O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi 205- guruh talabasi Saliyev Sardorbekning Tarixiy o’lkashunoslik fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu



Download 167,48 Kb.
bet16/27
Sana13.05.2023
Hajmi167,48 Kb.
#938345
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

Yo`g`otepa — Samarqand viloyat Ishtixon rayonidagi qishloq. Toshkent yaqinida ham Yo`g`ontepa degan joy bor (yo`g`on — katta, semiz, ulkan demakdir; ingichka nomli joylar ham bor). Yo`g`ontepa — katta tepa degan ma`noni anglatadi.
Xorazm so`zining kelib chiqishi shunday talqin qilinadi. Rivoyatlarga ko`ra, podsho o`zining to`rt yuz askaridan g`azablanib, ularni odamsiz cho`lga chiqarib tashlashni buyurgan. Podshoning farmoni bajarilgan. Oradan bir necha yil o`tgach, podsho ulardan xabar olishni buyurgan, Podshoning odamlari ularning tirik ekanligi haqida xabar keltirgan. Quvg`in qilinganlar «xor» va «razm» bilan hayotkechirgan emish. SHuning uchun podsho bu erni Xorazm deb atashni buyurgan va Xorazm elati shunday paydo bo`lgan emish.
Har bir joy nomining o`z tarixi bor. Ular xalq hayotining turli tomonlarini o`zlarida aks ettiradilar. Nomlar ko`pincha shu hududda yashagan ma`lum xalq hayoti, yashash sharoiti bilan bog`liq holda sodir bo`ladi. Xorazm nomini tekshirgan S. P. Tolstov toponim shu hududda yashagan xvarri kabilasining nomi bilan bog`liqligini, ya`ni xvarri — er, «xvarri qabilasining eri» ekanligini aytadi.7 Qadimda Xorazm nomi ostida Amudaryoning quyi oqimi tushunilgan. Bu voha O`rta Osiyodagi eng ko`hna o`lkalardan biridir. Xorazm haqidagi dastlabki ma`lumotlarni «Avesto»da uchratamiz. Bu nom yunonlarda Xorazmiya yoki «Uvarezmeta», «Avesto»da Gairizao shaklida uchraydi. Arab mualliflari — Xuvorezm, Xitoy manbalari Xoli — si mi — kiya deb tilga oladilar. Bu so`zning kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ulardan ba`zilarida Xorazm «pasttekislik», «yomon er», «xur zamin», «quyoshli er», «hosildor er», «boquvchi er» shaklida izohlanadi. Umuman hamma tadqiqotchilar nomning ikkinchi qismi «zem», «zm»ni «er», «zamin» so`zi bilan bog`laydi. S. P. Tolstov Xorazm so`zini Xvari yoki Hurrit etnonimi bilan aloqador deb hisoblab, «Xvarri eri» shaklida izohlaydi. Akademik YA. G`. G`ulomov o`zining «Xorazmning sug`orilishi tarixi» nomli kapital asarida («Fan» nashriyoti, 1956 yil Toshkent) S. P. Tolstovning yuqoridagi fikrini to`la ma`qullaydi.Xorazm Amudaryo bilan Qoraqum o`rtasidagi serhosil, go`zal voha. Xorazm qadimiy o`lka, ko`hna madaniyatga ega. «Xor» degani qadimgi sug`d tilida «quyosh», «azm» — «O`lka»; ya`ni Xorazm — quyoshli o`lka degan ma`noni anglatadi.8 Xorazmning paydo bo`lishi to`g`risida bundan boshqa rivoyatlar, afsonalar ham borl Chindan ham Xorazmni quyoshli o`lka deyish mumkin, chunki Xorazmda yilning ko`p fasllarida quyosh o`z yog`dusini sochib turadi.Xiva — Xorazm viloyatining ikkinchi markaziy shahri, Xiva xonligining sobiq poytaxti bo`lgan. Xiva Amudaryoning so`l sohilidagi Polvon arig`i bo`yida, Urganchdan janubi-g`arbga tomon 32 km narida joylashgan. Shaharning paydo bo`lishi haqida ko`pgina afsona va rivoyatlar bor. Bu afsonalardan birida aytilishicha, Xivaga Nuh payg`ambarning o`g`li Som asos solgan emish. O`z qabiladoshlari bilan ko`chib yurib, deb hikoya qilinadi afsonada, Som bu joyga kelib qoladi. U tushida qum tepalari ustida ko`plab mash`allar yonib turganini ko`radi. Uyqudan uyg`ongach, u tevarak-atrofdan tuproq surib kelib, shahdr o`rnini belgilab ketadi. Ikkinchi marta u bu erga kelib devor ko`taradi, qal`aning g`arbiy tomonidan quduq qazdirib, bu joyni Xiyvak deb ataydi. Bo`lg`usi shahar Xiva nomi ana shundan kelib chiqqan emish. Afsona afsonaligicha qolaveradi. Lekin odamlarning birinchi o`rnashgan eri xonlikning bo`lg`usi poytaxti bo`lganligini, u quduq bilan haqiqatan ham bog`liq ekanligini to`la asos bilan aytish mumkin. Bu quduq yonida O`rta Osiyoning buyuk suvsiz cho`llarini kesib o`tgan karvon yo`li bo`lgan. Qal`a devorlaridan uncha olis bo`lmagan erda, Ichan qal`aning shimoli-g`arbiy qismida shu kunlarda ham Xiyvak qudug`i bor. Quduqning toshdan ishlangan devorlari uning qadimiyligidan dalolat beradi. Hozir ham uch qavat qilib terilgan toshlarni ko`rish mumkin. Ostki — eng qadimgi qismi tsilindr shaklida, keyingi qismi to`rtburchak va nihoyat yuqori qismi sakkizburchak shaklidadir. Qachonlardir quduq gumbaz bilan berkitilgan bo`lib uning qoldiqlari quduq atrofida tosh poydevor ko`rinishida saqlanib qolgan. Xiva birinchi marta X asrda Xorazm davlati tarkibiga kiruvchi shahar sifatida arab geograflarining asarlarida tilga olinadi.Arxeologiyagaoidtekshirishlar shaharning VI — VII asrlarga tegishli ekanligini ko`rsatadi.
Darhaqiqat, Xiva so`zining etimologiyasi Xiyvak, ya`ni quduq so`ziga yaqin, chunki suvsiz joiga quduqlar qazilgan bo`lsa kerak. Hozirgi kunda ham quduqni ayrim Xorazm dialektikasida Xivak deb atashadi. Xiva shahri va uning etimologiyasi haqidagi yangi ma`lumotlar B. A. Ahmedovning «O`zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnalining 1982 yil 9- sonida «Xiva haqida yangi ma`lumotlar» deb nomlangan maqolasida daliliy ma`lumotlar bor
Gurlan — Gurlan so`zining asl ma`nosi hali ma`lum emas. Bu so`zning kelib chiqishi haqida bir rivoyatda shunday deyiladi: bir vaqtlar bu hududga ko`r chol bilan cho`loq kampir ko`chib kelishibdi. Ular juda mohir hunarmand ekanlar. Ular tuzatgan narsalarini bozorga olib chiqib sotar ekanlar. Bozorda hech kimning narsasi o`tmasa ham ularniki bemalol sotilaverarkan. SHunda odamlar ikkalalarida biron sir bor, deb ularning atrofiga kelib joylasha boshlabdilar. O`sha hududni esa «ko`r va lang» deb atay boshlabdilar. Vaqtlar o`tishi bilan bu so`z o`zlashtirilib «Gurlan» bo`lib ketibdi. Xorazm lahjasida k — tovushi ko`pincha «g» shaklida ishlatiladi. Shuning uchun «ko`r» so`zi «gur» shaklida ishlatilib «gurlan» bo`lib ishlatilib kelinmoqda Hozir ham shu nom bilan yuritiladi. Yana bir manbada — «Qadimgi mualliflar O`rta Osiyo haqida» degan kitobda aytishlaricha, qadimgi yunon tarixchisi Gerodot Xorazm haqida ko`p ma`lumotlar yozib qoldirgan. Gerodotning yozishicha, xorazmliklar, girkaniyaliklar, parfiyaliklar bilan bir-biriga yaqin joyda istiqomat qilganlar. YUnon tarixchisi tilga olgan «girkaniya» so`zi qadimgi turkiy yozuvlaridagi «Kurikan» qabilasining nomi bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularning asrlar davomida fonetik o`zgarishidan «Gurlan» varianti kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin. Ammo bundan Gurlandagi aholining nomi girkanlardan kelib chiqqan ekan, degan xulosaga kelib bo`lmaydi. Kichik bir ovulning nomi ham yoki oila boshlig`i yoki uning bir a`zosi nomi toponimikada asos bo’lishi mumkin.

Download 167,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish