O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi do`Ye va qit yo`nalishi 171-guruh talabasi Alimboyev Sherzodbekning “dorivor o`simliklar flora va sistemtikasi”



Download 0,82 Mb.
bet2/14
Sana17.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#813090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi

Ishning dolzarbligi. O’zbekiston florasi o’zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Unda barcha tik mintaqalar va ularga xos bo’lgan o’simliklar mavjud. Hozirda respublikamizda jami turlar soni 4500 ga yaqin bo’lib, 15000 dan ziyod turkum va 785 tadan ortiq oilaga birlashtirilgan. Ayni paytda bu o’simliklar yaxshi o’rganilmoqda.
Ishning maqsadi kurs ishinng asosiy maqsadi va vazifasi respublikamiz keng maydonlarida bu o’simliklarni yetishtirish, biologiyasini, o'simlik tarkibidagi taninlar, gallotaninlar, kumik va qumik kislotalarini olish yo'llar bilan olish uchun uslublar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Gulli yoki yuksak o’simliklar ham floramizda keng tarqalgan. Ularning turlar soni 250 mingdan ortiqroqni tashkil etadi. Bu turlar 13000 turkumga va 533 ta oilaga kiritilgan. Botanika Bog’laridagi o’simlik turlarini qo’shib hisoblaganda, O’zbekiston florasidagi turlar soni salkam 9000 turni tashkil etadi.
Ishning vazifasii Qo‟yilgan maqsadlardan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab oldik:

  • Evkalipt turkumining biologiyasi haqida malumotlarga ega bo`lish

  • Evkalipt turkumi geografik tarqalishi va ekologiyasi bilan tanishish

  • Evkalipt turkumining dorivorlik xususiyatlarini o`rganish


II.§ Adabiyotlar sharhi
. Mashhur rus botanigi A J T. Taxtadjyan dastlabki gulli o‘simliklar Janubiy-SHarqiy Osiyoda paydo bo‘lgan deb qaraydi, chunki eng qadimiy oddiy tuzilishga ega bo‘lgan gupli o‘simliklar shu regionda uchrayxy. Amerikalik olim Dj.Stebbins fikricha, dastpabki gulli o‘simliklar quruq hududlarda tez o‘sishta moslagagan ikki urug‘pallalilarni o‘z ichiga olgan, bir urug‘pallalyutar esa suv havzalarida va soy bo‘ylarida o‘sgan. Gulpi o‘simliklar ko‘pchilik olimlarniig fikriga qaraganda eng sodda tuzilishga ega bo‘lgan bugasimon ochiq urugli o‘simliklardan kelib chiqqan.
eramizdan awalgi 2000-3000- yillarda foydalanilgan. Botanika fanining rivojlanishida dorishunoslarning roli benihoya katta bo'lgan. Dorivor o'simliklarni ilmiy asosda o'rganishga Gippokrat, kcyinroq Aristotel, Dioskorid, Pliniylar katta hissa qo'shishgan.XVIII asrning o'rtalarida R.Guk (1635—1703) tomonidan hujayraning kashf ctilishi o'simliklarning ichki tuzilishi (anatomiyasi)ni o'rganishga qo'shilgan katta hissa bo'ldi.XVII asrda botaniklarning e'tibori o'simlik turlarini o'rganishga va ularning tizimini ishlab chiqishga qaratiladi. Bu borada shvcd tabiatshunosi Karl Linney olib borgan ishlar diqqatga sazovordir. U ko'plab yangi tur va turkumlar kashf etish bilan bir qatorda, shu davr uchun ma'lum bo'lgan barcha o'simlik turlarini 24 ta sinfga birlashtirdi. Shuningdek, u o'simliklarni qo'sh nom (binar) bilan, ya'ni turni turkumga qo'shib nomlashni taklif qildi.XX asrga kclib botanika sohasida katta kashfiyotlar qilindi. Botanika fan sifatida shakllanib, uning juda ko'p bo'limlari ajralib chiqdi. Bularga morfologiya, sistematika, anatomiya, sitologiya, gistologiya, embriologiya, fiziologiya, gcobotanika, paleobotanika, ekologiya, o'simliklar geografiyasi va boshqalar kiradi. O'rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklarni o'rganish qadim zamonlardan boshlangan. O'rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O'zbekiston o'simliklariga oid ma'lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973—1048) tabobatga bag'ishlangan „Kitob as-Saydana fit-tibb" nomli asarida diyorimizda o'sadigan juda ko'p dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar bergan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) „Tib qonunlari" va „Kitob ush-shifo" nomli asarlarida O'rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklarni aniq tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini to'liq ko'rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud Qoshg'ariyning „Devonu lug'atit turk" nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o'simlik turlari haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan. Ilmiy faoliyatining asosiy qismini Turkiston florasini o'rganishga bag'ishlagan rus olimi B.A. Fedchenko (1872—1947) onasi O.A.Fedchenko bilan birgalikda 1906-1916- yillar mobaynida „Turkiston florasining ro'yxati" deb nomlangan ko'p qismli kitobini chop etgan va unda Turkiston hududida 4111 tur o'simlik borligini ko'rsatgan O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda tarqalgan o'simliklarni ilmiy asosda har tomonlama o'rganish o'tgan asrning 20-yillaridan boshlangan. 1920-yillarda O'rta Osiyo Davlat univcrsitcti (hozirgi O'zbckiston Milliy universitcti) va 1940-yillarda O'zbckiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida Botanika institutining tashkil etilishi O'zbekistonda botanika fanining har tomonlama rivojlanishiga asos bo'ldi. O'zbckiston botaniklarining O'rta Osiyo bo'ylab uyushtirilgan ckspeditsiyalari mobaynida ko'plab gerbariylar (o'simliklar kolleksiyasi) to'plandi. Bu bebaho kolleksiya asosida Botanika institutida (hozirgi „Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazi O'zRFA „Botanika IIChM) „O'zbckiston markaziy gerbariysi" tashkil etildi. Ayni vaqtda bu gerbariyda 1 million 400 mingdan ko'proq 10000 dan ortiq turlarga mansub o'simlik nusxalari saqlanadi. Mana shu o'simlik nusxalarini o'rganish va tabiatda olib borilgan kuzatishlar asosida 1941 — 1962- yillarda 6 tomli „O'zbckiston florasi" kitobi nashr etildi. Natijada respublikamizda 4500 ga yaqin o'simlik turlari borligi aniqlandi. 1963—1993- yillarda O'zbckiston botaniklari tomonidan 10 tomli „O'rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi" yozib tugallandi. Bu yirik ilmiy ish orqali O'rta Osiyo hududida 8097 nomdagi yuksak o'simlik turlari borligi aniqlandi.Mashhur olimlarimizdan akad. Q.Z.Zokirov (1903—1992) „Zarafshon daryosi havzasining o'simliklari" (2 tomli), akad. Y.P.Korovin „O'rta Osiyo va Janubiy Qozog'iston o'simliklari qoplami" (2 tomli), prof. I.I.Granitov „G'arbiy-Janubiy Qizilqum o'simliklari qoplami" (2 tomli), prof. M.M.Arifxonova „Farg'ona vodiysi o'simliklari" (2 tomli) nomli asarlari bilan O'rta Osiyoda botanika fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdilar.Mashhur botanik olim P.A.Baranov (1882—1962) O'zbekistonda o'simliklar anatomiyasi va embriologiyasi ilmini, akad. J.K.Saidov (1909—1999) csa o'simliklar anatomiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasi ilmini rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shdilar. Akad. A.M.Muzaffarov (1909—1997) O'zbckiston tuban o'simliklarini o'rganish va ulardan xalq xo'jaligida foydalanishni ilmiy jihatdan asoslab berdi. Akad. F.N.Rusanov rahbarligida Botanika bog'ida chct cllardan olib kclingan o'simliklarni o'rganish bo'yicha juda kalta ishlar qilinmoqda. Botanika" IIChM xodimlari tomonidan botanika ianining turli sohalari bo'yicha ko'plab monografiya va to'plamlar yaratildi. Bular orasida 4 tomli „O'zbckiston o'simliklari qoplami va ulardan oqilona foydalanish", „O'zbckiston paleobotanikasi", O'zbckiston Rcspub- likasining „Qizil kitob"i kabi yirik asarlar bor.O`simlik va muhit orasida murakkab aloqadorlik mavjud. O`simliklar tabiatdagi modda almashinuvi jarayonida muhim ro`l o`ynaydi. Yashil o`simliklar planetamizdagi hayotning asosiy manbaidir. Quyoshdan keladigan yorug`lik energiyasi yashil o`simliklar tomonidan o`zlashtirib, ularning hujayrasida ximiyaviy energiya, uning yordamida esa o`simlikka atrof-muhitdan keladigan noorganik moddalar organic moddalarga, ya`ni oqsil, yog`, uglevod, vitamin, organik kislotalar va boshqalarga aylantiriladi. Bu hosil bo`lgan moddalardan o`simliklarning o`zidan tashqari hayvonlar, odamlar va yashil bo`lmagan o`simliklar foydalanadi.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish