O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urgach davlat universiteti Musiqa kafedrasi Musiqa tarihi



Download 409.75 Kb.
bet1/7
Sana18.01.2017
Hajmi409.75 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urgach davlat universiteti

Musiqa kafedrasi


Musiqa tarihi

Mazkur ma'ruza matni O`sbek musiqasi tarixi hamda unihg nazariy asoslarining shakllanishi, Buxoro shashmaqomi, Xorazm maqomlari va Farg`ona-Toshkent maqom yo`llari , shuningdek,ulahi, rivojlanish jarayonini o`rganishga bag`ishlanadi.

To`plam oliy o`quv yurti musiqiy talim yo`nalishi va san’at kolleji talabalari uchun mo`ljallangan.

МУСИҚА ТАРИХИ


(ўзбек мусиқа тарихи, чет эл мусиқа тарихи, рус мусиқа тарихи)
К И Р И Ш

«Ўзбек мусиқа тарихи» фанининг асосий мақсади - талабаларни ўзбек мусикаси босиб ўтган тарихий жараён, унинг умуминсоният тарихида тутган ўрни, миллий мусиқий қадриятларимиз билан таништириш, уларга мусиқий-тарихий билимларни бериш, мусиқа санъатининг тарихи билан жамият тараққиётининг боғлиқлигини тушунтиришдан ибоарт. Ўзбек мусиқасини қадимий даврларда, темурийлар даврида қай даражада ривожланганлигини, улуғ сиймолар ва мусиқашунослар номларини ва уларнинг мусиқа илмида яратган кашфиётлари ҳамда уни ривожлантиришдаги ҳиссаларини билиш талабаларда миллий ғурур, қадр-қиммат, эхтиром туйғуларини шакллантиришда хизмат қилади.

«Ўзбек мусиқа тарихи» ўқув фанининг вазифаси ўзбек халқ чолғучилиги тарихини, археологик қазилма ёдгорликларни ўргатиш, ўрта аср олимларининг илмий-услубий қарашларини фарқлаш, мақомот тизими билан танишиш, ўзбек халқ мусиқаси, халқ қўшиқлари жанри (ашула, лапар, ялла, маросим, меҳнат ва ҳаказо) хусусиятларини ўрганиш кабиларни ўз ичига олади. У вазифаларни бажаришда ўзбек мусиқашунослигида бу мавзуларга бағишланган, кенг ёритилган мавжуд ва янги адабиётларга таянилади.

«Ўзбек мусиқа тарихи» фани илк чолғу асбоблари пайдо бўлгандан бошлаб то ХХI асргача уларнинг турлари, ижро услуби, шаклланиши ва эволюцион ўзгариб туришини босқичма-босқич кузатиб боради. Улар ҳақидаги маълумотлар ёзма манбалар ва археологик қазилма ёдгорликлари асосида билим берилади. Бунда ўзбек ва форс адабиётида муҳим аҳамият касб этган китоб миниатюралари ҳам ўрин олган.

«Чет эл мусиқа тарихи» фанининг асосий мақсади – чет эл мусиқа маданияти тараққиёти ҳақида маълумот беришдир.

«Рус классик мусиқа тарихи» фанининг асосий мақсади – жаҳон мусиқа маданиятида алоҳида ўрин тутган ру мусиқасининг классик даври (Х1Х – ХХ асрнинг боши) хақида маълумот беришдир. Рус композиторларининг юксак бадиий савияда ёзилган асарларни урганиш, уларнинг касбий маҳорат жиҳатларини акс эттирувчи хусусиятларни ёритиб бериш, турли жанрдаги асарларнинг мазмунини идрок этишга, рус классик мусиқасига хос бўлган бадиий ифода воситаларини ўрганиш ушбу фаннинг вазифаларидан ҳисобланади.



ЎЗБЕК МУСИҚАСИ ТАРИХИ

Ўрта Осиёнинг кадимий замонлардан X асргача булган даврдаги мусикқ а маданияти.

Ўрта Осиёнинг кадимий мусика маданияти. Илк Ўрта аср санъати (IV-IX аср) Самонийлар даврида мусиқий хаёт (IX-X аср).Ўзбек хақининг XI-XIX асрлардаги мусиқа маданияти.XI-XV асрларда ўзбек мусиқаси. 2.XVI-XIX асрларда ўзбек мусиқасининг ривожланиши.Ўзбек халқ мусиқа ижоди (фольклор) ва мумтоз анъанавий касбий мусиқа.Ўзбек халқ оммавий жанрлари. Мақом асослари. Ўзбек халқ чолғу асбоблари. Локал (маҳаллий) услублар.XIX асрнинг охири XX асрнинг бошларида ўзбек мусиқасининг ривожланиши.XIX асрнинг иккинчи ярмида ўзбек халқининг мусиқа маданияти.1920-32 йилларда Ўзбекистоннинг мусиқий хаёти.

XX асрда Ўзбекистоннинг мусиқий хаёти.Вокал мусиқаси. Чолгу мусиқаси. Мусиқий – саҳнавий жанрлар. Кино мусиқаси ва эстрада. Ўзбе-кистоннинг замонавий мусиқа санъати. Мумтоз анъанавий касбий мусиқа. Композиторлик ижоди.


1-mavzu
Mavzu: Markaziy Osiyoning qadimiy musiqa madaniyati
Dars rejasi:

1. X-XI asrgacha bo`lgan davrdagi musiqa madaniuat.

2. "Avesto" va uning yaratilishi.

3. O`zbek xalqining qahramonlik dostonlari

O`rta Osiyo xalqlari qadimgi ajdodlarining musiqali poetik ijodi. O`zbek xalqining musiqa madaniyati ko`p asrlik tarixga ega, ko`pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og`zaki an’anadagi professional musiqa san’ati bu haqda guvohlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha, bugungi O`zbekiston territoriyasida O`rta Osiyo xalqlari ajdodlari yaratgan qadimgi sivilizatsiya mavjud bo`lgan. Arxeologiya ma’lumotlari, tasviriy san’at asarlari (sharq poetik ijodiyoti asarlarida tasvirlangan miniatyuralar), sharqshunoslarining yangi tadqiqotlari va, nihoyat o`rta asrdagi O`rta Osiyo olimlarining musiqiy risolalari tarjimasi o`zbek xalqi musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur qilishimizga yordam beradi.

O`zbek xalqi ajdodlariiing musiqa sarchashmalari O`rta Osiyo territoriyasida yashagan qardosh xalqlar, birinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam bog`langan. Bu musiqa asarlarning X-XI asrgacha (ya’ni bu xalqlar aktiv chegaralangunlarigacha) o`zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o`zbek va tojik musiqa madaniyatlarining shakllanishi uchun umumiy asos bo`lib xizmat qildi.

O`rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo`lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o`troq dehqonlar (sug`diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko`chmanchi (saklar, massagetlar va boshqa) qabilalar edi. Ular haqidagi ma’lumotlar Avestado ham uchraydi. Xalq poetik va musiqa san’atining boshlanishi o’sha davrlarga borib taqaladi. Xalq poetik va musiqa san’ati dastlab sinkretik holatda bo’lgani to’qrisida Avesto kitobi va boshqa qadimgi yozma yodgorliklar, turmushi, ularning urf-odatlari, to`y-tomoshalarining elementlaridan guvoqlik beradi,.yuksak salohiyati yunon, rim va xitoy manbalarida ham yakdillik bilan e’tirof etilgan. Ayrim ilmiy qarashlarga ko`ra, Xorazm ko`hna zardo`shtiylik dinining muqaddas kitobi bo`lmish "Avesto"ning vatani hisoblanadi. Tadqiqotlarning dalolat berishicha, "Aryanim Veyjo" deb ataluvchi Avesto makoni o`zining qahraton sovuqi, jazirama issiqiga ega bo`lgan hamda yerlari tars yoriladigan va ilonlari ko`p o`lka, deb ta’riflanadi. Darhaqiqat, Orol fojeasidan oldingi davrlarda, yuqorida aytilgan keskin kontinental iqlimni, taqir yerlarning xuddi qovun to`riga o`xshab yorilishini, ilonlar uy hayvonlaridek tomu omborlarda yashab yurishini butun mintaqa bo`yicha ko`proq Xorazmda kuzatish mumkin edi. Zardo`shtlik urf-odatlarining qiyofasi biroz o`zgargan holda Xorazm vohasining bugungi hayot tarzida ham ko`plab kuzatiladi. Ularning hammasi qo`shimcha dalil sifatida ko`zlayotgan fikrimizning isbotiga xizmat etishi mumkin.

. "Avesto"ning o`zi aslida ijro vositasida og`zaki tarqalib, faqat keyinchalik kitob shakliga keltirilgan arkonlar majmuasidir. Uning oyatlari va, ayniqsa, madhiyalar qismini tashkil etuvchi - xatlar (bunda so`z oxiridagi "t" harfi juda yumshoq talaffuz etilib, so`nggi davrlarda "goh" shakliga aylanganligi ham ehtimoldan xoli emas: - yakgoh, dugoh, segoh va h.k.) maxsus kuy tizimini tashkil etuvchi ohanglarda yoqimli ovoz bilan tarannum etilgan, deb topilmoqda.

"Avesto"da "sruna" deb ataluvchi "sirli eshitish" tushunchasi bo`lgan ekan. Tinglash, quloq orqali vujudga ozuqa olishni zardo`shtiylar muqaddas tuyqu qisoblaganlar. Dini islomda esa eshituvchilik (same’) hissi Allohning sifatlaridan biri!

Qizig`i shundaki, zardo`shtiylar faqat unli tovushlar go`zalligidan emas, balki olov hovri (kuyi), hattoki jimlikni eshitib lazzatlanishga odatlangan ekanlar. Musiqa badiyat, san’at sifatida tom ma’noda ijro etish va uni eshitishdan boshlanadi. Sozanda kuyning yaratuvchisi bo`lsa, eshituvchi uning qabul qiluvchisidir. Xalqimizda "sozandaga chinakam baho beruvchi, uning ustozi va talabgori - eshituvchi" degan gap bor. Bunda tushunib eshituvchi - xos shinavanda ko`zda tutiladi, albatta.

Mumtoz musiqamizning "zamzama", "tarona" (eski shakli "taronik" – “taronacha”, "buxorcha", "farqonacha"ga o`xshagan uslub tushunchasi), "suvora" ("asp ros") kabi iboralarining ildizlari ham "Avesto" davrining urf-odatlariga borib taqaladi Zikr etilgan eski musiqiy belgilar, keyingi davrlar mafkurasiga binoan yangicha ma’no va mazmunlar bilan to`ldirilgan, albatta. qanday bo`lmasin bu ramzlar zamonlar osha bizgacha moziydan yetib kelgan sadolarga aloqador so`zlardir.

Buni arxeologiya,etnografiya va boshqa fanlar bergan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Sinfsiz jamiyat sharoitida O`rta Osiyoda musiqa asboblarining asosiy - ya’ni urib chalinadigan, puflab chalinadigan va torli sozlar turlari vujudga kelgan edi.

Urug`chilik jamiyatining yemirilishi va sinfiy jamiyatga o`tish, Baqtriya, Sug`diyona va Xorazmda davlatlarning paydo bo`lishi, axmoniylarning harbiy-ma’muriy jihatdan birlashuvlari, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek-baqtriya podsholigiving vujudga kelishi eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV asrigacha bo`lgan juda katta tarixiy davrni o`z ichiga oladi. Bu davr epik xarakterli mifologik qahramonlik ustun bo`lgan qadimgi og`zaki musiqali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir. Qahramonlik afsonalari, epik qo`shiqlar O`rta Osiyo xalqlarining o`z mustaqilliklari uchun olib borgan mardonavor kurashlarining bo`yoqdor tasvirlari bilan to`la. O`z xalqining ozodligi yo`lida jonini qurbon qilgan cho`pon Shiroqning mislsiz jasorati, vatanga bo`lgan muhabbati to`g`risida hikoya qiluvchi Sak afsonalaridan parchalar bizning kunlarimizgacha saqlanib kelgan.

Masalan, Rustam va uning janglari, malika Taxminaga bo`lgan muhabbati, tanimagan otasi qo`lida qatl qilingan o`g`li Suxrobning o`limi to`g`risida hikoya qiluvchi qo`shiqlar mustaqil marosim tomoshalariga aylanib ketgan. Keyinchalik bu qo`shiqlar tojik xalqining ajoyib eposi - «Shohnoma»da o`z aksini topdi. Rustam, Siyovush va boshqa bahodirlar to`g`risida afsonalar sikli yaratildi. Xudolarga sig`inish bilan bog`liq bo`lgan turli xil marosimlarda ham qo`shiq aytilgan. Bu haqda Avestoda bayon qilingan. Avesto gimnlari (yashtlar)ning o`zi rechitativ tarzida ijro etilgan. Gimnlar xor bo`lib aytish mumkin bo`lgan band va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy, yarim vaznli rivoyatlardan iborat bo`lgan. Xudolarga sig`inish bilan bog`liq bo`lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida qo`shiq aytilgan, raqs tushilgan. Xalqning bayram marosimlari, masalan: bahorda kun va tunning baravarlashuvi-Navro`z keng tarqalgan edi. O`rta asr yozuvchilari musiqaning mehnat marosimlaridagi roli, insonning musiqani olam tuzilishi bila " tabiatdagi o`lish va tirilish haqidagi miflar bilan bog`lashga bo`lgan intilishlarini ham ko`rsatib o`tganlar. O`rta Osiyoning yirik davlatlari territoriyasida vujudga kelgan zo`ravonlikning mustahkamlanishi ularni atrofdagi davlatlar bilan yanada yaqinlashtirdi:

O`rta Osiyo(eramizdan oldingi IV asrdan eramizning III asrigacha) Aleksandr Makedonskiy davlati tarkibiga, keyinchalik esa Grek-baqtriya pod sholigi tarkibiga kirgan edi. O`rta Osiyo tarixida antik deb nomlangan bu davr madaniyatda aks ettirilgan. Grek musiqa asboblarining tasviri saqlanib qolgan. Masalan, Ayritom frizida qo`sh avlosni uchratish mumkin.

Qadimgi O`rta Osiyodagi antik madaniyatning ko`pgina musiqa asboblarida (nay, ud, doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko`rsatib berdilar. Mahalliy traditsiyalarning yunon, hind va boshqa traditsiyalar bilan chatishib ketishi sozlarda ham aks etgani o`sha davr madaniyatining o`ziga xos xarakterda bo`lganini nazarda tutadi. Garchi Gretsiyaning O`rta Osiyo musiqa madamiyatiga ta’siriii o`rta asrdagi O`rta Osiyolik olimlarning musiqaga oid risolalarida uchratish mumkin bo`lsa ham, vaqtlar o`tishi bilan bu ta’sir yo`qola bordi.

Kichik terrakotiv haykaltaroshlik O`rta Osiyo antik madaniyatining yorqin yodgorligi hisoblanadi. Afrosiyob (qadimgi Samarqand shahrining o`rni)dan topilgan ko`pgina haykalchalarda aksariyat nay, ud, doira chalayotgan sozandalar tasvirlangan. Ko`plab topilgan haykalchalar musiqaning sug`dlar va ularning poytaxti bo`lgan Samarqand hayotidagi ahamiyati to`g’risida guvohlik beradi.


Tayanch tushunchalar:

1."Avesto"- zardo`shtiylik dinining muqaddas kitobi.

2. Sruna - "Avesto"dagi "sirli eshitish" tushunchasi,

3. Rustam, Siyovush - xalq qaxramonlari

4. Shiroq -O`z xalqining ozodligi yo`lida jonini qurbon qilgan cho`pon.
Nazorat savollari:
1." Avesto"ni- musiqa bilan bog`liq tomonlari nimada ?

2. "Zamzama", "Tarona" (eski shakli "taronik" - "taronacha, "suvora" kabi iboralarining asl ildizlari nimada ?

3. Afrosiyob (qadimgi Samarqand shahrining o`rni)dan topilgan ko`pgina haykalchalarda musiqa bilan bog`liq nimalar tasvirlangan ?

4. "Sruna"- nima ,uni musiqaga bog`liq tomoni nimada ?

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. T.Ye.Solomonova. O`zbek musiqasi tarixi T.1981.y.

2. I.Rajabov Maqomlar masalasiga doir T.1963.y.

3. O.Matyaqubov Maqomot T.2004.y.



2-Mavzu

Mavzu : Markaziy Osiyoda o`rta asrlar davridagi musiqa madaniyati

san’ati (V-X V asrlar)
Dars rejasi:

1. Eramizdan oldingi IV-VII asrlardagi musiqa madaniyati.

2. Somoniylar davlati davridagi musiqa madaniyati (IX - X asrlar).

3. Madhiya xarakteridagi musiqali she’riy asarlar.

Eramizning IV asridan boshlab O`rta Osiyoda quldorchilik asta-sekin feodal tuzum bilan almashdi. O`rta Osiyoda yashagan turklar o`z davlatining so`nggi qismini – qo`qonlik deb atay boshladilar. Ana shu vaqtdan boshlab turklar bilan mahalliy Sharqiy Eron xalqlarining qo`shilib yashash jarayoni boshlanadi. IV -VII asrlargacha bo`lgan davr madaniyat va san’at ' turlarining, jumladan musiqaning yuqori darajada rivojlangani bilan xarakterlanadi.

Butun Sharqqa mashhur bo`lgan va keyinchalik Sharq adabiyoti mumtoz asarlarida tasvirlangan O`rta Osiyoning yirik sozanda va xonandasi, o`nlab kuylar ijodkori Barbad (yoki Faxshobod)ning nomi mashhur bo`ldi. Marv (Turkmaniston dagi hozirgi Mari) shahrida istiqomat qilgan Barbad VII asr boshlarida Eron sosoniylari sulolasidan bo`lgan Xisrav saroyida xizmat qildi. Tarixchilar bergan ma’lumotlardan ma’lumki, Barbad madxiya va tarixiy qo`shiqlar, harbiy g`alabalar to`g`risida qo`shiqlar ijod etgan. Ozarbayjon adabiyotining klassigi Nizomiy «Xisrav va Shirin» dostonida Barbadning san’at shinavandalariga favqulodda kuchli ta’siri to`g`risida yozgan.

Tasviriy san’atning ko`p sonli obidalari mazkur davrning qurollari va musiqa ishtirokidagi urf-odatlari to`g`risida ma’lumotlar beradi. Qadimgi Panjikentdan topilgan yorqin naqshlar ana shular jumlasidandir. Unda ikki tomonli nog`ora va doira jo`rligida raqsli sahna, sopol idishda dafn marosimida ayol kishining marosim raqsini ijro etib turgan payti gavdalantirilgan yorqin tasvir uchraydi. Kumush laganga ov manzarasi, ashula va raqs ishtirokidagi ziyofat naqshlangan.

Mahalliy aholining musiqa hayotinint ba’zi elementlarini meros qilib olganlar. Keyinchalik «Kitobi Ko`rqut» sikliga kirgan ko`pgina epik turk afsonalari O`rta Osiyo xalqlarida eposning shakllanishiga ta’sir ko`rsatdi.

Shunday qilib, xalq ijodi va mahalliy professional an’ana kelajakda og`zaki an’anadagi yirik professional asarlar tug’ilishi uchun asos bo`lib xizmat qildi.

Ayrim keng tarqalgan maqom kuy tuzilmalarining turkcha, masalan, «Avji turk» deb atalishi ham bejiz emas. Ehtimol, vafot etgan kishining jasadi tepasida turib maxsus aytuvchilar tomonidan deklamatsion xarakterda marsiya aytib yig`lash odati qadimgi turk qabilalaridan qolgandir. Ehtimol, o`zbek baxshilari turk xalq xonanda-azonchilarining ijodiga mansub ifoda uslublaridan foydalangandir, zeroki buni o`zbek folklorining rang-barangligi, uning kuy, lad va ayniqsa, ritmik tuzilishida ko`rish mumkin.

Shunday qilib, VII-VIII asrlarga kelib mahalliy musiqa an’analari aniq bo`lib qoldi, xalq va professional musiqaning og`zaki an’analari shakli vujudga keladi.

O`rta Osiyoning arab xalifaligiga qo`shib olinishi ma’lum darajada ijobiy ahamiyatga ham ega edi. Arablar o`z navbatida musiqa san’ati sohasida mahalliy aholidan ko`pgina narsalarni o`rgashb oldilar. A. Isfahoniyning arab tilida yozilgan «qo`shiqlar kitobi»ga ko`ra juda ko`p O`rta Osiyo kuylaridan arablar foydalangan. Masalan, -Musadjiq nomi bilan mashhur bo`lgan birinchi arab qo`shiqchisi O`rta Osiyoda (boshqa mamlakatlar qatori) ham bo`lib, turli xil kuylarni tanlab oldi va ular zaminida qo`shiqlar ijrosi sistemasini yaratdi. Boshqa bir qo`shiqchi - Ibn Muqriz esa birinchi bo`lib O`rta Osiyolik qo`shiqchilardan o`rgangan holda arab baytlarini ijro eta boshladi.

Al Forobiy turli xil asboblar tovush qatorlarini o`rgana borib, Xuroson tanburiga alohida e’tibor berganining o`zi ham mahalliy musiqa asboblarining ahamiyati katta ekanligidan guvohlik beradi.

Somoniylar davlatida musiqali hayot (IX - X asrlar) O`rta Osiyo xalqlarining. bosqinchilar zulmiga qarshi aktiv kurashi tufayli IX asrda hokimiyat Somoyiylar sulolasi qo`liga o`tdi. Somoiiylar davrida O`rta Osiyo deyarli yuz yil mobaynida chet el bosqinchilarining hujumiga duch kelmadi, bu esa mamlakat xo`jaligi va madaniyatining rivojlanishiga imkon berdi.

Bu davrda ajoyib olimlar, shoirlar, muciqachilar: mashhur matematik va astronom Ahmad Farg’oniy, Arab tilidagi ilk musiqiy risolalardan biri algoritm fanining asoschisi Abu Abdulloh Muhammad Xorazmiy mashxur bo`ladi. Ma’lumki, Muhammad Xorazmiy Bag’doddagi "Ma’mun akademiyasi"(Bayt ul-hikma)ning sardori bo`lgan. Rivoyatlarda aytilishicha, olimlar orasida shifo uslublari haqida bahs ketganda, shogirdlardan biri Xorazmiyga -"Siz insonlarni davolashda nimani afzal ko`rasiz, dori-darmonnimi yoki jarrohliknimi" - deb savol bergan ekan. Shunda ustozning "mening vatanimda ularning ikkalasidan ham musiqiyning shifobaxsh kuchini ustun tutadilar", - degan so`zlari tarixga kirib qolgan.

Xorazmliklarning oddiy odamlaridan, hunarmandlaridan tortib, eng oliy tabaqa vakillarigacha o`zini soz san’atiga yaqin tutgan. Beruniyning dalolat berishicha, Muhammad Xorazmshoh (Ma’mun II) musiqa va she’riyatni chuqur idroklaydiqan, atrofidagi shoir va sozandalarga nozik uqtirishlar qiladigan podshoh bo`lgan. Tarix kitoblarida Ma’mun akademiyasining tarkibida musiqashunoslik ilmida e’tibor topgan olimlarning nomlari ham tilga olinadi.

Xorazmshoh Sulton Muhammad o`zi barbat (ud)da navba (turkumli asar)lar chalib huzur topishni odat etgan. Hattoki Xorazmshoh muhim davlat ishlariga qo`l urishdan oldin unga ruhiy tayyorlanib, miriqib kuy chalib, aql va tuyg’ularini sozlab bo`lgandan keyin kirishar ekan. Zamonasining eng "Buyuk ustoz - Shayxi sharif" unvonini olgan qomusiy olim Faxriddin Roziy musiqashunoslik tarixida ham alohida o`rin tutadi. Uning "Jome’ al-ulum" qomusining musiqiyga bag’ishlangan qismi Forobiy va Ibn Sino bilan keyingi davrlar o`rtasidagi juda muhim bosqich hisoblanadi. Roziyning risolasi Forobiy va Ibn Sinolarning arab tilida yaratilgan musiqiy asarlaridan mahalliy tillardagi iboralarning qo`llanilishi, masalan, ud cholg`usining qadimgi nomi "barbat" bo`lganligi haqidagi mulohaza bilan ham farq qiladi.

Zikr etilganlarga o`xshagan ko`plab ma’lumotlar, Xorazm - musiqiy an’analar avvaldan e’zozlanib, taraqqiy etib kelayotgan, sozparvar maskan ekanligidan dalolat beradi. Rivoyatlarda aytilishicha, "Xorazm poytaxti Ko`hna Urganch ma’mur va obod zamonlarda Chingizxon Ko`hna Urganchni xarob qilmasdan ilgari Ko`hna Urganch shaharida sokin bo`lgan odamlarini aksarisi musiqiyni o`zlarina bir hunar va kasb ittixoz qilganlar. Hatto mazkur asalarning mubolag`a bila ko`rsatganiga qaraganda yolg`iz Ko`hna Urganch shaharida dutor sozina eshak yo`nib, sotib o`ngishiqlarini shul hunarlari bila o`tgaradurg’on kishilarning miqdori bir mingga yetishadur" degan ma’lumotlar mavjud.

Forobiy, o`rta asrdagi barcha fanlarga katta hissa qo`shgan O`rta Osiyoning X - XI asrlardagi buyuk olimlari Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) yashab ijod qildi. Somoniylar davlati shaharlari orasida Buxoro katta shuhrat qozondi. Buxoro ekonomika va madaniyat markaziga aylandi, adabiyot va musiqa rivojlandi. Saroy shoirlari va musiqachilarning ijodida asosiy janr xukmron shaxslarni maqtaydigan va sharaflaydigan qasida edi. Uning muqaddima qismi (nasib)ga cholg’u asbobi jo`r bo`lar edi. Cholg`u asbobi ba’zan biron-bir intim kechalarda qasidadan alohida holda ham ijro etilishi mumkin edi. Nasibdan musiqali-poetik san’atning, ya’ni musiqachi, qo`shiqchi, mutrib tomonidan ijro etiladigan mustaqil formasi g’azal tug`ili.

Madhiya xarakteridagi musi qali she’riy asarlar bilan bir qatorda ilg`or ijtimoiy qarashlar va kayfiyatlarni ifodalovchi qo`shiqlar ham ijod qilinar edi. Ba’zan hajviy qo`shiqlarda shoir-musiqachilar podsho va amaldorlarning xasis hamda pastkashligi, ruhoniylarning qizg`anchiq, ikkiyuzlamachi va mutaassibligi ustidan kulardilar. Ko`pincha erkinlikka chaqiruvchi dadil ro`zlar kinoya va qochiriqlar ortiga yashiringan bo`lardi. Bunday qo`shiqlar omma o`rtasida juda tez tarqalar, X asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan buyuk she’r ustazi va ajoyib musiqachi so`qir (rivoyatga ko`ra) Rudakiy kabi avtorlar esa shuhrat qozongan edi.

Bu davrga kelib faqat xalq og`zaki ijodida rasm bo`lgan qadimgi epik afsona va rivoyatlarga qiziqish kuchaydi. Asosida ykki misrasi o`zaro qofiyalanadigan o`n bir bo`g`inli mutaqarib vazn yotgan professional qahramonlik eposlari vujudga keldi. O`rta Osiyo xalqlarining eposidan o`zining ajoyib «Shohnoma" dostonini yaratishda Firdavsiy unumli foydalangan. Bu asar o`sha davr musiqasi, musiqali hayoti, musiqa asboblarini o`rganish uchun ham boy manba hisoblanadi. Masalan: saroy ziyofatlari manzarasining tasviri:


Darhol kushkka to`ldi aziz mehmonlar,

Botirlar, soqiylar, xushdil xushxonlar,

Changni o`rynlatib chaluvchilar ham

Gulyuz qizlar-xizmat qiluvchilar ham.

Rumiy shohi kabi chehralar gulgun,

Chang sehrida dillar hayqirar mamnun.


O`sha davrda arfa va ud tipidagi torli hamda puflab chalinadigan nay tipidagi asboblar keng tarqaldi. Udsimonlardan kvarta bo`yicha sozlanadigan, besh-olti juft torli ud qo`llanilar edi. Ud egiluvchan patga o`xshash plektor bilan chalinar edi. Darvishali Changiy udni «barcha musiqa asboblariving podshosi» deb baholagan edi. «Shohnoma»da eslatilgan torli-noqunli asbob rud ham keng tarqalgan edi. Chang, nay va rud sadolariga bo`lgan muhabbati to`g`risida keyinchalik XIV asr shoiri hofiz to`l-qinlanib yozgan edi. Doira ham keng tus olgan edi. Uning tasviri «Shohnoma»ga ishlangan turli xil miniatyuralarda va boshqa qo`lyozmalarda tez-tez uchrab turadi. Rudakiy qasidalarida chang va to`rt torli barbad eslatiladi.

Forobiy tovushlarining xarakteriga ko`ra musiqa asboblari xilma-xil rol o`ynaganini ko`rsatib o`tadi: «Janglarga mo`ljallangan cholg`u asboblari mavjud, ularning ovozi baland va keskin. Ziyofat va raqslar uchun, to`y va quvnoq yig`ilishlar uchun, muhabbat qo`shiqlari uchun ham maxsus cholg`u asboblar bor. Ayrimlarining tovushi keskin va hazin bo`ladi; bir so`z bilan aytganda, ular shunchalik ko`p, shunchalik xilma-xilki, hammasini sanab o`tish qiyin». Shunday qilib, Somoniylar davrida cholg`u asboblarida ijrochilik keng ko`lamda rivojlandi.



Tayanch tushunchalar:

1 Barbad- (yoki Faxshobod) VII asr boshlarida Eronda sosoniylari sulolasidan bo`lgan Xisrav saroyida xizmat qilgan sozanda.

2.Barbat -ud cholg`usining qadimgi nomi.

3 Faxriddin Roziy- Zamonasining eng "Buyuk ustoz - Shayxi sharif" unvonini olgan qomusiy olim .

4. Shiroq -O`z xalqining ozodligi yo`lida jonini qurbon qilgan xalq qaxramoni.

Nazorat savollari:

1. Avji turk nima ?

2. Oddiy odamlaridan, hunarmanddaridan tortib, eng oliy tabaqa

vakillarigacha o`zini soz san’atiga yaqin tutgan davlat- qaysi davlat ?

3. X- asrning birinchi yariimda keng tarqalgan cholg`u asboblar?

4."Shohnoma"da musiqaga xos bo`lgan nimalar eslatilgan?




Foydalanilgan adabiyotlar:
1. T.Ye.Solomonova. O`zbek musiqasi tarixi T.1981.y.

2. I.Rajabov Maqomlar masalasiga doir T.1963.y.

3. O.Matyaqubov Maqomot T.2004.y.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa