Plazma yordamida payvandlashda
juda yuqori temperatura (10.000-20.000
°S) ga ega bo‘lgan plazma yoy ustuni orqali gazlar (azot, argon, vodorod,
geliy va boshqalar) ni o‘tkazish paytida maxsus plazmotronlarda hosil qilinib,
undan har xil metatlarni payvandlab biriktirishda yoki kesishda, naplavka kilishda
yoki detal yuzalarini boshqa metallar bilan qoplashda foydalaniladi.
Elektron-nur yordamida payvandlashda
katta energiya quvvatiga (5000-
6000°S) ega bo‘lgan elektronlar oqimidan foydalaniladi. Amalda bu usul
radioelektronika va priborsozlikda qiyin eruvchan metallar (W, Mo, Ti va
boshqalar) ni payvandlashda, shuningdek materiallarga o‘lchamli ishlov
berishda qo‘llaniladi. Bu usulning kamchiligi - jarayonning vakuum sharoitida olib
borilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |