O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti



Download 485,5 Kb.
bet5/7
Sana23.07.2022
Hajmi485,5 Kb.
#844406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Geosiyosat atamasi asoschilari

Xelford Makkinder
X.Makkinder 1861 yil Angliyaning Geynsburg shahrida tug’ilgan. Oksford universitetida ta’lim olgan. 1887 yilda mazkur universitetda o’qituvchilik faoliyatini boshlagan. Olim 1899 yil Oksford geografiya maktabiga asos solgan.
1903 yildan 1908 yilgacha London iqtisodiyot maktabida direktorlik qilgan. 1910-1922 yillar Shotlandiya parlamenti a’zosi bo’lib, konservatorlar manfaatini himoya qilgan. X.Makkinderning siyosiy faoliyatida aynan shu davr muhim bosqich bo’lgan, ya’ni u 1919-1920 yillar Rossiyaning Janubida britan komissarligi vazifasini ham bajargan. 1922-1947 yillar esa Buyuk Britaniya imperiyasi davlat tuzilmalarida bir qancha komitetlarni boshqargan.
X.Makkinderning butun ilmiy faoliyati borliqda kechayotgan har qanday munosabatlarning o’zaro aloqadorligini aniqlash va sharhlashga bag’ishlangan. Bu jihatdan u XIX asr oxirida Buyuk Britaniyada yangicha geografik qarashlarning asoschisi bo’lgan. X.Makkinder ham F.Rattselga o’xshab siyosiy geografiyaning buyuk davlatlar – siyosiy kuchlar hayotida tutgan o’rniga katta e’tibor bergan. «Britaniya va Britan dengizlari» (1902) nomli asar X.Makkinderning turkum geosiyosiy asarlarining birinchisi hisoblanadi. Unda olim Buyuk Britaniyaning jahon geosiyosiy xaritasida tutgan o’rnini aniqlashga harakat qilgan.
X.Makkinder 1947 yil vafot etgan.
Mashhur asarlari: «Britaniya va Britan dengizlari» (1902), "Tarixning geografik o’zagi" (1904), «Demokratik ideallar va reallik» (1919), «Er sharining intihosi va dunyoning ibtidosi» (1943).
A.Mexen qarashlari ko’p jihatdan "geosiyosat" atamasi zamonaviy talqinining asoschisi bo’lgan Oksford universiteti professori va London iqtisodiy maktabi direktori Xelford Makkinderning geosiyosiy kontseptsiyalarining yuzaga kelishiga ta’sir qilgan.
X.Makkinder o’zining birinchi essesida ("Tarixning geografik o’zagi", 1904) A.Mexenning dengiz kommunikatsiyasining ahamiyati borasidagi qarashlarini yanada g’oyaviy jihatdan to’ldirdi. Uningcha, tarixning har bir davri "dengiz" va "quruqlik"ni qo’lga kiritgan (nazoratiga olgan) xalqlar o’rtasidagi doimiy konfliktdan iborat. Konfliktlarning o’chog’i jahon tarixiy voqealarining markazi bo’lgan Evrosiyodir. Mana shu makonda "buyuk Osiyo bolg’alari" dengiz xalqlari bilan kurash olib borishga shaylanadi.14
X.Makkinder birinchi essesida Evrosiyoning yuragi (markazi) deganda "cho’llar va o’rmonlar" o’zaro tutashgan Rossiyaning markaziy qismi va bugungi O’rta Osiyo mintaqasini nazarda tutadi. Mintaqani esa to’rt tomondan Evrosiyoning bir-biriga tutash 4 ta muhim davlat va mintaqalari - Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq va Evropa o’rab turadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir vaqtning o’zida bu to’rt mintaqa Evrosiyo uchun birinchi "ichki yarim oy" hisoblansa, Evrosiyo uchun ikkinchi - "tashqi yarim oy" Amerika qit’asi - Afrikaning janubi - "Avstraloosiyo" mintaqalari hisoblanadi.15
Ikki "yarim oy" bilan o’ralgan Evrosiyoni sayyoramizning markazida joylashganligini uqtirib, har bir davlat uchun geografik muhitining markazda bo’lishi eng qulay omildir, - deydi X.Makkinder. "Markaz" tushunchasi nisbiy bo’lib, har bir geografik muhitda u davlatlar uchun o’zgarib turish kayfiyatida bo’ladi. Buni esa o’sha davlatning xalqaro munosabatlardagi tutgan o’rni ko’rsatib beradi.
X.Makkinder geosiyosiy dinamika (rivojlanish sur’ati) haqida so’z yuritib, qariyib 400 yilga yaqin hukm surgan "Kolumb davri"dagi dengizga tutash - "ichki yarim oy" hududi xalqlari turmush tarzi bilan Evrosiyoning markaziy qismlaridagi xalqlar turmushini muqoyasa qiladi.
X.Makkinder dunyoning butun geosiyosiy tarixini uchta asosiy davrga ajratgan:
1. Kolumbgacha bo’lgan davr. Yirik davlatlar shakllangandan to XV asr o’rtalarigacha bo’lgan davr. Bu davrda Jahon oroli chegara hududlarida istiqomat qiluvchi xalqlar markaziy hududlarda yashovchi xalqlarning doimo bosib olishlari tahdidi ostida yashaganlar. Masalan, rimliklar. Ular uchun tahdid manbasi hamisha nemislar, xunlar, alanlar, parfiyaliklar va boshqalar bo’lib kelishgan.
2. Kolumb davri. XV asr oxiridan XX asr boshigacha bo’lgan davr. Bu davrda «ichki yarim oy»ga mansub davlatlar (qirg’oqbo’yi hududlari) hech qanday to’siqlarga uchramasdan Er sharining boshqa hududlaridagi davlatlarni o’zlariga qaram qilishga urinishgan. Mustamlakachilik siyosatlari orqasida metropoliya va koloniyalar shakllangan.
3. Kolumbdan keyingi davr. XX asr boshlaridan to hozirgi kungacha bo’lgan davr. Bu davrda bosib olinmagan yoki egallanmagan hududlar qolmagan. Mavjud tsivilizatsiyalar turmush tarzi takomillashib borishi va ular o’rtasida to’qnashuvlar. Ya’ni to’qnashuvlar asosida er munosabatlari, undan foydalanish va shu kabilar muhim vosita hisoblanadi.
Uning nazarida, Evrosiyoning qirg’oq bo’yidagi xalqlar hayoti XIX asr oxirlariga kelib susayadi. Xalqlar hayotidagi susayish o’rnini esa mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlar turmush tarzining yuksalganligi bilan izohlaydi.
Tadqiqotchi "susayish" va "yuksalish" o’rtasidagi farqni o’sha davrdagi texnologiyaning rivojlanganlik holatidan qidiradi. Ya’ni o’sha davr xalqaro munosabatlarida dengiz kommunikatsiyasi o’rniga temir yo’llarga ehtiyoj ortadi. Shu bilan Evrosiyoning "markaziy davlatlari" mintaqaning dengizga tutash - "ichki yarim oy" davlatlarini ichdan ekspansiya qilishga imkoniyatlari kengayganligini uqtiradi. Garchi XIX asr oxirlarida "Buyuk o’yin" kontseptsiyasi tashabbuskorlari bo’lmish Rossiya va Buyuk Britaniya davlatlarining xalqaro aloqalardagi (asosan Evrosiyodagi) olib borgan siyosatlari markaziy o’rinda tursada, X.Makkinder Evrosiyoning "markaziy davlati" sifatida Germaniya bo’lishi mumkin deydi.16

Download 485,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish