‘lgan  d  hodisasining  vujudga  kelishiga  sababchi  bo‘ladi.  Ana  shunga  asoslanib,  «V  holati  d  hodisaning  sababi 
bo‘lishi mumkin», degan xulosaga kelinadi. 
Demak, tafovut metodiga muvofiq, hodisa vujudga kelayotgan va vujudga kelmayotgan hollar ulardan avval 
kelayotgan holatlarning bittasidagina farq qilib, qolganlarida o‘xshash bo‘lsa, ana shu bitta holat kuzatilayotgan 
hodisaning sababidir. 
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi.  
Yo‘ldosh  o‘zgarishlar  metodiga  muvofiq,  bir  holatning  o‘zgarishi  hodisaning  o‘zgarishiga  ham  olib  kelsa, 
shu holot kuzatilayotgan hodisa o‘zgarishining sababidir. 
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi yordamida juda ko‘p qonunlar, shu jumladan, fizikadagi gazning harorati bilan 
uning zichligi, tortishish kuchi bilan masofa, iqtisodiyotdagi talab va taklif o‘rtasidagi bog‘lanishlar va shu kabilar 
o‘rganiladi. 
Hodisadan avval kelayotgan holatlarni A, V, S lar bilan, bu holatlarning o‘zgarishi darajasini 1,2,..., n bilan, 
hodisani d bilan belgilasak, yo‘ldosh o‘zgarishlar metodida muhokama jarayonining quyidagi shakl bo‘yicha amalga 
oshishini ko‘ramiz: 
Holla

Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bo‘lgan holatlar 
Hodisalar 

AVS1 
D1 

AVS2 
D2 
 
 
.... 

AVS n 
dn 
Ehtimol, S holat d hodisaning sababidir. 
Masalan, Quyoshning dastlabki holotdagi aktivligi  S1 ga teng bo‘lganda, Yerda radiastiya darajasini d1 deb 
olsak,  Quyosh  aktivligining  S2   darajasiga  ko‘tarilishi  Yerdagi  radiastiya  darajasining  ham  d2 gacha  ko‘tarilishiga 
olib keladi.Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodining qo‘llanishi ma‘lum bir shart sharoitlarga rioya qilishni taqazo etadi.  
Birinchidan,  o‘rganilayotgan  hodisaning  sababi  bo‘lishi  mumkin  deb  ehtimol  qilingan  holotlar  aniqlanishi 
kerak.  Bu  holatlarni  A,  V,  S  lar  deb  hisoblasak,  «A  yoki  V  yoki  S  holat  d  hodisasini  keltirib  chiqaradi»,  degan 
ayiruvchi hukm ko‘rinishidagi fikr hosil bo‘ladi. 
Ikkinchidan,  yuqoridagi  holatlar  ichidan  sababiy  aloqadorlikning  bir  ma‘noli  bo‘lishi  xususiyatiga  ega 
bo‘lishi,  ya‘ni  konkret  holatning  o‘zgarishi  hodisadagi  konkret  o‘zgarishga  olib  kelishi  shartiga  muvofiq 
kelmaydiganlari  chiqarib  yuborilishi  (eliminastiya  qilinishi)  zarur.  Yuqoridagi  shaklda  A  va  V  holatlari  aynan 
shunday bo‘lib, ular muhokama jarayonidan chiqarib yuborilishi kerak. 
Uchinchidan,  eliminastiyadan  keyin  qolgan  yagona  holat  ajratib  olinib,  uning  o‘zgarishi  hodisaning 
o‘zgarishiga  sababdir,  degan  xulosaga  kelinadi.  Bizning  shaklda  bunday  holat  S  bo‘lib,  uning  S1 dan  Sngacha 
bo‘lgan o‘zgarish intensivligi hodisaning d1dan dngacha bo‘lgan o‘zgarishi intensivligi bilan birgalikda kechayapti. 
Yo‘ldosh o‘zgarishlar to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarga (proporstionallikka) ega bo‘lishi mumkin. 
To‘g‘ri  yo‘nalishdagi  (proporstionallikdagi)  bog‘lanish  deganda,  hodisadan  avval  keladigan  holatning 
o‘zgarish intensivligining ortishi hodisaning o‘zgarishi intensivligining ortishiga olib keladigan aloqadorlik nazarda 
tutiladi. Masalan, Quyoshdagi dog‘ning kattalashishi magnit bo‘ronining kuchayishiga olib keladi. 
Teskari  yo‘nalishdagi  (proporstionallikdagi)  bog‘lanish  deganda  esa,  hodisadan  avval  kelayotgan  holatning 
intensivligining  ortishi  hodisaning  o‘zgarish  intensivligining  kamayishiga  olib  keladigan  aloqadorlik  tushuniladi. 
Masalan, tushunchaning hajmi kengaytirilganda, uning mazmuni torayadi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish