O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#698958
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123
Bog'liq
dd00a58bf8bf5b7130ca944958e8f7c9 TURIZM OPERATORLIK XIZMATINI TASHKILLASHTIRISHNING ASOSLARI

Kirish (harajatlar) 

Maydonlar/stendlar ijarasi 

Stend komandasiga to‗lovlar 

Ko‗rgazma namunalari 

Transportirovka 

Chiptalar 

Xizmat safari harajatlari 

Mehmonxona 

Joylashtirish 

Vaqt sarfi 

Ofisda bo‗lmaslik 

Baholash uchun kuch va imkoniyatlar sarfi 

Ko‗rgazma sotuvi uchun maxsus narxlar 

Tayyorlov ishlari 

Mijozlarga, agentlarga ma‘lumotlar 

Tashrif buyuruvchilarni tahlil qilish 

Matbuot ma‘lumoti 
Chiqish (foyda) 

Haridorlar bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqa

Bozorda yo‗naltirilganlik 

Katta e‘tiborni jalb qilish 

Mahsulotni namoyish qilish 

Yangi hamkorlar/ aloqalar 

Yangi agentlar/distribyutorlar 

Mavjud aloqalarni qo‗llab-quvatlash 

Bir joy va bir vaqtning o‗zida ko‗p imkoniyatlar

Raqobatchilarni kuzatish 

Jamoat munosabatlarining ajoyib salohiyati 

Marketing ma‘lumotlari mavjudligi 

Yangi mahsulotlar 

Mavjud mahsulotlar modifikatsiyasi 

Bozor segmentini tahlil qilish 

Matbuot bilan aloqalar 

Strategik o‗zgarish (egilish)larni tushunib yetish 
Matritsadan ko‗rgazmalarning nima uchun o‗tkazilishi va foydali chiqish ko‗rinib 
turibdi. Ko‗rgazma faoliyati uch bosqichli ishdan tashkil topadi: 
A) oldindan tayyorgarlik; 
B) ko‗rgazma stendida ishlash;
V) ko‗rgazmadan keyingi ishlar. 
Har bir bosqich o‗ziga xos jihatlarni harakterlaydi. 


144 
1.Oldindan tayyorgarlik - ko‗rgazmani tanlash va unda qatnashish bilan bog‗liq 
tashkiliy tadbirlarni o‗z ichiga oladi. 
Yarmarkani tanlash
. Ko‗pgina kompaniyalar rahbarlari e‘tiborlarini eng yirik 
birjalarga (FITUR kabi) qaratadilar. Agar firma barcha yo‗nalishlar bo‗yicha 
hamkorlarga ega bo‗lsa va ular bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotgan bo‗lsa, bu 
o‗zini oqlaydi, albatta. Bu holda Berlin, London yoki Madriddagi dunyo forumlari ular 
bilan aloqa qilishning eng yaxshi joyi hisoblanadi. 
Ammo firma o‗z kontragentlari doirasini kengaytirishga yoki o‗zi uchun yangi 
yo‗nalishlarni o‗zlashtirishga harakat qilsa, u uchun hududiy ko‗rgazmalar va 
professional tursalonlarda ishlash maqsadga muvofiqdir. 
Ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish.
Ko‗rgazmada qatnashish qarorini bir yil 
avvaldan aniqlab olish lozim bo‗ladi, yarim yil oldin esa stend va uskuna (jihoz)lar uchun 
haq to‗lanadi. Shuni hisobga olish kerakki, ko‗pchilik yirik ko‗rgazmalarda qatnashish 
talabnomalarini qabul qilish, ular boshlanishidan 3-4 oy avval, ITB kabi juda 
ahamiyatlilarida esa 6 oy oldin tugab bo‗ladi. 
Tajriba shuni ko‗rsatadiki, potensial hamkorlar va mijozlarni maksimal jalb 
qiladigan milliy kollektiv stendlarda ishlar samaraliroqdir. Turfirma alohida qatnashishi 
bilan muzokaralarga va tayyorlanish ishlariga, stend ko‗rilishiga, ayniqsa, individual 
dizaynga o‗zini oqlamaydigan harajatlar qiladi. Shuning uchun tashkilotchilar bilan 
muzokaralarni va ma‘lumot materiallari, kataloglarini olishni, stendlar bezashni
ma‘lumotlarni katalog va marketing dasturiga qo‗shishni o‗z zimmasiga oladigan yagona 
ekspozitsiyalar tashkil qiluvchilar bilan ishlash foydaliroqdir. Hozirda birlashgan o‗zbek 
stendlari ba‘zi xalqaro ko‗rgazmalarda qatnashmoqdalar. 
Shuni nazarda tutish lozimki, ko‗pgina ko‗rgazmalarda stendlarning minimal 
maydoni 9-12 m
2
ni tashkil qiladi (Milandagi BITda - 20 m
2
). To‗laqonli ishlash uchun 
esa faqat kollektiv stendlarda buyurtma berish mumkin bo‗lgan 4-6 m
2
yetarlidir. Bunda 
firma - konsolidator xavf va ko‗rgazma maydoni uchun oldindan to‗lovlarni tashkil qilish 
harajatlarni o‗ziga oladi va firma - eksponentlarni bu tashvishdan ozod qiladi. 
Ko‗rgazma firmasi ko‗rgazma ochilishidan oldin o‗z eksponentlarining 
tayyorgarlik ishlarini tashkil qilish bilan shug‗ullanadi (ko‗rgazmaga eksponentlarning 
material va uskunalarini olib kelib beradi, stendlarni tayyorlash ishlarini oxirigacha olib 
boradi, kataloglarni oladi). Shuning uchun kollektiv stend qatnashchilari kelishlari bilan 
ishga tushib ketadilar, tayyorlanish ishlariga kuch va vaqt sarflamaydilar. 
Oldindan katalog yoki stend qatnashchilar ro‗yxatini olish bilanoq hamkorlar va 
mijozlarni jalb qilishga kirishish lozim. Firma aloqani o‗rnatishdan manfaatdor 
kompaniyalarga stendga tashrif buyurish taklifiiomalari bilan faks va xatlar jo‗natadi. 
Stendlarga tashrif buyuruvchilar va potensial hamkorlarni jalb qilishning boshqa 
usullari ham bor. Masalan, xatlar, konvertlardagi shtamp va nakleykalar. Ko‗rgazma 
boshlanishidan ancha oldin stendlarga tashrif buyurishni taklif qiladigan, adresatlarga 
mo‗ljallangan har bir pochta jo‗natmasi nakleyka bilan belgilanadi. Ayniqsa, hamkorlar 
va manfaatdor haridorlarga individual taklifnomalar va nomi ko‗rsatilgan taklifnomalar 
tarqatish yaxshi natijalar beradi. Taklif qilish uchun boshqa qiziqtirish usullarini ham 
topsa bo‗ladi, masalan, stendda tushirilgan suratlarni yuborish, doimiy hamkorlarga esa 
avvalgi ko‗rgazmaga kelganida tushirilgan suratni yuborish mumkin. Taklifnomalar 
ko‗rgazma ochilishidan taxminan uch hafta oldin olingan bo‗lishi lozim. Tashrif 
buyuruvchilarni jalb qilishning an‘anaviy usullaridan ham foydalaniladi, ya‘ni, 
maxsuslashtirilgan matbuot, kataloglar orqali reklama qilish. 
Shuningdek, ko‗rgazmaga tayyorlanishda quyidagilar talab qilinadi:


145 

avvalgi bo‗lib o‗tgan ko‗rgazma kataloglarini diqqat bilan o‗rganish;

ko‗rgazma tashkilotchisidan qatnashuvchilarning dastlabki ro‗yxatini olish va 
oldingi ko‗rgazmalar ma‘lumotlari bilan solishtirish; 

har bir mahsulot kategoriyasi bo‗yicha nazorat ro‗yxatini tayyorlash, katalogdagi 
har bir qatnashchi bilan tanishib chiqish, raqobatchilarning mahsulotlari bilan 
tanishib chiqish va ularni ma‘lumotlaridan foydalanish; 

tashkilotchilargaf irmangizning to‗liq nomini va boshqa ma‘lumotlarini bildirish 
kerak; 

ko‗rgazmada taklif qilish uchun kompleks turpaketlar va alohida xizmatlarning 
qat‘iy narxlarni belgilash; 

o‗z mahsulotlaringiz, stend loyihalari bo‗yicha texnik varaqalar, prays-listlar 
tayyorlash; 

avvaldan mahsulotlarni stendda qanday joylashtirishni aniqlab olish;

stend xodimlari uchun yozma ma‘lumotlar, yordamchi illustratsiyalar tayyorlash; 

tarqatish uchun ikki turda reklama bukletlarini tayyorlash: 

bittasi - umumiy (imkoniyatlaringiz haqida), boshqasi - nisbatan batafsilroq 
(takliflaringiz bilan qiziqadigan mijozlar uchun); 

hammasi yoki kamida ikkitasi xorijiy tillarni biladigan malakali stend 
komandasini tuzish; 

etarli miqdorda firma tashrifnomalarini tayyorlab qo‗yish; 
Stendga tashrif buyuruvchilar bilan muloqotni osonlashtirish uchun qog‗oz va 
maxsus 
blanklarni 
tayyorlash. 
Bunday 
blanklarni 
«Muzokaralar 
varag‗i», 
«Tashrifbuyuruvchi varag‗i», «Kontaktlar jurnali» deb atash mumkin. Ular quyidagilarni 
ko‗rsatishi lozim: 
a) tashrif buyuruvchi nomi va lavozimi, firma haqida ma‘lumot, firma qiziqishlari 
sohasi, mavjud munosabatlari va imkoniyatlari; 
b) manzil, kattaligi, egasi, oboroti, maxsus faoliyat sohalari kabi firma 
ma‘lumotlari; 
v) o‗zaro manfaatli sohalar; 
e) tashrif buyuruvchi bilan muzokaralar natijasi (hamkorlik imkoniyatlari
Imkoni bo‗lsa, yuqorida tayyorlangan ma‘lumotlarning hammasini kompyuter 
bazasiga kiritish kerak. Shuningdek, press-reliz, ma‘lumotlar, fayllar yoki stendda 
qo‗yish uchun videoroliklar tayyorlab qo‗yish lozim. Avvaldan matbuot bilan 
munosabatlarni, o‗z taqdimotlarini, press-konferensiyalarni, "aylana stol" larni 
o‗tkazishni ham rejalashtirish zarur. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish