Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakli
Voqelikni bilish jarayonida inson Yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida,
mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish,
deb ataladi.
Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma‘lum qoidalar yordamida Yangi bilimlarni
keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi.
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tishdan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa
chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo‘lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak.
Masalan, «Arastu – mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin mulohazadan
xulosa chiqarib bo‘lmaydi. CHunki bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q.
Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi
xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa chiqmaydi. Masalan,
«Talaba A – a‘lochi» degan mulohazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish qoidalarining qat‘iyligiga
ko‘ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi.
Xulosa
Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan
mukammalroq bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma‘lumot berish imkonini yaratadi.
Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to‘liq indukstiyani hisobga
olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv
xulosa chiqarishning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.
Deduktiv xulosa chiqarish
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz‘iy bilimga o‘tishning mantiqan
zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda Yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb
ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XYSP, bunda X va Y oddiy
qat‘iy mulohazalarni (A, E, I, O), S va P lar esa mulohazalarning sub‘ekti va predikatini ifodalaydi. XSP–
xulosa asosi yoki antesedent, YSP – xulosa yoki konsekvent, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida
mulohazalarning shaklini o‘zgartirish orqali Yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya‘ni
sub‘ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita xulosa
chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
I. Aylantirish (lot.–obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan
holda, sifatini o‘zgartirish bilan Yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir
bo‘ladi, ya‘ni avval asosning predikati, keyin bog‘lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
P
S
P
S
Inkor qilish jarayonida inkor yuklamalaridan (-ma; -siz; -mas) yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid
bo‘lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat‘iy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa
chiqariladi. Xulosa asosi bo‘lgan mulohaza xulosada quyidagicha ifodalanadi:
Xulosa asosi
Xulosa
1
A
Hamma S-P
E
Hech bir S-Psiz emas
2
E
Hech bir S-P emas
A
Xamma S emas P dir
3
I
Ba‘zi S-P
O
Ba‘zi S-P siz emas
4
O
Ba‘zi S-P emas
I
Ba‘zi S emas P dir
Aylantirish usuli bilan hulosa chiqarilganda ―biror nimaning qo‘shinkori uning tasdig‘i bilan tengdir ‖ degan
qoida amal qiladi.
Masalan:
1. A. Hamma ilmiy qonunlar ob‘ektiv xarakterga ega.
Ye. Hech bir ilmiy qonun sub‘ektiv xarakterga ega emas.
Зарурий
Бевосита хулоса
чиқариш
Чинлик
даражасига
кўра
Эхтимолий
Бевосита хулоса
чиқариш
Дедуктив хулоса
чиқариш
Индуктив хулоса
чиқариш
Аналогия
Асосларнинг
сонига кўра
Фикрнинг ҳаракат
йўналишига кўра
II. Almashtirish (lot.–conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan
mulohazadagi sub‘ekt va predikatning o‘rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi.
Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e‘tiborga olinishi shart.
Xulosa asosi
Xulosa
Almashtirish turi
1
A
Hamma S-P
A
Hamma P-S
Sof almashtirish
2
E
Hech bir S-P emas
E
Hech bir P- S emas
Sof almashtirish
3
I
Ba‘zi S-P
I
Ba‘zi P - S
Sof almashtirish
4
A
Hamma S-P
I
Ba‘zi P - S
Toraytirilgan almashtirish
5
I
Ba‘zi S-P emas
A
Hamma P - S
Kengaytirilgan
almashtirish
Juz‘iy inkor mulohazadan (0) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |