O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Xukmlar o‘rtasidagi munosabatlar 
Hukmlar  ham  tushunchalar  kabi  taqqoslanadigan  (umumiy  sub‘ekt  yoki  predikatga  ega  bo‘lgan)  va 
taqqoslanmaydigan  turlarga  bo‘linadi.  Taqqoslanadigan  hukmlar  sig‘ishadigan  yoki  sig‘ishmaydigan  bo‘ladi. 
Mantiqda  ikki  hukm  (r  va  q)  dan  birining  chinligidan  ikkinchisining  xatoligi  zaruriy  kelib  chiqadigan  bo‘lsa,  ular 
o‘zaro  sig‘ishmaydigan  hukmlar  deyiladi.  Sig‘ishmaydigan  hukmlar  bir  vaqtda  chin  bo‘la  olmaydi.  Sig‘ishadigan 
hukmlar  aynan  bir  fikrni  to‘liq  yoki  qisman  ifodalaydi.  Sig‘ishadigan  hukmlar  o‘zaro  ekvivalentlik,  mantiqiy 
bo‘ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo‘ladi. 
Sig‘ishmaydigan  hukmlar  qarama-qarshilik  (kontrar)  va  zidlik  (kontradiktorlik)  munosabatida  bo‘ladi. 
Hukmlar  o‘rtasidagi  munosabatlarning  shakliy  ifodasi  «mantiqiy  kvadrat»  deb  ataladi.  Mantiqiy  kvadrat  orqali  
«hukm»lar o‘rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi. 
Masalan, «Har bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega». Bu A – umumiy tasdiq hukm Ye, I, O ko‘rinishlarda 
quyidagicha ifodalanadi: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
E. Hech bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega emas. 
I. Ba‘zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega. 
O. Ba‘zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega emas. 
Bu  hukmlar  taqqoslanadigan  hukmlar  bo‘lib,  ular  o‘rtasida  chinligiga  ko‘ra  o‘ziga  xos  munosabatlar 
mavjuddir. 
Sig‘ishmaydigan  hukmlar  o‘rtasida  qarama-qarshilik  (kontrar)  va  zidlik  (kontradiktorlik)  munosabatlari 
bo‘ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan umumiy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘lib, 
bu  munosabatga  ko‘ra  ularning  har  ikkisi  bir  vaqtda  chin  bo‘la  olmaydi.  Bu  hukmlar  bir  vaqtda  xato  bo‘lishi 
mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi, albatta, xato bo‘ladi. YUqoridagi misollardan A–
hukm chin, Ye – hukm xato ekanligi ma‘lum bo‘ladi. 
КОНТРАР (қарама қаршилик) 
Е 

А 

Cубконрар (қуйи қарама қаршилик) 
Контрадиктор 
     (зидлик) 
Б 
ў 
й 
с 
у 
н 
и 
ш 
 
Б 
ў 
й 
с 
у 
н 
и 
ш 
 


Zidlik  munosabati  mazmuni  va  hajmiga  ko‘ra  turlicha  bo‘lgan  hukmlar  o‘rtasida  mavjud  bo‘ladi.  Bu 
hukmlarning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa xato 
bo‘ladi. YUqoridagi misollardan A – hukm chin bo‘lib, O – hukm xatodir. SHuningdek, I – hukm chin, Ye – hukm 
xatodir. 
Sig‘ishadigan hukmlardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‘lgan hukmlar o‘zaro bo‘ysunish munosabatida 
bo‘ladi. Bunda umumiy hukmlar bo‘ysundiruvchi, juz‘iy hukmlar  bo‘ysunuvchi bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida 
umumiy  hukmlar  chin  bo‘lsa,  ularga  bo‘ysunuvchi  juz‘iy  hukmlar  ham  chin  bo‘ladi.  Lekin  juz‘iy  hukmlar  chin 
bo‘lganda, umumiy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. YUqoridagi misoldan A – hukm chin bo‘lgani uchun 
unga  bo‘ysunuvchi  I  –  hukm  ham  chin  bo‘ladi.  Agar  umumiy  hukmlar  xato  bo‘lsa,  ularga  bo‘ysunuvchi  juz‘iy 
hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Misolimizda Ye – hukm xato bo‘lgani uchun O – hukm ham xato bo‘ladi. 
Ba‘zi holatlarda umumiy hukmlar xato bo‘lsa, juz‘iy hukmlar chin bo‘ladi. 
Qisman  moslik (subkontrar) munosabati  mazmuni har  xil  bo‘lgan juz‘iy  hukmlar o‘rtasida  mavjud bo‘ladi. 
Bu  hukmlar  bir  vaqtda  chin  bo‘lishi  mumkin,  lekin  har  ikkisi  bir  vaqtda  xato  bo‘lmaydi.  Agar  ulardan  birining 
xatoligi  aniq  bo‘lsa,  unda  boshqasi,  albatta,  chin  bo‘ladi.  YUqoridagi  misolimizda  O  –  hukmning  xatoligi  aniq 
bo‘lgani uchun I – hukm chindir. 
Ekvivalentlik  munosabatidagi hukmlar hamma  vaqt chin bo‘ladi,  chunki  ularda  aynan bir fikr turli shaklda 
ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifi» va «A. Oripov – O‘zbekiston 
Qahramoni»  hukmlari  o‘zaro  ekvivalentdir,  ya‘ni  ular  bir  xil  sub‘ektga,  lekin  har  xil  predikatga  ega  bo‘lgan 
hukmlardir. 
Hukmlarning  chinligiga  ko‘ra  munosabatini  ifodalovchi  yuqorida  ko‘rsatilgan  qonuniyatlar  bilishda  katta 
ahamiyatga ega. 
Hukmlarning  modalligi.  Atributiv  va  munosabat  hukmlari,  shuningdek,  ulardan  tashkil  topgan  murakkab 
hukmlar  assertorik  (lot.  assero  –  tasdiqlayman)  yoki  voqelik  hukmlari  deyiladi.  Ularda  predikatda  ko‘rsatilgan 
belgining sub‘ektda bor yoki yo‘qligi haqida fikr bildiriladi. Modal hukmlarda esa predikatning sub‘ektga tegishli 
yoki  tegishli  emasligi  haqidagi  fikr  qat‘iy,  kuchli  (zaruriy)  yoki  qat‘iy  bo‘lmagan,  kuchsiz  (ehtimol)  tasdiq  yoki 
inkor  shaklida  bayon  qilinadi.  Boshqacha  aytganda,  modal  hukmlarda  sub‘ekt  va  predikatning  o‘zaro  munosabati 
haqida  muayyan  nuqtayi  nazardan  fikr  bildiriladi.  Masalan,  «Inson  abadiy  yashamaydi»  assertorik  hukmi  «Inson 
abadiy yashashi mumkin emas», deb bayon qilinganda modal hukm ko‘rinishida ifodalanadi. Bu hukm avvalgisiga 
nisbatan  kuchli.  «Ukam  ingliz  tilini  o‘rganadi»  hukmiga  nisbatan  «Ukam  ingliz  tilini  o‘rganishi  mumkin»  hukmi 
kuchsiz tasdiq hukm hisoblanadi. Bu hukmlardan birinchisi assertorik, ikkinchisi modal hukmdir. 
Assertorik  (voqelik)  hukmlarga  shart,  zarur,  mumkin  kabi  modal  tushunchalar  (operatorlar)ni  kiritish  orqali 
modal hukmlar hosil qilinadi. Modal operator M  harfi bilan belgilanadi.  
Modal hukmlar modal  mantiqda o‘rganiladi. Unda aletik (zaruriy), epistemik (eng ishonchli bilim), deontik 
(majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifodalovchi hukmlar tahlil qilingan. 
Biz bulardan aletik modal hukmlarini ko‘rib chiqamiz. Aletik modal hukmlar sub‘ekt va predikat o‘rtasidagi 
ikki turli aloqadorlikni o‘z ichiga oladi: zaruriy va problematik (ehtimoliy). 
Modal hukmlarni ifodalash uchun turli modal operatorlardan foydalaniladi. Masalan, aletik modal hukm-larda 
quyidagi modal operatorlardan foydalaniladi: 
«

 A» – A zaruriydir. 
«

 A» – A tasodifiydir. 
«

A» – A bo‘lishi mumkin. 
«

 A» – A bo‘lishi mumkin emas. 
Ba‘zan «Lp» –«r zaruriydir», «Mr» – «r bo‘lishi mumkin» belgilaridan ham foydalaniladi. 
Zaruriy  modal  hukmlar  turli  fanlarning  qonunlarini,  shu  jumladan,  mantiq  qonunlarini  va  ulardan  kelib 
chiqadigan holotlarni ifodalaydi. Masalan, «Butun bo‘lakdan katta», «Har bir fuqaro qonunlarga bo‘ysunishi shart». 
Qonunlarga zid bo‘lgan, ularni va ulardan kelib chiqadigan turli holotlarni inkor etuvchi hukmlar  ehtimoliy 
hukmlari deyiladi. Masalan, «Simob daryosining bo‘lishi mumkin emas». 
Qonunlar  va  ulardan  kelib  chiqadigan  holatlarga  zid  bo‘lmagan,  qonunlarni  ham,  ularning  oqibatlarini  ham 
ifodalamaydigan  hukmlar  tasodifiy  hukmlar  deyiladi.  Masalan,  ba‘zi  hududlarda  dengiz  ko‘pigining  toshqini 
bo‘lishi tasodifiydir. 
Ehtimollik  hukmlari  deb,  qonunlar  va  ularning  oqibatlariga  zid  bo‘lmagan  fikrlarga  aytiladi.  Masalan, 
«Marsda hayot bo‘lishi mumkin». 
Modal tushunchalardan hamma sohalarda foydalanish mumkin. 
Xulosa chiqarish 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish