O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti



Download 485,5 Kb.
bet2/7
Sana23.07.2022
Hajmi485,5 Kb.
#844406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Geosiyosat atamasi asoschilari

Fridrix Rattsel ta’limoti
F.Rattsel 1844 yil Karlsrueda tug’ilgan. Yoshligidanoq unda tabiiy fanlarga qiziqish katta bo’lgan. Shuning uchun u o’qish uchun Karlsruedagi politexnika universitetini tanlagan. Mazkur universitetda bo’lajak olim geologiya, paleoontologiya va zoologiya fanlarini o’rganishga alohida e’tibor bergan.
F.Rattsel Haydelberg shahrida ta’lim olib yurgan kezlari professor Ernest Gekkel («ekologiya» atamasini birinchi bor ilmiy doirada qo’llagan olim)ga shogird bo’ladi. Olimning dunyoqarashi evolyutsionizm (evolyutsion rivojlanish haqidagi ta’limot) va darvinizmga asoslangan bo’lib, uning biologiyaga bo’lgan qiziqishlari bilan ham sug’orilgan edi.
1876 yil F.Rattsel «Xitoydagi emigratsion jarayonlar» mavzusida ilmiy ishini yoqlaydi. 1882 yil esa Shtuttgart shahrida o’zining asosiy g’oyalari – xalqlar va demografik evolyutsiyaning geografik omillar bilan bog’liqligi, mahalliy relefning xalqlar madaniy va siyosiy yuksalishiga ta’sir etishi va shu kabi boshqa mulohazalarini o’z ichiga olgan dastlabki fundamental tadqiqotlari majmuasi bo’lmish «Antropogeografiya» («Antropogeographie») asarini nashrdan chiqaradi.
Tadqiqotchi bir qator xorijiy davlatlarda bo’lib, ular turmush tarzini zimdan o’rganadi. Bu esa uning ilmiy dunyoqarashida etnologiyaga bo’lgan qiziqishni orttiradi. Agar olim 1876 yildan boshlab Myunxen texnika institutida geografiyadan dars bergan bo’lsa, 1886 yildan boshlab Layptsig universitetida talabalarga o’z fanining sirlarini o’rgatgan. F.Rattsel o’zining shoh asari bo’lmish – «Siyosiy geografiya» («Politische Geographie»)ni aynan Layptsig universitetida ishlab yurgan kezlari 1897 yilda chop etgan. F.Rattsel to umrining oxirigacha (1904) Layptsig universitetida ishlagan.
Mashhur asarlari: «Davlatlarning makoniy o’sish qonunlari» (1896); «Siyosiy geografiya» (1896); «Dengiz xalqlar qudratining omili sifatida» (1900).
Fridrix Rattselni garchi "geosiyosat" atamasini asarlarida ishlatmasa ham, birinchilardan bo’lib geosiyosiy uslubda fikr yuritganligi uchun geosiyosat fanining otasi desa bo’ladi. U o’z asarlarida siyosiy geografiyadan bahs etadi va bu boradagi asosiy ilmiy ishi ham "Politische Geographie" (1897) deb nomlanadi. Uning ta’kidlashicha, har qanday xalqning manfaatlari zamin ustida kechadi. Shu bois zaminda joylashgan ma’lum bir hududlar tarix harakatini ko’rsatuvchi bosh vosita sanaladi. Davlatlar muayyan hududlar ko’rinishida zaminda aks etadi. Zamin abadiy bo’lishi mumkin, hududlar (davlatlarning) o’zgarib turadi. "Davlatlar misoli tirik organizm" bo’lib ularning o’zagi "zaminiy asos"da bir - biri bilan tutashadi.3
Davlatlarning zaminda paydo bo’lishi uchta asosiy omil bilan bog’liq. Bular - hududiy relef, hududiy masshtab va muayyan turmush tarzga ega xalqlar. Shu asosda, ya’ni ob’ektiv geografik makon va sub’ektiv umuminsoniy qadriyatlarni o’zida aks ettirgan davlat siyosati shakllanadi. "Me’yoriy asosdagi" davlat bo’lish uchun, - deydi F.Rattsel, - avvalo davlatda geografik, demografik va etnomadaniy parametrlar o’zaro uyg’unlashmog’i kerak".4
"Davlatni qaysi jihatdan tadqiq etmaylik, baribir sub’ektiv yondashuvimiz yo’nalishi ob’ektimizning asosi - zaminga borib taqaladi. Bundan oydinlashadiki, davlatni o’rganishdagi muhim parametr - geografik nuqtai nazardan tadqiq etish ekan... Tarixdan ma’lumki, davlatlar uchun uning makoniy muhiti muhim hisoblanadi. Davlatlarni o’rganishda, ularni bir - biri bilan qiyosiy taqqoslashda, ular o’rtasidagi munosabatlarni tahlil etishda va shu kabi muammolarda geografiyaga ehtiyoj seziladi. Biroq unutmaslik kerakki, borliqda (ma’lum bir davrda mavjud bo’lgan - B.X.) davlatlar yo’q bo’lib ketib, ularning hududlarida yangi bir davlatchilik tizimi paydo bo’lishi mumkin. Bu tabiiy geografiyaning yuqori nuqtasi bo’lgan ekspansion (bosib olish) muhitining shakllanganligidan dalolat beradi", - deb yozadi F.Rattsel.5
Bunday "organitsistik"6 mulohazalardan oydinlashadiki, davlatlarning bosib olish siyosatini yurgizishlari (vaqti bilan) "davlat-tirik organizm" uchun tabiiy jarayondir.
F.Rattsel mulohazalari bo’yicha "davlat-tirik organizm"ning shakllanishi kichik siyosiy tuzilmalarni o’ziga singdirishi hisobiga bo’ladi. Uning chegaralari esa "davlat-tirik organizm"ning periferiya (atrofiga tutash erlar)si funktsiyasi vazifasini bajaradi.7 Davlatlar o’sish tendentsiyasining tabiiy borliq ichiga yashiringanligini ta’kidlab, davlatlararo munosabatlarni F.Rattsel faqat qarama-qarshilik, konflikt yoki harbiy to’qnashuvlar asosida qaraydi.8 Bunday munosabatlar amaliyotida "davlatning kuchsizlanishi yoki tobora zaiflashuvi uning borliq (Raum)da bemajollikni makoniy his qilishi natijasidir".9
F.Rattsel davlatlarning makoniy jihatdan o’sishining ettita printsipini ishlab chiqqan:

  • har qanday makon o’sha joyda istiqomat qilayotgan millatlar madaniyatining o’sishi bilan birgalikda kengayib boradi;

  • davlatdagi g’oyaviy birlik, savdo tarmoqlari va faol harakatlar hamda nechog’li «tortish kuchi»ga egaligi davlat qudratining o’sishiga ulushini qo’shadi;

  • davlatning o’sishi boshqa davlatlarni o’ziga qo’shib olish va bo’ysindirish evaziga bo’lishi mumkin;

  • chegara–davlat o’sish darajasining nechog’li kuchga qodir yoki qodir emasligini ko’rsatuvchi chekka sarhad hisoblanadi. Shunday ekan har bir davlatda markaz bilan chegara sarhadlari o’rtasida muntazzam aloqa bog’lanib turishi lozim. Ular o’rtasida muvozanat davlat maydonining mustahkamlik darajasini ko’rsatadi;

  • davlat o’sish asnosida muhim ahamiyatga ega bo’lgan omillar: fizik-geografik muhitga, qirg’og’iy chiziqlarga, daryolar o’zaniga, tabiiy resurslarga boy rayonlarga katta e’tibor beradi;

  • nisbatan ibtidoiy turmush tarzga ega bo’lgan davlatlarga o’sish tashqaridan, tsivilizatsiya darajasi yuqori davlatlardan keladi;

  • ijtimoiy jihatdan hududlarning doimiy o’sib borishi davlatlardan davlatlarga o’tadi va bu qonuniyat.

Agar xalqaro munosabatlar tarixiga nazar tashlasak, F.Rattsel «qonun»larining amaliyotda nechog’li aks etganligiga amin bo’lamiz. Bunga XIX asr oxirlarida jahon siyosiy xaritasida hokimiyat va boyliklarni qo’lga kiritish uchun etakchi davlatlarning harbiy-siyosiy harakatlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
F.Rattselning etnos va borliq (Raum) o’rtasidagi munosabatlarga nisbatan bildirgan fikrini "Politische Geographie"ning quyidagi fragmentida ko’rish mumkin: "Davlat Er yuzining ma’lum bir nuqtasida harakatlanayotgan organizmdir. Uning rivojlanish tavsifini u erda yashayotgan xalqlar va o’sha zaminning qanday tavsiflanishidan qidirmok kerak. Xalqning qanday turmush tarzda kun kechirishi borliqning (davlatning) geografik joylashuvi va chegaralarining qay holatdaligiga ko’proq bog’liq... Agar xalq o’z hududida o’zini yaxshi his qilsa, o’sha borliq (davlat) tavsifi ijobiydir".10
Umuman F.Rattselning geosiyosiy qarashlarida borliq (Raum) etakchi o’rinda turadi. Shuning uchun borliq uning tadqiqotlarida yangi muhim moddiy kategoriyalar bilan bog’lanadi, ya’ni "Hayotiy doira" (Lebensbereich), "Hayotiy borliq" (Lebensraum) va "geobiomuhit". Mana shu atamalarni nazariy-amaliy asoslash asosida F.Rattselning boshqa ikki muhim-"makoniy hissiyot" (Raumsinn) va "Hayotiy energiya" (Lebensenergie) degan ilmiy tushunchalari yuzaga kelgan. qayd qilingan atamalar ma’no jihatidan bir-biriga yaqin va uzviy bog’langan bo’lib, xalqlar va davlatlar tarixining geografik kenglikda siyosiy tusda namoyon bo’lishidan bahs etadi.
Ushbu kategoriyalar geosiyosatning dastlabki asosiy printsiplari bo’lib, keyinchalik o’ziga xos tarzda F.Rattselning izdoshlari tomonidan yangi ko’rinishlarda ijodiy yondashuvlar orqali davom ettirilgan. Qolaversa, F.Rattselning davlatga nisbatan uni borliqdagi "tirik organizm" sifatida bergan bahosi hozir ham geosiyosat uslubiyati ob’ektining asosiy mazmuni ekanligini va o’zining dolzarb ahamiyatga ega ekanligini yo’qotgani yo’q.
Biroq ko’pchilik tadqiqotchilar 1890 yilda F.Rattselning millatchi Karl Pitersning "Pangerman ligasi"ga a’zo bo’lganligini hamda "Hayotiy borliq" va "tabiiy chegara" nazariyalarining nemis fashistik boshqaruv doiralari (1933-1945 yillar nazarda tutilmoqda)ning ma’lum geostrategik rejalarini ishlab chiqishlarida "geografik mafkura"-mafkuraviy qurol vazifasini bajarganligini ro’kach qilib, uning geosiyosiy qarashlarini bir tomonlama baholashga harakat qilishadi. F.Rattsel o’zining millatchilikka moyilligini yashirmaydi. Ammo unutmaslik kerakki, bu qarashlari bilan u nemis imperializmini har xil yo’llar bilan olqishlashga harakat qilmagan yoki o’z tadqiqotlari asosiga butun millatchilik mafkurasini asos qilib olmagan. F.Rattsel uchun davlatlar va xalqlar tarixida va ularning borliqdagi munosabatlarini ijtimoiy jihatdan aynan bir xillikda tushunish muammosini kontseptual asosda ko’rish muhim bo’lgan. Shuning uchun ham uning ijodi nafaqat Evropa, balki boshqa mintaqalarga ham yoyilib bo’lg’usi geosiyosiy qarashlarning shakllanishlariga poydevor bo’ldi (R.Chellen, E.Sempl va b.). Qolaversa, geosiyosat hech qachon natsizm (millatchilik) mafkurasi bilan bir vaqtda emas, balki bir qadar oldinroq yuzaga kelgan.


Rudolf Chellen konsepsiyasi
R.Chellen 1864 yil tug’ilgan. Shved tadqiqotchisi 1901 yildan 1922 yilgacha dastlab Gyoteborg, keyin esa Upsalsk universitetlari professori bo’lgan. Bundan tashqari, u parlament a’zosi bo’lganligi uchun davlat siyosiy doirasida ham foal qatnashgan. Shuning uchun uning dastlabki ilmiy ishlari davlatning tarixiy va konstitutsiyaviy jihatlarini tadqiq etishga bag’ishlangan. R.Chellenning F.Rattsel bilan tanishishi uning ijodida keskin burilishlarni yasadi. R.Chellen professional geograf bo’lmasada F.Rattsel ta’sirida geosiyosatda yangicha mulohazalarni o’rtaga tashlay oldi. Shuning uchun u F.Rattselni o’zining ustozi deb bilgan.
R.Chellen geosiyosatga siyosatshunoslikning muhim bir qismi sifatida qaragan. «Buyuk kuchlar: zamonaviy katta siyosatdan ocherklar» (1914), «Davlat hayotning muhim shakli sifatida» (1916), «Siyosiy tartiblar asoslari» (1920) nomli asarlari olim ijodining asosini tashkil etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, "geosiyosat" atamasi ilmiy doirada birinchi bulib shved olimi Rudolf Chellen tomonidan ishlatilgan. R.Chellen professional geograf bo’lmagan va geosiyosatga siyosatshunoslikning muhim bir yo’nalishi sifatida qaragan. U geosiyosatga "borliqda geografik organizm sifatida mujassamlashgan davlatlar haqidagi fan" tarzida ta’rif bergan.11
R.Chellen davlatning qudratini unda mavjud bo’lgan beshta jihat bilan bog’laydi, bular: hudud, xo’jalik, xalq, jamiyat va hokimiyat. Shundan kelib chiqib davlat haqidagi fanlar ham beshta bo’lishi kerak (5 ta neologizm - "neo"-yangi, "logos"-so’z (yunoncha), yangi so’z yoki ibora). Uningcha, bu atamalar bir vaqtning o’zida siyosatshunoslikning ham muhim bo’limlaridan sanaladi, ya’ni:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish