O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi 205- guruh talabasi Saliyev Sardorbekning Tarixiy o’lkashunoslik fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu



Download 167,48 Kb.
bet13/27
Sana13.05.2023
Hajmi167,48 Kb.
#938345
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

So`g`d, So`g`diyona — Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o`z ichiga olgan tarixiy o`lka, «so`g`d» so`zi umumeron tillariga xos «sux» so`zidan olingan bo`lib, «yaltiramoq», «yonmoq», «nur sochmoq» degan ma`noni bildiradi.3 «Giyos al-lug`at» va boshqa qadimiy lug`atlarda suv to`planib qoladigan pasttekislik «so`g`d» deyiladi. Sharqshunos V. L. Vyatkin keltirgan ma`lumotlarga qaraganda maxalliy xalq sug`oriladigan, unumdor pastlik erlarni «sug`ud» deb atagan. Tarixchi olima O. I. Smirnova «Katalog monet s gorodisha Pendjikent» degan asarida sug`ud so`zi tojikcha «so`g`ud», ya`ni «sersuv obod joy» ma`nosini bildiradi, deydi.4
Po`latchi — Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on rayonidagi qishloq nomi. Po`latchi degan urug` bo`lgan, qishloq o`sha nomdan kelib chiqqan.
Sanjarfag`on — Urta asrlarda Samarqand yaqinida qurilgan qishloq. bu nom ikki qismdan iborat: sangarama — «monastir’» va fag`an «ibodatxona»5
Saronan — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq nomi. Tojikcha sarona jon boshidan olinadigan soliq. Saronon (saronagan) soliqlar, saron so`zining «harbiylar», «sarkardalar» degan ma`nosi ham bor. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
Sebiston — Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. Tojikcha seb — olma, Sebiston — olmazor. Toshkent shahrida Sebzor toponimi ham bor.
Suluvqo`rg`on — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq. «Suluv» so`zi toponimlar tarkibida ko`proq uchraydi. Masalan, Jizzax viloyati Zomin rayonida Suluvjo`na degan joy bor (jo`na — uzunasiga cho`zilgan tepalik), chiroyli tepalik degan ma`noni anglatadi. Qadimgi chiroyli qilib qurilgan qo`rg`onni suluvqo`rg`on deb atashgan. Shu qishloq o`rnida VI asrda qurilgan qo`rg`on qoldiqlari topilgan.
Nog`oraxona — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq. Saroylarda musiqa asboblari (nog`ora, karnay, surnay) saqlanadigan va shu asboblarning ijrochilariga mo`ljallangan maxsus joy nog`oraxona (nakkoraxona) deyilgan. Saxnaga o`xshagan bir tomoni ochiq xonada maqomlar, har xil kuylar ijro etilgan. Qishloqdan nog`orachilar ko`p chiqqanligidan qishloq shu nomni olgan bo`lishi mumkin.
Ovxona — Samarqand viloyat Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. «Ov» qilinadigan joy yoki «suv ombori» (obxona) ma`nosida bo`lsa kerak. Obxona — ovxona bo`lib buzilib ketgan bo`lishi mumkin. Aslida suv ombori ma`nosi haqiqatga yaqin.
Orlot — Samarqand viloyat Ishtixon, Nurota rayonlaridagi qishloqlar nomi. Orlot — Chingizxon o`z o`g`li Chig`atoyga taqdim etgan to`rtta Mo`g`ul qabilasidan biridir. Bu qabila hozirgi Afg`onistonning shimoliy qismiga o`rnashib qolgan. Movarounnahrda orlotlar kam bo`lsa ham nufuzli qabilalardan hisoblangan, deb ta`kidlaydi o`zining «Ocherklari»da B. X. Karmisheva. Orlot qabilasi 92 bovli o`zbek «qavmlari» qatorida ko`plab tarixiy manbalarda tilga olingan. Qabila pilot, olot shakllarda ham talaffuz qilingan. Buxoro viloyati Qorako`l rayonidagi Olot qishlog`i ham o`sha etnonimdan olingan.
Oytamg`ali — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq. Oqdaryo, Payariq rayonlarida, Jizzax viloyatining Forish rayonida Oytamg`ali, do`rmon, qipchoq, kurma, qo`ng`irot kabi o`zbek qabilalari tarkibiga kirgan urug`lar bor. Ulug` tamg`asi yangi oy (taqa) shaklida bo`lgan uchun Oytamg`ali deb atalgan. Qishloq ham shu nom bilan atalgan.

Download 167,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish