c
a
Masalan:
Agar inson yaxshi amallarni bajarsa, uni yaxshi nom bilan eslashadi.
Agar inson yomon amallarni bajarsa, uni yomon nom bilan eslashadi.
Inson yo yaxshi, yoki yomon amallarni bajarishi mumkin.
Demak, uni yo yaxshi, yoki yomon nom bilan eslashadi.
Agar inson boshqalarga yaxshilik qilsa, unga ham bosh-qalar yaxshilik qiladi.
Agar inson boshqalarga yomonlik qilsa, boshqalar ham unga yomonlik qiladi.
Insonga yo yaxshilik, yoki yomonlik qaytadi.
Demak, u boshqalarga yaxshilik ham, yomonlik ham qilmadi.
Dilemmalarni to‘g‘ri tuzish va hal qilish uchun ko‘rilayotgan masalaning barcha yechimlarini aniqlash zarur.
Dilemmani ba‘zan unga qarama-qarshi mazmundagi boshqa bir dilemma orqali rad etish mumkin. Bunga mantiq
ilmi tarixidan quyidagi misolni keltiramiz: «Afinalik ayol o‘g‘liga shunday maslahat beradi: Jamoat ishlariga
aralashmagin, chunki agar haqiqatni gapirsang, seni odamlar yomon ko‘radi, agar yolg‘on gapirsang, unda seni
xudolar yomon ko‘radi. Bunga Arastu quyidagicha rad javobni o‘ylab topadi: Men jamoat ishlarida ishtirok etaman,
chunki agar haqiqatni gapirsam, meni xudolar yaxshi ko‘radi, agar yolg‘on gapirsam, meni odamlar yaxshi ko‘radi».
Trilemmada berilgan masalaning uch xil yechimi haqida taxminlab fikr yuritiladi. Trilemma ham to‘rt turga
bo‘linadi:
1. Oddiy konstruktiv 2. Oddiy destruktiv
trilemma trilemma
a → d, b → d, c → d a → b, a → c, a → d
a V b V c
d
c
b
d
a
3. Murakkab konstruktiv 4. Murakkab destruktiv
trilemma trilemma
a → b, c → d, m → n a → b, c → d, m → n
a V c V m
n
d
b
b V d V n
m
c
a
Masalan:
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga bevosita aloqador bo‘lsa, u qattiq jazolanadi.
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga bavosita aloqador bo‘lsa, u yengil jazolanadi.
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga aloqador bo‘lmasa, u ozod qilinadi.
Tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga yo bevosita, yoki bilvosita aloqador, yoki mutlaqo aloqasizdir.
Demak, tergov qilinayotgan shaxs yo qattiq jazolanadi, yoki yengil jazolanadi, yoki ozod qilinadi.
Bu murakkab konstruktiv trilemma ko‘rinishidagi xulosa chiqarishdir.
SHartli-ayiruvchi xulosalash masalani hal qilishning bir necha uslullari mavjudligini, bularning har biri turli
oqibatlarni keltirib chiqarishini aniqlab beradi. Sohibqiron Amir Temur ta‘biri bilan aytganda, bu oqibatlardan qaysi
biri davlat va ulus manfaatlariga mos bo‘lsa, ya‘ni «savobliroq yoki kam xatarli bo‘lsa», shunisi tanlab olinadi.
Induktiv xulosa chiqarish
Biz avvalgi mavzuda zaruriy xulosa chiqarish bilan (deduktiv xulosa chiqarish asosida) tanishib chiqqan edik.
Mantiqda ehtimoliy xulosa chiqarish ham o‘rganiladi.
Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga
oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib
chiqmasligi hamda faqat ma‘lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy
ehtimollik, deb nom olgan.
Ehtimoliy xulosa chiqarish ba‘zan indukstiya (lotincha– inductio – yagona asosga keltirish) - juz‘iy bilimdan
umumiy bilimga mantiqan o‘tish shaklida sodir bo‘ladi.
Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida amalga oshib, unda birorta belgining ma‘lum bir
Do'stlaringiz bilan baham: |