Muammoni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan
iborat. To‘g‘ri qo‘yilgan savol, V. Geyzenberg aytganidek, muammoni yechishning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil
etadi.
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur qilishning o‘zi yetarli emas. Buning
uchun muammoni hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra bilish kerak.
Muammolarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bilimlari va talanti muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
SHuning uchun ham, odatda, ko‘p hollarda Yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu sohasining yirik
mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli olimlari tomonidan ilgari suriladi hamda ular ba‘zan uzoq yillar
davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy g‘oya va milliy mafkurani yaratish muammosining qo‘yilishi va
tadqiq etilishi misolida ko‘rish mumkin. Jahon tajribasiga murojaat qilsak, «millatning mafkurasi bir emas, balki bir
necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin»
104
.
Uni shakllantirish uchun kuchli iste‘dod va «yorqin tafakkur»ga ega bo‘lgan Konfustiy, Maxatma Gandi,
Forobiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk zotlar zahmat chekkanlar
105
.
Hozirgi paytda esa Prezidentimiz I.A. Karimov ta‘kidlaganidek, «Milliy g‘oya, milliy mafkurani ishlab
chiqish, uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng ilg‘or vakillari, kerak bo‘lsa, mutafakkirlari, ziyolilari
mehnat qilishi lozim»
106
.
Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil munosabatda yondashish mumkin bo‘lganligi uchun ham hal
qilinishi lozim bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mumkin. Bunda ba‘zi muammolar asosiy
vazifani ifoda qilsa, ba‘zilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun ham juz‘iy xususiyatga
ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bir-biri bilan bog‘lanib ketgan mana shunday juz‘iy muammolar hal qilingandan
keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va yechish imkoniyati vujudga keladi.
Muammolarni to‘g‘ri qo‘yish va bayon qilish ularni yechishdan kam ahamiyatga ega emas. Muammoni
to‘g‘ri qo‘yish uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri baholash, uni hal qilishning
metodlarini topish zarur. Bu amalda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan turli xil muammolar ichidan eng muhimi va
to‘g‘risini tanlab olishni bildiradi. Muammoni tanlash ma‘lum bir darajada tadqiqotning umumiy yo‘nalishini va
xususiyatlarini belgilab beradi.
Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz ehtiyojlariga bog‘liq. CHunki faqat amaliy
faoliyatdagina kishilarning ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol
namoyon bo‘ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqlanadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi.
Ilmiy muammo, odatda, ma‘lum bir nazariya doirasida vujudga keladi
(Nazariya haqida bobning oxirida kengroq ma‘lumot beriladi).
Nazariya keyinchalik ilgari surilishi mumkin bo‘lgan muammoni umumiy holda belgilashga va uni to‘g‘ri
tanlashga yordam beradi. SHuningdek, har bir muammo ma‘lum bir nazariya yordamida hal qilinadi. Ba‘zi hollarda
esa muammo mavjud nazariyani modifikastiya qilishni, muammoni yechishga moslashtirishni talab qiladi.
Muammoni yechish uchun dastlabki tayyorgarlik ishlari qilinadi. Ular quyidagilardan iborat:
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmaydigan fakt
va hodisalarni aniqlash;
b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil
qilish va ularga baho berish;
v) muammoni
hal qilish turini, maqsadini, olingan natijani tekshirish yo‘llarini
belgilash;
g) muammoning negizi bilan uni yechish uchun ilgari surilgan g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlarini
ko‘rsatish.
Bu dastlabki ishlar amalga oshirilib bo‘lgandan keyin muammoni yechishga bevosita kirishiladi.
Shuni alohida qayd qilib o‘tish kerakki, muammoning yechilishi nisbiy xususiyatga ega. Boshqacha
aytganda, muammoning mutlaq to‘la yechimini topish qiyin. Chunki o‘rganilayotgan hodisaning barcha tomonlarini
qamrab olib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham ilmiy izlanish davomida Yangi muammolar vujudga kelishi mumkin
bo‘lib, u mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi. Bunga misol qilib I. Nyuton tomonidan
jismlarning o‘zaro tortishishi muammosining qo‘yilishini ko‘rsatish mumkin. Butun olam tortishish qonunini kashf
qilib, u faqat tortishuvchi jismlar o‘rtasidagi miqdoriy aloqalarnigina topganligini uqtirib o‘tgan edi.
A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi jismlarning o‘zaro tortishishi muammosini boshqacha talqin qiladi va
bu muammo haqidagi tasavvurlarimizni ma‘lum bir darajada kengaytiradi.
Jismlarning o‘zaro tortishishining tabiati, amalga oshish mexanizmi hozirgacha to‘la ochib berilmagan.
Boshqacha aytganda, muammo uzil-kesil hal bo‘lmagan.
Ba‘zi hollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha topib bo‘lmaydi. Masalan, rak kasalining sababini
o‘rganish bilan bog‘liq muammo hozirgacha to‘la hal bo‘lmagan.
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay yechimiga ega emas, degan fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud
metodlar, vositalar yordamida yechib bo‘lmaslikni ko‘rsatadi xolos, va shu tariqa yechishning Yangi vositalarini
qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: