220
Bunda elektrod, yoy va payvand vannachasi himoya gazlari I (argon, geliy,
SO2, N2 va boshqalar) oqimi bilan havodagi kislorod va azot ta’siridan himoyalangan
bo‘ladi. Argon-yoy payvandlash usuli eruvchan va erimaydigan elektrodlar bilan
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda, SO2 payvandlash esa eruvchan elektrod bilan
o‘zgarmas tokda bajariladi. Bu usullarning qoplamali elektrod bilan va flyus
ostida payvandlash usullariga qaraganda bir qator afzalliklari mavjud (havo
ta’siridan yuqori darajada himoyalanish, jarayonni turli fazoviy holatlarda
bajarish mumkinligi va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: