O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

5-chizma. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


4. O  –  Juz‘iy  inkor  hukmlarning  sub‘ekti  hamma  vaqt  to‘liqsiz  hajmda,  predikati  esa  to‘liq  hajmda  olinadi. 
Masalan, «Ba‘zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari: S – yoshlar, R – hunarmand emaslar; ba‘zi – 
mavjudlik kvantori. Hukmning sub‘ekti to‘liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, 
xolos. Hukmning predikati esa to‘liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-
chizma). 
 
 
 
 
 
6-chizma. 
YUqoridagi  fikrlarni  umumlashtirib  aytish  mumkinki,  umumiy  hukmlarning  sub‘ekti  hamma  vaqt  to‘liq 
hajmda,  juz‘iy  hukmlarning  sub‘ekti  to‘liqsiz  hajmda  olinadi.  Inkor  hukmlarning  predikati  hamma  vaqt  to‘liq 
hajmda  bo‘ladi.  Tasdiq  hukmlarning  predikati  R<  S  bo‘lgandagina  to‘liq  hajmda  bo‘ladi,  boshqa  hollarda  esa 
to‘liqsiz hajmda olinadi. 
Hukmlarda  terminlar  hajmini  aniqlash  qat‘iy  sillogizmni  to‘g‘ri  tuzishda  va  bevosita  xulosa  chiqarishda 
muhim ahamiyatga ega. 
Oddiy  hukmlarda  terminlar  hajmini  quyidagi  shakl  orqali  yaqqol  ifodalashda  «+»¸«-»  belgilaridan 
foydalinadi. Bunda «+» to‘liq hajmni, «–» to‘liqsiz hajmni bildiradi. 
 




- (+) 





- (+) 



Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik 
hukmlari  va  munosabat  hukmlari.  Atributiv  (sifat  va  xususiyat)  hukmlarda  biror  xususiyatning  predmetga  xosligi 
yoki  xos  emasligi  aniq,  qat‘iy  qilib  ko‘rsatiladi.  SHuning  uchun  atributiv  hukmlarni  birorta  predmetning  sinfga 
kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta‘riflasa bo‘ladi. 
Masalan,  «Hamma  daraxtlar  o‘simliklardir»  va  «Hech  bir  o‘simlik  hayvon  emas».  Birinchi  hukmda 
daraxtlarning  o‘simliklar  sinfiga  kirishi  haqida  fikr  bildirilsa,  ikkinchi  hukmda  o‘simliklar  va  hayvonlar  sinfining 
o‘z holicha umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan. 
Ikkita,  uchta  va  hokazo  predmetlar  o‘rtasida  muayyan  munosabatlarning  bo‘lishi  yoki  bo‘lmasligini 
ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bo‘lakdan katta». «Ikki–uchdan kichik son». 
Birinchi  hukmda  «kattalik»  munosabati  butun  va  bo‘lak  o‘rtasida  bo‘lishi  tasdiqlansa,  ikkinchi  hukmda  uch  soni 
bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan. 
Munosabat  hukmlari  sifatiga  ko‘ra,  tasdiq  yoki  inkor  hukm  turlariga  bo‘linadi.  Tasdiqlovchi  munosabat 
hukmlarida  predmetlar  o‘zaro  muayyan  munosabatda  ekanliklari  haqida  fikr  bildiriladi.  Inkor  etuvchi  munosabat 
hukmlarida esa predmetlar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi. 
Munosabat  hukmlari  miqdoriga  ko‘ra  ham  turlarga  bo‘linadi.  Xususan,  ikki  o‘rinli  munosabat  hukmlari 
miqdoriga ko‘ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, juz‘iy-juz‘iy, yakka-umumiy, yakka-juz‘iy, umumiy-juz‘iy, juz‘iy-
umumiy turlarga bo‘linadi. 
Masalan, «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Guruhimizning har bir talabasi fakultetimizdagi hamma 
o‘qituvchilarni  biladi»  (umumiy-umumiy);  «Guruhimizdagi  ba‘zi  talabalar  ba‘zi  hind  kino  yulduzlarini  yaxshi 
biladilar»  (juz‘iy-juz‘iy);  «Tarix  o‘qituvchisi  guruhimizdagi  har  bir  talabani  yaxshi  biladi»  (yakka-umumiy); 
«Do‘stim ba‘zi masalalarni yecha oladi» (yakka-juz‘iy); «Guruhimizdagi hamma talabalar ingliz tilini o‘rganadilar» 
(umumiy-yakka); «Guruhimizdagi ba‘zi talabalar franstuz tilini o‘rganadilar» (juz‘iy-yakka); «Guruhimizdagi ba‘zi 
talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o‘yinchisini biladilar» (juz‘iy-umumiy). 
Uch o‘rinli, to‘rt o‘rinli va hokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga bo‘linadilar. 
Atributiv  va  munosabat  hukmlaridan  boshqa  yana  mavjudlik  hukmlari  (Kutubxonada  mantiq  darsligi  bor), 
ayniyat hukmlari («A–B» ko‘rinishda bo‘lgan) va modal hukmlar (ehtimol yomg‘ir yog‘adi)ni ko‘rsatish mumkin. 
Ba‘zi  darsliklarda  ular  oddiy  qat‘iy  hukm  turlari  sifatida  talqin  qilinadi.  Biz  bu  hukm  turlarini  alohida  ko‘rib 
chiqmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini ko‘pincha atributiv hukmlar ko‘rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat 
hukmlari ko‘rinishida talqin qilish mumkin. 
SHuningdek,  oddiy  hukm  turlari  sifatida  ajratib  ko‘rsatuvchi  va  istisno  qiluvchi  hukmlar  ham  farqlanadi. 
«Guruhimiz talabalaridan faqat 4  kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib ko‘rsatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» 
kursidan boshqa hamma o‘qitiladigan fanlardan darsliklar yetarli». Bu istisno qiluvchi hukmdir. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish