O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Qoldiqlar  metodi.  Bu  metod  tatbiq  etiladigan  ob‘ekt  murakkab  hodisadan  iborat  bo‘lib,  bittasidan  boshqa 
qismlarining  sabablari  aniq  bo‘lganda,  ana  shu  qolgan  qismni  vujudga  keltiruvchi  sababni  topish  maqsadida 
qo‘llaniladi. Uning muhokama yuritish jarayonida amal qilish shakli quyidagicha: 
 
Holl
ar 
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bo‘lgan holatlar 
Hodisalar 

AV 
xy 

AVS 
xyz 
Ehtimol, S holat z ning sababidir. 


Qoldiqlar metodini qo‘llash natijasida geliy, rubidiy kabi kimyoviy elementlar, Neptun planetasi topilgan va 
boshqa turli sohaga oid ko‘p hodisalar aniqlangan. 
Bu  metodni  qo‘llaganda  muhokama  yuritish  jarayonining  qanday  kechishini  Neptun  planetasining  kashf 
etilishi misolida ko‘rib chiqamiz. Uran planetasining harakatini kuzatar ekanlar, olimlar uning hisoblab chiqilgandan 
ko‘proq  miqdorda  og‘ishgan  orbita  bo‘ylab  harakat  qilishini  qayd  etganlar.  Ma‘lumki,  planetaning  og‘ishish 
miqdorining  bir  qismi  unga  shu  paytgacha  ma‘lum  bo‘lgan  planetalarning  ta‘sir  o‘tkazishi  bilan  bog‘liq.  Qolgan 
qismining esa boshqa bir kuch ta‘sirida bo‘layotganini bu yerda tushunib olish qiyin emas. Olimlar, shu paytgacha 
noma‘lum planeta mavjud bo‘lib, ana shuning ta‘sirida Uran planetasining og‘ishish miqdori ko‘payayotgan bo‘lsa 
kerak, degan taxminiy fikr bildirishgan. Oradan ma‘lum bir vaqt o‘tgandan keyin Levere hisoblash yo‘li bilan Yangi 
planetaning – Neptunning joylashishini aytib beradi. Nihoyat, I. Galle 1846  yili Yangi qurilgan teleskop yordamida 
uni osmon sferasidan topadi. 
Agar Uran planetasiga ta‘sir etuvchi planetalarni A, V, S lar, Uran planetasining umumiy og‘ishish miqdorini 
tashkil etuvchi qismlarini a, v, s, d bilan belgilagan holda, og‘ishishning a miqdorini — A planetasi, v miqdorini — 
V  planetasi,  s  miqdorini  –  S  planetasi  ta‘siri  bilan  bog‘lasak,  unda  d  miqdori  «Qandaydir  noma‘lum  X  planetasi 
mavjud  bo‘lib,  ana  shuning  ta‘sirida  vujudga  kelsa  kerak»,  degan  xulosani  hosil  qiluvchi  muhokamaning  amalga 
oshayotganini ko‘ramiz. 
Uning formulasi quyidagicha bo‘ladi: 
A, V, S lar a, v, s, d larni keltirib chiqaradi. 
A a ni keltirib chiqaradi. 
V v ni keltirib chiqaradi. 
S s ni keltirib chiqaradi. 
Ehtimol, qandaydir X mavjud bo‘lib, u d ni keltirib chiqarayotgan bo‘lsa kerak. 
Demak,  qoldiqlar  metodi  mohiyatini  shunday  ifodalash  mumkin:  agar  o‘rganilayotgan  murakkab  hodisani 
tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega 
bo‘lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qismining) sababi bo‘lishi mumkin. 
Ilmiy  indukstiyaning  boshqa  metodlari  singari  qoldiqlar  metodi  ham  ehtimoliy  bilim  olish  vositasi 
hisoblanadi.  
SHunday  qilib,  sababiy  aloqadorlikni  aniqlashning  biz  ko‘rib  chiqqan  induktiv  metodlari  o‘z  mantiqiy 
tarkibiga  ko‘ra  yetarli  darajadagi  murakkab  muhokama  yuritish  usullari  bo‘lib,  ularda  induktiv  umumlashtirish 
deduktiv  xulosa  chiqarish  ishtirokida  amalga  oshadi.  Xususan,  dedukstiya  tasodifiy  holatlarni  muhokama 
jarayonidan  chiqarib  tashlash  (eliminastiya  qilish)  yo‘li  bilan  (ayiruvchi-qat‘iy  sillogizmning  tollendo  ponens 
modusi  asosida)  induktiv  umumlashtirish  yo‘nalishini  belgilashga,  uning  xulosasining  asoslanganlik,  ishonchlilik 
darajasining ortishiga hizmat qiladi. 
Statistik umumlashtirish 
U  to‘liqsiz  indukstiyaning  alohida  bir  turi  bo‘lib,  ilmiy  indukstiya  singari,  xulosa  chiqarishda  eliminastiya 
qilish usuliga, ya‘ni keraksiz holatlarni muhokamadan chiqarib tashlash yo‘li bilan kerakli holatlarni ajratib olishga 
asoslanadi. U ommaviy tusga ega, keng ko‘lamda sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Masalan, u 
iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganish, tug‘ilish va o‘lish haqidagi ma‘lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va 
shu kabi hollarda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. 
Ommaviy  tusdagi  hodisalarni  o‘rganish  tasodifiy  belgilar,  ularning  mavjud  hodisalarda  takrorlanishi, 
ko‘lamini aniqlashga yordam beradi va shu tariqa sababiy aloqalarni o‘rnatishni osonlashtiradi. 
Statistik  umumlashtirish  ko‘proq ommaviy  tusdagi  hodisalarning  miqdoriga  tegishli  ma‘lumotlarni  to‘plash 
va  tahlil  qilish,  umumlashtirish  bilan  bog‘liq.  Bunday  miqdoriy  ma‘lumotlar  hodisalar  taraqqiyotining  nisbatan 
turg‘un  tendenstiyalarini  o‘zida  ifoda  qilgani  holda,  ularning  taraqqiyot  yo‘nalishlarini  belgilashga,  strategik  va 
taktik ahamiyatga molik vazifalarni hal etishni tashkil qilishga yordam beradi. Masalan, u aholiga xizmat ko‘rsatish, 
turli  xil  kasalliklarning  tarqalishi,  qonunbuzarlik  kabi  hodisalarning  oldini  olish  maqsadida  profilaktika  ishlarini 
amalga oshirishga imkon beradi. 
Ommaviy tusdagi hodisalar haqida ularni yoppasiga qarab chiqish yo‘li bilan emas, balki ayrimlarini tanlab 
olib o‘rganish asosida, ularga xos bo‘lgan turg‘un belgilar, aloqalar, qonuniyatlarni mantiqan butun sinfga ko‘chirish 
orqali xulosalar hosil qilinadi. Xulosa chiqarish bunda statistik umumlashtirish tarzida sodir bo‘ladi. 
Statistik  umumlashtirish  –  to‘liqsiz  indukstiya  bo‘yicha  xulosa  chiqarishdan  iborat  bo‘lib,  unda  asoslarda 
o‘rganilayotgan hodisalar guruhida — namunada muayyan belgining chastotasi haqidagi miqdoriy axborot xulosada 
shu jinsdagi hodisalarning butun sinfiga ko‘chiriladi. 
Statistik  umumlashtirishda  asosda  qayd  etilgan  miqdoriy  ma‘lumot  o‘z  ichiga  quyidagilarni  oladi:  1) 
ommaviy  tusdagi  hodisalarning  o‘rganilayotgan  guruhi  (namuna)ni  tashkil  etuvchi  hollarning  umumiy  soni;  2) 
tadqiqotchini qiziqtirayotgan belgining takrorlanayotgan hollari soni; 3) shu belgining paydo bo‘lish chastotasi. 
Statistik umumlashtirishning amalga oshish shaklini qurish uchun quyidagi shartli belgilardan foydalanamiz: 
S  –  tadqiq  etilayotgan  hodisalar  guruhi  yoki  namuna;  R  –  tadqiqotchini  qiziqtirayotgan  belgi;  n  –  kuzatilayotgan 
hollarning  (namuna  elementlarining)  umumiy  soni;  m-r  belgisi  xos  bo‘lgan  hodisalar  (hollar)  soni;  f  (p)  –  r 
belgisining  chastotasi;  K  –  populyastiya,  ya‘ni  ommaviy  tusdagi  hodisalarning  butun  sinfi  (belgi  chastotasi 
yoyiladigan hodisalar sinfi). 


S – namunada r belgisining paydo bo‘lishi chastotasi 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish