O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi 205- guruh talabasi Saliyev Sardorbekning Tarixiy o’lkashunoslik fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Boyqut — Samarqand viloyati Narpay rayonida boyqut degan urug` bor. Qishloq o`z nomini shu urug` nomidan olgan. Boldir



Download 167,48 Kb.
bet11/27
Sana13.05.2023
Hajmi167,48 Kb.
#938345
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

Boyqut — Samarqand viloyati Narpay rayonida boyqut degan urug` bor. Qishloq o`z nomini shu urug` nomidan olgan.
Boldir — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq, Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida ham shunday qishloq bor. Boldirdo`ng, tumshuq. Boldir degan etnonim ham bo`lsa kerak. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
Bolg`ali — Samarqand viloyati Bulung`ur, Narpay, Oqdaryo, Pastdarg`om, Paxtakor, Xatirchi rayonlaridagi qishloqlarning nomi. Sirdaryo viloyati Zomin, Forish, G`allaorol rayonlarida ham shu nom bilan ataluvchi qishloqlar mavjud. Qo`ng`irot, qoraxitoy, yuz qabilalari tarkibidagi urug`lardan biri tamg`asi bolg`a shaklida bo`lganidan bolg`ali deb atalgan. Bolg`a, bolg`ali urug`i boshqird, qozoq va boshqa turkiy xalqlar tarkibida ham tilga olinadi.
Chelak — Samarqand viloyati Payariq rayonida joy-lashgan qishloq. Toshkent viloyati Bekobod rayonida ham shunday qishloq bor. Chelak, to`g`risi, chelakli urug`i bo`lgan. Masalan, do`rman qabilasining bir shoxobchasi ko`kchelak deb atalgan. Payariq rayonida Oqchelak degan qishloq bor. Urgut nomlari ko`pincha juft-juft bo`lgan: oq mang`it, qora mang`it, oq qo`yli, qora qo`yli, oq nayman, qora nayman va hokazo. Demak chelak urug`i oq chelak, ko`k chelakka bo`lingan. Ko`rinib turibdiki, mazkur qishloqning nomi urug` nomidan olingan. Hozir ham shu nom bilan yuritiladi.
Ulus — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq. Ulus so`zining xalq, yurt ma`nolari ham bor: har ulus necha ela va har el necha uymog`a va har uymo haymoq (necha bo`ya) bo`y va urug`ga taqsim qilinur, deb ta`kidlanadi Muhammad an-Narshaxiy asarida. Bu so`zlarning ma`nosidan qat`i nazar, qanjig`ali va qo`shtamg`ali urug`larning bir qismi, dahasi ulus deb atalgan, qishloq shu nomdan olingan.
Xilboshi — Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. «Xil» so`zining bir necha ma`nosi bor: nav, tur, zot va hokazo. Bu so`z avlod, toifa, urug`, irsiyat ma`nolarida ham qo`llaniladi. Masalan, qabristonda bir ajdoddan tarqalgan kishilar dafn qilinadigan joy xilxona deyiladi. Tojik, fors, pushtu (afg`on) tillaridan xil so`zi xel shaklida talaffuz qilinadi. Xilboshi yoki Xeylboshi bo`lishi ham mumkin, chunki Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asarida ham bu so`z Xeylboshi sifatida yozilgan bo`lib, avlodning boshi, urug` boshlig`i demakdir. Qishloq nomi shu so`zdan kelib chiqqan.

Download 167,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish