O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urgach davlat universiteti Musiqa kafedrasi Musiqa tarihi



Download 409.75 Kb.
bet3/7
Sana18.01.2017
Hajmi409.75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

Tayanch tushunchalar:

1. «Kitob ixsa al-iko’»- Al-Forobiyning ritmlar klassifikatsiyasiga bag`ishlangan risolalasi.

2. Bo`d - zamonaviy musiqadagi interval tushunchasi.

3. «Kitob al-kafiy fi almusiqa»- Ibn Zaylaning musiqa xaqida yozgan yagona asari «To`liq musiqa kitobi» deb ham yuritiladi.

4. «Sharafiya» - Safiuddin Urmaviyning musiqaga oid mashhur risolasi.

Nazorat savollari:

1. Farboyning "Katta musiqa kitobi" xozirgi zamon musiqasidagi

Axamiyati ?

2. Ibn Sinoning musiqa merosi ?

3. Safiuddin Urmaviy Sharq musiqa ilmini rivojiga qo`shgan xissasi ?

4. Fazla nima ?




Foydalanilgan adabiyotlar:
1. T.Ye.Solomonova. O`zbek musiqasi tarixi T.1981.y.

2. I.Rajabov Maqomlar masalasiga doir T.1963.y.

3. O.Matyaqubov Og`zaki an’anadagi professional musiqaga kirish T.1983.y

4. O.Matyaqubov Maqomot T.2004.y.




5-mavzu
Mavzu : Temuriylar davlati davridagi musiqa madaniyat

Dars rejasi:
1. XIII - XIV- asrlar musiqa madaniyati.

2. Temur va uning vorislari musiqa san’atiga bo`lgan



etiborlari.

3. Xoja Abdulqodir Marog`iy Temuriylar davri madaniyatining ko`rki .
XIII - XIV asrlardagi O`rta Osiyo xududidagi o`zaro nizolar madaniyatning taraqqiy etishiga xalal yetkazdi. Ayniqsa mo`g`ullar istilosi davri (13-asr) da, ya’ni yirik shaharlar, jumladan Buxoro to`la yoki qisman vayronalikka uchragan davrda madaniy hayot susaydi. O`rta Osiyo Temur hokimiyati ostiga birlashtirilishi munosabati bilan XIV asrning ikkinchi yarmidanoq madaniyat va san’atda yangi yuksalish boshlandi. Temur va temuriylar hukmronligi davrida O`rta Osiyo juda katta tashqi mavqeyga ega bo`ldi. Arxitektura gullab-yashnadi, davlat poytaxti Samarqand hamda Temurning ona shahri Kesh (Shaqrisabz) ulkan qurilishlar bilan obodonlashtirildi va bezatildi. Bosib olingan Xuroson, Eron, Suriyaning madaniy markazlaridan Temur turli xil hunarmandlar, jumladan musiqachilarni ham keltirgan edi. O`sha davr kishilarining guvohlik berishicha, dabdabali saroy marosimlari musiqa jo`rligida o`tkazilgan. Masalan, hofizi Abro` yozadi: «Xushovoz hofizlar va shirinnavoz sozandalar esa fors namunalari, arab ohanglari, turkiy an’analar, mo`g`ul ovozlari, xitoyliklar (ashula aytish) qonunlari va oltoyliklar o`lchovlari asosida kuy chalib, qo`shiq aytar edilar».

Taniqli olim va musiqachi Abdulqodir avval Temur, keyinchalik esa uning vorislari saroyida xizmat qilgan. U saroy musiqa shakllari bayon qilingan musiqa risolasining muallifidir. Abdulqodir madhiya xarakteridagi («Mayatayn») musiqa asari ham ijod qilgan. Risolada tarje’, peshrav va boshqa bir qator bizning davrimizgacha yetib kelgan musiqa janrlari ham eslatib o`tilgan.

Movaraunnahr zaminida Amir Temur asos solgan yangi davlatda yuzaga kelgan ijtimoiy-madaniy muhit Islom madaniyatining Ikkinchi Uyg`onish davri deb e’tirof etiladi. Shunga ko`ra saltanat poytaxtiga aylangan Samarqandga dunyoning turli burchaklaridan atoqli olimlar, hunarmandlar, shoiru san’atkorlar quyilib kela boshladilar. Ular orasida ko`plab hofizu cholg`uchilar, sozandayu go`yandalar ham bor edi.

Saltanatning bosh sozandasi Xoja Abdulqodir Marog`iy bo`ldi. U o`z davridayoq "sohibi advor" ("advor egasi"), "saromadi advor" ("advor ilmining eng oldingi vakili") degan yuksak unvonlarga sazovor bo`lgan. Temuriylar davri madaniyatining ko`rki hisoblangan Abdulqodir ijodi nafaqat mintaqaviy, balki jahon miqyosida katta ahamiyatga ega. Musiqashunoslik borasida XX asrning yirik olimlaridan biri Genri Jorj Farmerning ta’kidlashicha, u Forobiy, Ibn Sino va Safiuddin Urmaviy bilan bir qatorda Sharq musiqa ilmining asosiy ustunlaridan hisoblanadi .

Marog`iy - zamonasining deyarli barcha diniy va dunyoviy ilmlarini egallagan, qomusiy ko`lamdagi shaxs. Olim qalamiga mansub "Zubdat ul-advor", "Maqasid ul-ilqon", "Jome’ ul-alqon" va boshqa musiqa risolalari bugungi kunda ham o`zining ilmiy va amaliy ahamiyatini yo`qotgan emas. Bundan tashqari, u qur’on ilmini o`zlashtirgan mohir hofiz, maxsus diniy qo`shiqlar ijrochisi-go`yanda, xilma-xil asboblarda ijro etadigan zabardast cholg`uchi, arab, fors va turkiy tillarda ijod qilgan shoir va turli janrlardagi musiqiy asarlarning muallifi bo`lgan. So`nggi sohada u shunday bir oliyjanob namunalar ijod qilganki, ularning shon-shuhrati bizning davrimizgacha saqlanib kelgan. Masalan, Marog`iy zamonida "miyatayn " (arabcha lug`aviy ma’nosi ikki yuz") deyiladigan 200 usuldan iborat musiqiyning murakkab shakli joriy etilgan. Marog`iyning o`zi shunday bir "miyatayn" yaratganki, uningdovrug`i keyingi vaqtlarda ham pasaygan emas.Yoki bo`lmasa, u paytlarda klassik musiqaning eng murakkab turlaridan biri - "navbati murattab"(tartiblashgan navbat) bo`lgan. Navbat (lug`atda navbaning ko`plik soni, istiloxda izma-iz keluvchi) murakkab, ko`p qismli asarni bildiradi. Murattab - "tartiblashgan", "tartibga solingan degan ma’noni ifodalaydi. "Navbati murattab" esa qonun-qoidalari muhimlashgan turkumli asar ma’nosini anglatadi. Marog`iy davrida "navbati murattab" quyidagi to`rtga asosiy qismdan iborat bo`lgan: 1) qavl - vazmin va ulug`vor holatdagi musiqa asari, so`z matni arabcha; 2) g`azal - lirik kayfiyatdagi forsiy va turkiy she’rlar ijro etilgan asar; 3) tarona - kichikroq hajmdagi

Hirotda Temurning vorisi Shohruh saroyida, ayniqsa Samarqandda, Shohruhning o`g`li Ulug`bek saroyida musiqa taraqqiy etdi. Ulug`bek Samarqandni ilmiy va madaniy hayotning markaziga aylantirdi. U shoir va musiqachilarga homiylik qildi. Adabiyot va musiqaga ko`proq xalq elementlari singdirila boshladi. Turkiy tilda ijod qiladigan shoirlar o`rtasida folklorga, turkiy xalq ohanglariga qiziqish ortib bordi. «Ma’shuqa turkiy qo`shiqlarini kuylar ekan,- deyiladi g`azallarning birida,- uning mag`rur qo`shig`i qalbimga olov yoqdi». Samarqand shoir va musiqachilarini boshqa shaharning boylari taklif qilar edi. Hatto oliy martabali ruhoniylar ham musiqa ishtiroqida ziyofatlarni uyushtirganlar. Biroq, bu odat diniy qoidalarga zid bo`lib, shariat peshvolarining g`azabini keltirar edi. XV asrning ikkinchi yarmiga kelib Samarqand o`zining madaniy mavqeyini hirotga berib qo`ydi. Hirotda adabiyot va san’at- arxitektura, rassomchilik, musiqa yuksaldi. Hirotda madaniy hayotning gullab-yashnashi Alisher Navoiy nomi bilan bog`liqdir. Chunki u shoh Sulton Husayn Boyqaroning o`ng qo`l vaziri bo`lib, shoirlar, musiqachilar, rassomlar, xususan san’atning yuqori baholangan turlaridan biri miniatyura ustalarini rag`batlantirdi va ularga yo`l ko`rsatdi.



Tayanch tushunchalar:
1. Abdulqodir Marog`iy - Taniqli olim va musiqachi .

2. "Saromadi advor" - advor ilmining eng oldingi vakili degan yuksak unvon

3. "Miyatayn " - arabcha lug`aviy ma’nosi ikki yuz degan. 200 usuldan iborat musiqiy murakkab shakli

4. "Murattab" - "tartiblashgan", tartibga solingan
Nazorat savollari:

1. Saroy marosimlari qanday o`tkazilgan ?

2. Temuriylar saltanatning bosh sozandasi kim bo`lgan ?

3. Marog`iy - musiqadan tashqari qanday ilmlarini egallagan ?

4. Temurning vorislaridan kim Samarqandni ilmiy va madaniy hayotning

markaziga aylantirgan ?


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. T.Ye.Solomonova. O`zbek musiqasi tarixi T.1981.y.

2. I.Rajabov Maqomlar masalasiga doir T.1963.y.

3. O.Matyaqubov Og`zaki an’anadagi professional musiqaga kirish T.1983.y

4. O.Matyaqubov Maqomot T.2004.y.


6-mavzu
Mavzu : Abdurahmon Nuriddin Abdurahmon Jomiy
Dars rejasi:
1. Abdurahmon Jomiynig musiqiy ilmi .

2. Jomiyning XV asr madaniyati tarixidagi o`rni.

3. Abdurahmon Jomiyning "Risolayi musiqiy" asari.

Abdurahmon Nuriddin Abdurahmon Jomiy 1414 yilning 7 noyabrida Xurosonning Jom shahri (1414-1492) da tug`ildi. Uning otasi Nizo-middin Ahmad yirik ruhoniy - shayxulislom edi. Jomiyning go`daklik chog`ida oila hirotga ko`chib boradi va o`sha yerda istiqomat qilib Abdurahmon Jomiy o`qishga juda erta kirishadi tez orada xat savodini chiqarib oladi va turli xil va havas bilan o`rgana boshlaydi. Jomiy maktab keyin hirotning Dilkash madrasasida ulkan adabiyotshunos olim Mavlono Jo`nayd qo`lida saboq ola boshlaydi. Jomiy xususan O`rta Osiyoning mashhur filologi Sa’daddin Mas’ud Taftozoniyning (1322-1389) «Muxtasar al-maonn» va «Mutavval» kitoblarini katta ishtiyoq bilan o`qiydi Jomiy Taftozoniyning shogirdi Jojarmiy va mashhur mudarris Aloiddin Aliy Samarqandiydan ta’lim oladi . U hirot tahsili bilan qanoatlanib qolmay, bilimini oshirish maqsadida Samarqandga keladi , Ulug`bek madrasasida o`qiydi, qozizoda Rumiy va mashhur olimlarning mashg`ulotlariga qatnaydi. U Bahovaddin Naqshbandning izdoshlari bo`lgan Shayx Sa’daddin Koshg`ariyga (1456 yilda vafot etgan) murid tushib, tasavvuf bo`yicha ta’lim oladi.

Tasavvufning nazariy masalalari bilan, ay-Shayx Muhyiddin ibn al-Arabiy (1165-1240) kabi tasavvuf faylasuflarining asarlari bilan shug`ullanadi, tarkidunyochilik va badbinlikni rad etadi, zohidlarga qarshi shafqatsiz kurashadi.

Uning shogirdlaridan bo`lgan AbdulG`afur Loriy «Ustoz Jomiy o`z vaqtlarini ko`proq foydali ishlarga sarf qilarlar edilar va qolgan vaqtlarini kishilar tarbiyasi xalq xizmatiga bag`ishlar» deydi Kitob Jomiyning yaqin do`sti, ajralmas qamrog`i, mutolaa va ijodiyot esa uning doimiy mashg`uloti edi.

Jomiy bir qator badiiy, ilmiy va diniy-tasavvufiy asarlar yaratadi, hirot va boshqa shaharlarning ko`pgina ilm va san’at- adabiyot aqllariga ustoz hamda ilmiy va adabiy tortishuvlarning hakami (arbitri) bo`ladi. Uning obro` e’tibori kundan-kunga oshib boradi. Temuriy hukmdorlar, Husayn Boyqaro, shuningdek atrof o`lka va viloyatlarning hokimlari Jomiyni hurmat qilib, uni in’omlar bilan tag`dirlaydilar. Jomiy daromadlarini ko`proq obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot ahillariga sarf qiladi.

Masalan, u hirot yaqinidagi Xiyobonda ikki madrasa va bir xonaqoq quradi, Jomda bir masjid bino etadi, yer sotib olib masjidga vaqf qilib beradi. «Agar ro`zg`origa muhtoj bo`lgan kishini ko`rsalar,- deb yozadi Abdulg`afur Loriy,- darhol unga yordam berar. Biror ortiqcha narsalari bo`lsa, yo`qsillarga in’om qilar edilar». Jomiyning o`zi esa juda sodda va kamtarona hayot kechirgan. (Uning kamtarona hayoti va fazilatlari zamondoshlarining asarlarida hikoya qilib qoldirilgan.)

1472 yilning kuzida Jomiy Makkaga jo`naydi. U haj qilish bilan birga, Sharq o`lkalarida bo`lish, u yerlarning olim va shoirlari bilan tanishish, g`oyibona do`stlarini ko`rish umidida edi. Safar bir yilu 5 oy davom etadi.

Jomiy safardan qaytib kelganidan keyin ijodiy ishlarini qizg`in davom ettiradi, yangi-yangi asarlar yaratadi, ko`p shogirdlar yetishtiradi, shuhrati oshib boradi.

Qardosh tojik xalqining ulug` shoiri va mutafakkiri Nuriddin Abdurahmon Jomiy 1492 yilning 8 noyabrida vafot etdi. Uning o`limi ilm-fan, san’at va adabiyot uchun juda katta yo`qotish bo`ldi. Butun hirot qattiq motam tutdi. Yaqin va uzoq yerlardan ko`p kishi ta’ziyaga keldi. Jomiyning yagona o`qli Yusuf hali 15 yoshda edi. Jomiyning shogirdi, do`sti va hamkori Alisher Navoiy azadorlarga ham, motam marosimiga ham bir farzanddek bosh bo`ldi. Dafn marosimida minglab kishi qatnashdi. Shoirlar motam ta’rixi va marsiyalar bitdilar.

Jomiy juda sermaqsul olim va yozuvchidir. U 50 yil chamasi davom etgan ijodiy faoliyatida ko`p badiiy, falsafiy, ilmiy va diniy-tasavvufiy asarlar yaratdi. Bu asarlarning turli davrlarga mansub bo`lgan qo`lyozma nusxalari va nashrlari ko`pdir. Uning ayrim avtograflari ham saqlanib qolgan. Ularning ayrim na’munalari, O`zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda . Jomiy asarlarining boshqa nodir qo`lyozmalari XVI asrga mansubdir. Bulardan eng muhimi XVI asr boshlarida ko`chirilgan va Toshkentda Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan «Kulliyoti Jomiy» bo`lib, u 37 asarni o`z ichiga oladi. Jomiy asarlari O`rta Osiyo, Eron, Hindiston va boshqa joylarda bir necha bor nashr qilingan.

Jomiyning XV asr madaniyati tarixidagi o`rni ayniqsa uning badiiy asarlari bilan belgilanadi. Jomiy buyuk shoir va adibdir. U XV asr adabiyotida mavjud bo`lgan deyarli barcha janrlarda asarlar yaratdi, o`zidan oldingi ulug` so`z san’atkorlarining traditsiyalarini davom ettirdi va rivojlantirdi, badiiy yuksak asarlari bilan dunyo adabiyoti xazinasiga o`lmas obidalar qo`shdi.

Lirika sohasida Sa’diy, hofiz va Kamol Xujandiylar bilan bir qatorda turgan Jomiy uch devon tuzib qoldirdi. Jomiy Mashhaddan qaytgan Navoiyga uchinchi devonining o`z avtografini hadya qilgan edi. Navoiy Jomiyga, Amir Xisrav Dehlaviy o`z devonlarining har biriga (jami besh devon) alohida-alohida nom bergani kabi, bu uch devonni ham maxsus nomlar bilan atashni maslahat beradi. Jomiy Navoiyning bu maslaqatini mamnuniyat bilan qabul qiladi va o`z devonlarini quyidagicha ataydi:

1. «Fotihat-ush-shabob»-«Yigitlik ibtidosi» (1479 yilda tuzilgan):

2. «Vasat-ul-iqd» - «O`rtacha marvarid shodasi» (1489 yilda tuzilgan);

3. «Xotimat-ul-hayot»-«hayotning xotimasi» (1491 yilda tuzilgan).

Bu devonlar lirik turning g`azal, ruboiy, qit’a, tarji’band, tarkibband, marsiya, hasida va boshqa janrlarida yozilgan she’rlardan iborat.

Abdurahmon Jomiy boshqa ilimlar bilan bir qatorda musiqa ilmi bilan ham shug`ullangan. Intervallar nazariyasi o`tmishda Sharq atroflicha o`rganib kelingan. Lekin eski zamonaviy tushunchalar o`rtasida katta farq bor. Masalan, nazariyada zul arba’jt’nt aniq maxraj uchga nisbati, uch kasr to`rt tushunilgan bo`lsa, u (kelishilgan) taxminan qabul qilingan tovush munosabati qilib olinadi. Shunga binoan, oldingi musiqashunoslar tomonidan har bir maqomning aniq raqamlar bilan belgilangan tovush ishlab chiqilgan. Ammo riyoziy uslubda ifodalangan bo`dlar doim ham mutloq birlik bo`lavermasligini e’tirof etish lozim. Bu fikr Abdurahmon Jomiyning "Risolayi musiqiy"sida ravshan bayon etilgan: "Shuni bilmoq kerakki, vujudga keltirilgan bu taqsimot emas, balki taqribdir. Zotan, sohibi amal barmoqi bu: past yoki baland qo`yilsa, nag`ma eshitilishida sezilarli farq bo`lmaydi. Xuddi shuningdek, agar bu taqsimda andak tafovutlar bo`lsa, anikugik nuqtai nazaridan muhokama, ta’na va e’tirozlar o`rinsizdir.

Intervallar nazariyasi o`tmishda Sharq musiqashunoslari tomonidan atroflicha o`rganib kelingan. Lekin eski musiqashunoslik tili bilan zamonaviy tushunchalar o`rtasida katta farq bor. Forobiy, Ibn Sino asarlarida bo`dlar raqam va nisbatlar vositasida ifodalangan bo`lsa, endilikda ular so`z bilan belgilangan birliklar tarzida ishlatiladi. Masalan, nazariyada zul arba’ deganda aniq maxraj miqdori (to`rtning uchga nisbati, uch kasr to`rt) tushunilgan bo`lsa, amalda u (kelishilgan) taxminan qabul qilingan tovush munosabati qilib olinadi. Shunga binoan, oldingi musiqashunoslar tomonidan har bir maqomning aniq raqamlar bilan belgilangan tovush jadvali ishlab chiqilgan. Ammo riyoziy uslubda ifodalangan bo`dlar har doim ham mutloq birlik bo`lavermasligini e’tirof etish lozim. Bu fikr Abdurahmon Jomiyning "Risolayi musiqiy"sida ravshan bayon etilgan: Shu bilan birga, o`n yetti nag`ma maxrajlarini aniqlashning bu fanda so`nggi mezoni tinglashdir.

A.Jomiyning "Musiqa risolasi" debochasida hamdu sano ruhidagi g`azal Saraxborlardan oldin usulsiz "katta ashula"ga o`xshatib aytiladigan lavhalarga aynan mos kelishligi e’tirof etildi.

A.Jomiy risolasidagi she’r mazmunan musiqiyni ulug`lash, uning iloqiy sifatlarini madx etishga qaratilgan qiska, lekin o`ta ma’noli baytlar sozandalar o`z ishiga kirishish (kuy chalish, ashula aytish)dan oldin aytadigan duolarni eslatadi va bu o`rinda Saraxborlarning ibodatomuz ruxiyatiga mos tushishi xaqidagi ma’lumotlarni berib o`tgan. Risola musiqashunoslik tarixida juda katta ahamiyatga ega.



Tayanch tushunchalar:
1.A.Jomiy - Taniqli olim va musiqachi .

2. Mavlono Jo`nayd - Jomiyning ustozi

3. «Kulliyoti Jomiy» - Jomiyning 37 asarni o`z ichiga oladi.
Nazorat savollari:
1. Jomiyning qanday asarlar yaratgan ?

2. Jomiyning XV asr madaniyati tarixidagi o`rni ?

3. Jomiy boshqa ilimlar bilan bir qatorda musiqa ilmini qaysi jixatlari bilan

Shug`ullangan ?

4. Jomiyning "Musiqa risolasi" debochasi qanday boshlangan ?

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. T.Ye.Solomonova. O`zbek musiqasi tarixi T.1981.y.

2. I.Rajabov Maqomlar masalasiga doir T.1963.y.

3. O.Matyaqubov Og`zaki an’anadagi professional musiqaga kirish T.1983.y

4. O.Matyaqubov Maqomot T.2004.y.

5. N.Shadmonov Risola-yi musiqiy T.1997.y




7- mavzu
Mavzu: Navoyi va musiqa

Dars rejasi:
1. Musiqa va sheriyat .

2. O`rta Sharq xalqlarining "islom davrigacha bo`lgan" musiqa madaniyati .

3. Abdurahmon Jomiyning "Risola-yi musiqiy" asari

4. "Ilmu advor" .
Musiqa va Sheriyat azal-azaldan egizak va bir-biriga xamkor va ilxomchi. Navoiy kabi mutafakkir nazaridan musiqa aslo chetda bo`lishi mumkin emas. Darhaqiqat.Navoiy ijodidan bahramand bo`lgan xar bir kishi bu ulug`vor xikmat olamining musiqa tarixi, nazariyasi, estetikasi, shuningdek sozlar, kuy shakllari, ijrochilik va boshqa ko`plab soxalarga oid komus ekaniga ishonch xosil qiladi. Afsuski, bu musiqa ilmi nuktai nazaridan xali yaxshi o`rganilmagan. Navoiyshunoslik borasidagi musiqaviy tadqiqotlar boshlang`ich darajadan nariga o`ta olmayapti. Navoiy asarlarining o`zbek va rus tillaridagi nashrlarida uchraydigan musiqaga oid sharxlardan kanoatlanish kiyin .Chunki bu izoxlarning askariyati Sharq xalqlarining ko`p asrlik musiqa an’analari tajribasidan yirokda. Musiqa ilmida ko`p uchraydigan Barbad kim? Barbad laxni nima degan savolga Navoiy asarlarida ko`p tarifu tavsiflar topish mumkin. Barbod afsonaviylashib ketgan sozanda, musiqashunos Axamiyati jixatdan uni yunon olamidagi Orfeyga qiyos kilish mumkin. Chunki Borbad obrazi. Orfey kabi musiqada , kamolat timsoli. Anik faktlarga murojaat kiladigan bo`lsak, Borbad-Sosoniylardan bo`lgan Xisrav Parvez /Xusrav/ soroyida xizmat qilgan musiqachi. Manbalarda bayon kilishicha, Borbad aslida Marv /kadimiy Xurosonning yirik madaniyat o`choqlaridan biri/ shaxridan bo`lgan va shunga ko`ra Borbad Marviy dega nom olgan. Bazan esa Borbad-Faxlobod, Faxliz deb yuritilgan, Xullas Borbad faqat ajoyib sozanda bo`lmasdan, umuman qadimiy musiqa madaniyati timsoli sifatida gavdalanadi.

"Borbad laxni" atamasidagi, "laxn" so`zi-kuy, musiqa ma’nosini anglatadi. Demak Navoiy Borbad kuyi deyapti. Bu atama O`rta Sharq xalqlarining kadimiy yani "islom davrigacha bo`lgan" musiqasiga xos ifodadir. Bu o`rinda azaldan xusravoniy navo, parda, rox va boshqa iboralar ham ishlatilgan.

Afsuski bevosita ushbu davrga yani islom dini kirib kelguniga kadar davrga tegishli musiqa risolalari bizgacha yetib kelmagan. Lekin keyingi asrlarda yozilgan tarixiy va adabiy kitoblarda. Borbad laxni xakidagi tafsilotlar ko`p uchraydi. Xozirgi kunda esa, mazkur davr musiqa ananalariga qiziqish yanada ortayotganligi diqqatga sazovor. Bugun qadimiy musiqa misollariga bag`ishlangan qator Shark va G`arb tillarida ko`plab ilmiy tadqiqotlar chop etilmokda. O`tkazishlar shuni ko`rsatadiki, ajdodlarimiz islom dinini qabul qilingunigacha davrdagi musiqa namunalari "keyinchalik u "makomat" deb nom olgan" asrlar davomida sayqal topdi. Bu sistemaning asosini 7 xusravoniy navo (mukammal "shaxona kuylar") 30 laxn, 360 doston /ovoz yoki parda deb ham atalgan/ tashkil qilgan. Xar bir kuyning maxsus simvolikasi va shunga yarasha nomi bo`lgan. Masalan, 7, 30, 360 sonlarida kosmologik karashlarning tasiri sezilib turadi. Xaftaning 6, oyning 30-yilning 360 /oy-kamar kalendari bo`yicha/ kuni, majoziy musiqiy ifoda xisoblangan.

Baytdagi "Shabdiz" va "Ganji bod ovard" mazkur 30 laxn jumlasidandir. Shu o`rinda Sharkda, jumladan,O`rta Osiyo xalqlari orasida mashxur bo`lgan "Bog`i Shirin", "Kini Siyovush", "Navro`z", "Mexrgon" va boshqa kuylarning ham nomini aytib o`tish mumkin. Bu asarlarning oxang xususiyatlari badiiy so`z vositasida ifodalangan tariflar ham bo`lsan. Bunday rivoyatlarning ko`plari avloddan-avlodga o`tib yurgan Shabdiz /qora ot/ xikoyasining variantlari xozir рam uchraydi. Xorazmda, Koradali /kora yo`rg`a/ degan kuy va unga tegishli rivoyat muvjud» Rivoyatni sanatkor Nurmuhammad Boltayev quyidagicha ta’riflaganlar. Shoxning sevimli qora oti kunlardan bir kuni kasalga chalinib koladi. Alamiga chiday olmagan shox o`zini ovutish uchun safarga chiqib ketadi va otning ahvolidan tez-tez darak berib turishni tayinlaydi. Bu holda kimki noxush xabar keltirsa, jazoga mahkum bo`lishi anik. Nihoyat, ot o`ladi. Shunda xabarni shoxga yetkazishga xech kimning yuragi betamaydi. Shunda, donishmandlar kengashib, habarni sozandaga topshirgan makul, deb topadilar. Sozandani shox oldiga yo`llashadi. Bazm avjiga chiqqanda u kuy chala boshlaydi. Ot yo`rg`alashi, uning go`zalligi tasvirlanayotgan musiqa hammani rom etada. Kuy avjida shunday nolalar yangraydiki, Shox ot o`ldimi deb faryod kilib yuboradi.

"Ganji bod ovard" va boshqa kuylarning ham o`ziga yarasha tafsiflari mavjud. Albatta, "Shabdiz" va "Ganji bod orard" bilan faqat musiqaga ishora qilinayotgani shubhasiz.

Demak, yuqorida keltirilgan misralarda shoxona bazm kuylarining o`ziga xos musiqiy "repertuari"-"Shabdiz" ("Ganji bod ovard" qo`shiqlari "orbad kuylari", dostonlar tilga olinadi.

Navoiy asarlarida tasodifiy ishlatilgan so`zlarni topish qiyin. "Borbad laxni" orqali shoir gap qadimiy, yani Sosoniylar davriga oid musiqaviy ananalar haqida borayotganini takidlamoqchi. Agar mavzu o`z zomoniga oid bo`lsa, Navoiy bu o`rinda, deylik "parda", "doira" kabi so`zlarni qo`llashi mumkin. To`g`ri maqom iborasi qlassik kuylar ifodasi sifatida ishatilmagan. Ko`rinib turibdiki, Navoiy davrida "Ilmu advor", "Fanni musiqiy", musiqashunoslik tarmog`i va ko`lamini anglatadi. Ya’ni ,sinoatu musiqa (ilm va san’at) xali bir-biridan ajralmagan mushtarak tushincha bo`lgan. Musiqa san’ati (fani) amaliy va nazariy tarmoqlarga ajratilgan. Amaliy qismda ijrochilik kuy yaratishga oid masalalar aks ettirilgan. Nazariy qismda esa musiqaning kichik parchasi-tovushdan tortib, butun kuygacha ilmiy tarif berilgan.

"Ilmu advor" esa ana shu umumiy fanning yetakchi soxasi. Sharq ananaviy musiqasining ikki asosiy mezoni-kuy /oxang/ va ritm /vazn/ bo`lgan. Ularning xar biri murakkab tarkibga ega. Kuy-tovush, nag`ma /past-balandligi chegaralangan tovush/, bu’d /nag`malar oralig`i/, jins /kuy jumlasi, bu’dlar birikmasi /ja’m/ jinslar majmuasi/ dan iborat. Ushshok, Xijoz, Rost, Busalik deganda ham ana shu unsurlar tushiniladi. Ritm esa naqr /vakt o`lchovining eng kichik birligi bu-az-zamoni avval" deb ham atalgan/, /iqo’/ ritm, vakt o`lchovlariniig munosabati /davr/ ritmik tuzilmalarning umumiy nomi /usul/ davrlarning muayyan turini o`z ichiga oladi. Ramal, Dazaj Moxuriy, Saqil, Xafif-qadimiy usullar katoriga kiradi. Shuning uchun ham musiqa asari kuy va usul nomi bilan qo`shib aytilgan: Rost talqini. Ushshok nasri va xakozo.

Mantiqan tugal kuy va usul tuzilmalari musiqa risolalarida aylana shaklida keltirilib, davr /ko`pligi-avdor/ yoki jyns / ko`pligi ajnos/ deb yuritilgan. "Ilmu advor", umuman, kuy va usullar xaqidagi ilmdir.

Navoiy risolalarida musiqaga oid yuzlab so`zlar ishlatilgan. Ular faqat musiqa ilmi doirasi, bilan cheklanmiydi. "Navo", "parda", "tor" nag`ma", "doira" atamalari yana ko`p manolar anglatadi. Shuning uchun iboralardagi musiqani anglatgan ifodani bo`rttirib ham, susaytirib ham bo`lmaydi. Ammo, musiqaga oid shunday atamalar borki, ular chukur ilmiy asosda izoxlanmasa,asar mazmunini tushinib yetish mushkul.

Sharq sheriyatida qadimdan davom etib kelayotgan sozlar mavzusini olaylik. Navoiy asarlarida rud, shohrud, barbat, ud, chang, nay, tanbur, sagona, rubob, kubiz, karnay, egri, daf, nag`ora, kus, jalojil va boshqa sozlar tilga olinadi. Navoiy asarlarining izoxlari va lug`atlari bu jixatdan birmuncha aniqliklarga muxtoj. Masalan: rud, barbat, ud so`zlarini olaylik. Rud va barbat Navoiy zamonida ishlatilgani haqida aniq malumotlar yo`k. Navoiy asarlarida ular sosoniylar davriga mansub tarixiy sozlar sifatida namoyon bo`ladi. Tariflarga ko`ra rud-dastasi kalta. torli cholg`u, barbat-o`rdaksiyna, kalta dastali soz. Keyinchalik ud deb nom olgan soz ham, umuman shunday shaklda bo`ligan.

Rud, barbat, ud-butanlay boshqa-boshqa cholg`umi yoki bir tipdagi sozlarmi? Bu savolga aniqroq javob berish uchun mavjud arxeologik. ilmiy va adabiy materiallardan atroflicha o`rganish lozim. Ud sozi eramizning boshlarida O`rta Osiyodan Xitoyda, keyinchalik esa Yevropaga tarqatilganligi xaqida aniq dalillar mavjud. Xitoyda pipa, Yevropada-lyutnya. Ispaniyada-gitara deb nomlanganligi ham ma’lum.

Bundan tashqari xozirgi ko`p sozlar o`sha paytlarda boshqacharoq ko`rinishda bo`lgan. Masalan, Chang o`tmishda arfasimon shaklda yasalgan, torlari esa ipakdan ishlangan. Changni yana bir kichikrok, simli, turi bo`lib, xofiz ovozini jarangdor qilishda o`ziga xos rezonator sifatida xizmat qilgan. Bizda, xozir, tayokchalar bilan urib chalinadigan chang ilgari santur deb atalgan. O`sha paytlarda rubob atamasi ham boshqa manoda ishlatilgan. Navoiy davrida, xozirgidan farqli o`laroq, kamon bilan chalinadigan /kubizni eslatuvchi/ cholg`u asbobi bo`lgan. Arablarda bu soz xozir ham kamon bilan chalinadi. Sozlarning qiyosiy axamiyati esa aloxida e’tiborga sazavor. Sharq klassik musiqasining og`zaki an’anaga mansubligini inobatga olganda cholg`ularning roli yanada yaqqolroq seziladi.

Musiqa qonun - qoidalari, birinchi navbatda, ana shu sozlar vositasida ifodalargan va nazariya bilan amaliyotni bog`lovchi omil deb tushinilgan. Shuning uchun o`sha davrdagi nota yozuvlari /tabu-laturalar/ faqat cholg`u sozlari asosida tuzilgan. XVIII asrda yaratilgan yozuv udga, XIX asr "Xorazm tanbur chizig`i" esa tanburga moslangan.

Bundan tashqari cholg`ular muayyan ijrochilik ananalari bilan chambarchas bog`lik. Kubiz-turk dostonchiligi, ud-dunyoviy xarakterdagi professional musiqa, nay va rubob-ko`proq diniy tasavvuf kuylar ramzi bo`lib kelgan. Shashmaqomda esa tanbur yetakchi soz bo`lib gavdalanadi. "Shashmaqomning kaliti tanburda" iborasi bejiz aytilmagan. Sozlarni o`rganishda ularning ananalarga bog`lik tomonlarini inobatga olmasdan ilojimiz yo`q. Sozlarning simvolikasi, ko`pincha, shu ananalardan kelib chikadi. Cholg`u asboblarining majoziy manolari tavsifi, ayniksa, "|Lison uttayr" asarida keng o`rin olgan. Bu murakkab mavzu alohida tadbiq etishni talab qiladi.

Navoiy asarlaridan Xuroson va Movaraunnaxr xalqlari musiqiy merosiga oid shakl va janrlar haqida ham qimmatli malumotlar topish mumkin. Tarona, g`azal, kavl, naksh, suvora, savt, kor, amal, peshrav, rexta, miyatayn, samo, navxa, changa, qo`shiq, tuyuk va boshqa janrlar xaqida malumotlar o`z davrining musiqa muxitini tushinishda muxim omildir.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa