O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti



Download 485,5 Kb.
bet6/7
Sana23.07.2022
Hajmi485,5 Kb.
#844406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Geosiyosat atamasi asoschilari

«Buyuk o’yin» («Great game») kontseptsiyasi xalqaro munosabatlar tarixida ikki bosqich yoki ikki to’lqindan iborat. Kontseptsiya ob’ekti Markaziy Osiyo mintaqasi, predmeti esa mazkur mintaqadagi siyosiy jarayonlar. Kontseptsiya sub’ektlari etakchi xorijiy davlatlar.
«Buyuk o’yin» kontseptsiyasi XIX asr II-yarmi va XX asr boshlarida Angliyaning Janubiy Osiyo orqali (janubdan shimol tomon) va Rossiyaning shimoldan Markaziy Osiyo mintaqasini bosib olish uchun olib borgan harbiy-diplomatik munosabatlari asnosida shakllangan. Xalqaro munosabatlar tarixida bu «Buyuk o’yin» kontseptsiyasining birinchi to’lqini nomini olgan.
Kontseptsiyaning ikkinchi to’lqini XX asr oxirida yangi mustaqil davlatlar – Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’istonni o’z nazoratiga olish istagi bilan Turkiya va Eron davlatlari tashabbuskorligida shakllandi. Keyinchalik bu ikki davlat qatoriga AQSh, Pokiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston va boshqa etakchi davlatlar ham qo’shildi. Ba’zan mutaxassislar o’rtasida kontseptsiya ikkinchi to’lqini «New Great game» -«Yangi buyuk o’yin» kontseptsiyasi deb ham qo’llanilmoqda.
X.Makkinder I-jahon urushidan keyin 1919 yil e’lon qilgan ikkinchi essesi («Demokratik ideallar va reallik») bilan geosiyosiy qarashlarini yanada takomillashtiradi. Ikkinchi esseda Evropa, Osiyo va Afrika mintaqalarini "jahon oroli", Evrosiyoning XVI asrdan beri evropaliklar nazoratida bo’lgan qirg’oqbo’yi hududlariga nisbatan "jahon orolining burunlari" degan geografik atamalarni qo’llagan. Shu bilan birgalikda Evrosiyoning "markazi" atamasi o’rniga u "Heartland"-"Asosiy o’lka" tushunchasini ilgari surgan.17
Shu o’rinda aytish joizki, "Heartland" nazariyasi 1904 yil X.Makkinder tomonidan «Tarixning geografik o’zagi»" asarida ishlab chiqilgan. Biroq olim bu asarida «xartlend» atamasini qo’llamagan. «Xartlend» atamasi 1915 yil ingliz geografi J.Feygriv tomonidan ilmiy doiraga kiritilgan. X.Makkinder asarlarini o’rganish asnosida Dj.Feygrivda aynan shunday g’oya tug’ilgan. Bu esa yuqorida aytganimizdek, X.Makkinderning ikkinchi essesida o’z ifodasini topgan.
"Asosiy o’lka" geografik jihatdan juda katta kenglik bo’lib, Shimoliy Muz okeanidan to Osiyoga yo’nalgan hududlarni, Germaniya va butun g’arbiy va Shimoliy Evropadan sharqqa Tinch okeanigacha o’zangan makonni qamrab oladi. Bundan tashqari, olim yana bir yangi yondashuv - Adriatikadan (Venetsiyadan sharqda) to Shimoliy dengiz (sharqiy Niderlandiya)ga vertikal chizma tortib Evropani ikkiga - Xartlend va Kauslend (qirg’oqbo’yi erlari)ga bo’ladi. Sharqiy Evropa esa bu ikki kenglik o’rtasida nobarqaror hudud sifatida namoyon bo’ladi.18 Bundan foydalangan Germaniya esa slavyanlarni o’ziga bo’ysindirishga intiladi (Vena va Berlin shaharlari o’rta asrlarda slavyan xalqlariga tegishli bo’lgan, Elba daryosi slavyanlar bilan noslavyanlar o’rtasida tabiiy chegara vazifasini o’tagan).
X.Makkinder shular asosida Sharqiy Evropaning jahon siyosatini nazorat qilish uchun kurashlardagi o’rniga e’tibor berib quyidagi asosiy xulosaga keladi, ya’ni:
"Kim Sharqiy Evropani nazorat qilsa, butun "Heartland"ga hokimlik qiladi. Agar kim "Heartland"ni boshqarsa, butun Jahon oroliga hokimlik qiladi. Bundan kelib chiqadiki, kim Jahon orolini boshqarsa, butun dunyoga hokimlik qiladi".19
X.Makkinder ilgari surgan g’oya shundan iborat ediki, vaqti kelib jahon siyosati va tarixida Evrosiyoning ichki kengliklari asosiy o’rinni egallaydi hamda dunyoga hokimlik qilishga da’vogar davlat albatta o’sha kengliklarni ham o’z izmiga olishi lozim. Shundagina uning strategik maqsadlari amaliyotda vojib bo’ladi.
X.Makkinder uchun "Heartland" - bu Rossiya va Germaniya, ularning ashaddiy dushmani esa Buyuk Britaniya. E.A.Pozdnyakov ta’kidlaganidek, kontseptsiya "Heartlend"da kuchlarning birlashishiga imkon bermasdan, kuchsiziga yordam berish hisobiga uni kuchliga ro’baro’ qilishni yoqlaydi.20 Shunday ekan, ingliz professorining fikricha, dunyo hamisha ikki tomonga yo’naltirilgan yoki o’sha tomonlarni ma’qullovchi qutblarga bo’lingan. Jahonda an’anaviy qonuniyatga tayanib asosiy kuch markazlari o’zgarib turishi mumkin, ammo jahon davlatchiligi amaliyotida konflikt va konfrantatsiyalar doimiy bo’lib qolaveradi.
X.Makkinder ilgari surgan g’oyalar o’tgan yuz yil maboynida vaziyatdan kelib chiqib, ba’zi bir davlatlar tashqi siyosatining olib borilishida ma’lum darajada qo’l kelgan bo’lsa, ba’zilar tomonidan faqat nazariy fikrlar sifatida qaraldi. Ba’zan uning qarashlariga keng jamoatchilik o’rtasidagi bahslarda yo mafkuraviy, yo geosiyosiy yoki shunchaki ilmiy-nazariy bir ta’limot sifatida baho berilib kelinmoqda. Kontseptsiyaga nisbatan qanday baholar berilmasin, bizningcha, uning asl maqsadi bir omilga - "Heratland"ning Sovet Ittifoqi nazoratiga tushib qolmasligi va davlatning jahon oroli ustidan "hokimligi"ga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan edi.
X.Makkinderning geosiyosiy nazariyasi ko’plab davlatlar tomonidan geostrategik maqsadlarga erishishlarida amaliyotga tadbiq etildi. Uning ma’lum bir mintaqalar va jahon siyosiy maydoniga nisbatan chizgan bir qator geografik xaritalari Versal munozaralarida inobatga olingan. Masalan, Sharqiy Evropani bufer makon qilib tasvirlashi va markaziy-sharqiy SSSR hududlarini geosiyosiy "Lenaland" (Lena daryosiga qiyos qilib) deb mikromintaqalarga ajratib ko’rsatgan xaritalarini eslashimiz mumkin.21
Bulardan tashqari, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri lord Kerzonning Sharqiy Evropadagi oraliq davlatlar hisobiga "quruqlikka oid" Rossiyaning "dengiz bo’yi" Evropaga ta’sirini o’tkazmasligi uchun olib borgan siyosatlariga yoki quruqlikka oid davlatlar bilan dengizga tutash davlatlar o’rtasida davom etib kelayotgan dixotomiya (ikkiga bo’linish) Rossiyadagi 1917 yilgi revolyutsiyadan keyin bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi bilan mafkuraviy tus olganligi va boshqa shu kabi tarixiy voqealarning o’ziyoq nafaqat X.Makkinder, balki XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi geosiyosiy kontseptsiyalarning amaliy jihatdan siyosiy munosabatlarda keng qo’llanilganligini ko’rsatadi.
Undan tashqari, XX asr boshlarida ingliz geosiyosiy maktabi vakillari qarashlarining ustuvorligiga qaramasdan, "dengizga oid" davlatlar (asosan Buyuk Britaniya)ni, aniqrog’i, aynan Makkinder nomi bilan bog’liq Heartland nazariyasi orqasida Evrosiyoda Rossiya yoki Germaniyaning hukmron bo’lishi borasidagi mulohazalar cho’chitardi. Uning ustiga sotsializmning mafkura sifatida Evrosiyoning asosiy maydonida (Rossiyada) yuzaga kelishi va "dengizga oid" Evropaning ham ikkiga - qirg’oqbo’yi davlatlari va "yarim quruqlikka oid" Germaniyaga ajralishi Evropa mintaqasining o’zida qarama-qarshiliklarni yuzaga chiqardi.
"Dengizga oid" va "quruqlikka oid" davlatlar o’rtasida yakkalanib qolgan Germaniya hukmron doiralari bunday "oraliq"dan chiqib ketish yo’llarini geosiyosiy ta’limotlardan izlab, avvalo uni nemis milliy mafkurasi bilan bog’ladi. Shuningdek, nemis milliy mafkurasini amaliyotga tadbiq etish oldidan bajarilishi lozim bo’lgan mafkuraning nazariy asoslarini yaratish masalasiga katta e’tibor berdi. Nemis hukumron doiralarining milliy mafkuraga millatchilik shukuhini yo’g’rishi, ma’lum darajada (to’liq emas, albatta) nemis geosiyosiy maktabi vakillari ijodiga ham ta’sir qilgan.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki yangi davrga kelib ya’ni XX asrda geosiyosat fani vujudga keldi va rivojlandi. Yangi fanning asoschilari yetishib chiqdi bular geosiyosat fanida izlanishlar olib bordilar va katta yutuqlarga erishdilar
Uzoq yillar davomida geosiyosat asoslarida hal etuvchi omil metropoliyaning geografik makonda kengayib borishi asosiy ahamiyat kasb etib kelgan edi. Vaqt o’tishi bilan bu omil o’z ahamiyatini davlatlar o’rtasidagi hamkorlikka, tenglikka asoslangan o’zaro hamkorlikka asoslangan munosabatlarga bo’shatib bera boshladi.
Gеоsiyosiy tа`limоtning mumtоz tаdqiqоtlаrigа nаzаr tаshlаnsа еr yuzidаgi strаtеgik rаqоbаt аsоs e`tibоri bilаn Еrvооsiyo qit`аsining qirg’оq hududlаridаn uning mаrkаziy hududini egаllаshgа qаrаtilgаn.



Download 485,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish