O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi do`Ye va qit yo`nalishi 171-guruh talabasi Alimboyev Sherzodbekning “dorivor o`simliklar flora va sistemtikasi”



Download 0,82 Mb.
bet1/14
Sana17.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#813090
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti
biologiya kafedrasi DO`Ye va QIT yo`nalishi 171-guruh talabasi Alimboyev Sherzodbekning “dorivor o`simliklar flora va sistemtikasi” fanidan

KURS ISHI



Mavzu: “Evkalipt turkumi”




Bajardi: Alimboyev Sh


Ilmiy rahbar: Djumanyozova M
Urganch-2019

Mundarija
Kirish
I Adabiyotlar sharhi
II Asosiy qism.
2.1.Evkalipt turkumining biologiyasi
2.2 Evkalipt turkumi geografik tarqalishi va ekologiyasi
2.3 Evkalipt turkumining dorivorlik xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga sharh
Mamlakatimizning o‘rmon xo‘jaligi o‘simlik va hayvonot dunyosi, jumladan, noyob manzarali va mevali daraxtlar hamda dorivor o‘simliklarning ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda o‘rmon fondining 300 dan ortiq o‘simlik va 180 dan ortiq hayvon turlari “Qizil kitob”ga kiritilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligi sohasida keng qamrovli islohotlarning amalga oshirilishi natijasida respublikamizda o‘rmon fondi yer maydoni hajmi sezilarli darajada ko‘paydi. Bugungi kunda davlat o‘rmon fondi yerlari hajmi respublika umumiy yer maydonining 25,2 foizini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich mustaqilligimizning dastlabki yillarida 5,3 foizdan oshmas edi. Shu munosabat bilan o‘rmon xo‘jaligi sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish va davlat boshqaruvini takomillashtirish, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni hal etish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish va o‘rmon xo‘jaligini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga ilgari yuklangan vazifalar bilan bir qatorda, yangidan yaratilgan manzarali o‘simliklar navlari ko‘chatlari va ekish materiallarini sertifikatlash va standartlashtirish, ularni yetishtirishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, jumladan, yuqori qo‘shilgan qiymatli xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ushbu sohaga xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish, o‘rmon xo‘jaligi sohasi tashkilotlarini malakali oliy, o‘rta va kichik bo‘g‘in kadrlari bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha yagona tizimni joriy etishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha vazifalar yuklanmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida 2017-2019-yillarda o‘rmonlar maydonlarini kengaytirish (rekonstruksiya qilish), ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklarni yig‘ib olish, chorva mollarini boqish uchun yaylovlar ajratish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlarQabul qilingan hujjatlar bilan oliy, o‘rta maxsus va professional davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining o‘rmon xo‘jaligi tizimi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan qismini qayta ko‘rib chiqish, professional kasb-hunar kollejlarida kadrlarni tayyorlash, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yangi darsliklar yaratish, o‘rmon xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlaydigan professional kollejlarni malakali, maxsus bilimlarga ega o‘qituvchilar bilan kuchaytirishga e’tibor qaratilgan. Qabul qilingan hujjatlarda o‘rmon xo‘jaligi tizimi uchun kadr tayyorlaydigan professional kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o‘zlari tanlagan kasb yo‘nalishlari bo‘yicha ishga joylashishda ko‘maklashish va nazoratni kuchaytirish yuzasidan topshiriq berilgan. O‘quv jarayonini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, zarur o‘quv ishlab chiqarish bazasini shakllantirish maqsadida ixtisoslashgan professional kasb-hunar kollejlarini aniq davlat o‘rmon xo‘jaliklariga biriktirish yuzasidan qaror qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga sharh
Respublikamizning farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor o‘simliklar xomashyosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy dorivor vositalar bozorini o‘zimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan to‘ldirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadidadorivor o‘simliklar xomashyosini o‘ziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash; yuqori qo‘shilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor moddalar (substansiyalar) hamda dorivor o‘simliklar xomashyosi negizida tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish; dorivor o‘simliklar xomashyosini qayta ishlash va dori vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish; 
mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor o‘simliklar xomashyosi va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarinichuqurlashtirish;
dorivor o‘simliklar xomashyosi introduksiya va kultivatsiyasini o‘rganish bo‘yicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari bo‘lgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish