148
tarixiy, ertak, teatr va cho‗milish kiyimlari kabi turli xilda kiyingan odamlar;
original yoritish va oranjirovka;
stend ustida sharlar, transparantlar, tablo;
musiqiy ansambl, tovush effektlari;
optik va lazer effektlari;
katta ekranlarda qiziqarli bo‗lgan kompyuter videoroliklari;
kutilmagan ob‘ektlar (stend o‗rtasida katta palma);
zaldagi original ko‗rsatkichlar.
Bular ichidan sizning mahsulotingiz va kompaniyangiz uchun nisbatan qulay,
foydalisini tanlash va foydalanish zarur.
Stenddagi kompaniya logotipiga alohida e‘tibor qaratish lozim. Logotip ko‗zga
tashlanadigan hajmda bo‗lishi kerak. Kompaniya nomi ko‗rinadigan joyda va oson
o‗qiladigan bo‗lishi lozim.
Tashrif buyuruvchi quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim:
stendning ko‗rinishi. Stend diqqatni o‗ziga jalb qilishi uchun ajralib turishi
kerak;
firmaning logotip yoki nomi ko‗zga tashlanib turushi lozim;
Mahsulot reklamasi. Buning uchun ko‗rish, o‗qish va tushunish oson bo‗lgan
panellar, plakatlar, sarlavha kabi vizual vositalardan foydalaning.
Agar tashrif buyuruvchi uch sekund ichida stendingizga razm solishga ulgurmasa,
u ma‘lumotlar nisbatan qulay joylashtirilgan tomonga o‗tib ketadi.
Ko‗rgazmada ishlayotgan komandaga qarab umuman turistik firmaga baho
beriladi. Shuning uchun stend presonalini tanlash ham alohida e‘tiborga ega. Professional
tayyorgarlik va xorijiy tilni bilish bilan bir qatorda birinchi darajada tashrif buyuruvchilar
bilan muloqotda bo‗la olish qobiliyati ahamiyatlidir. Ayniqsa, ko‗rgazma komandasi
oldindan muzokaralarni olib borishga o‗rgatilgan bo‗lsa ayni muddaodir.
Har bir stendga tashrif buyuruvchi potensial mijozdir, unga ega bo‗lish esa
san‘atdir. Buning uchun esa boshidan mijozlarga e‘tibor berish lozim. Stendga tashrif
buyuradigan har bir mijozga alohida e‘tibor bilan muomala qilish kerak: uning
tashrifnomasini olish, «kontaktlar jurnali»da kelish maqsadini qayd qilish lozim. Unda
kelish sanasi, suhbat predmeti, muzokaralarning qisqa natijasi kiritiladi va tashrif noma
biriktilib qo‗yiladi.
Ekspertlar ta‘kidlashicha, o‗rta hisobda 70% suhbatlar "Sizga qanday yordam bera
olishim mumkin?" savolidan boshlanadi. Bunday siyqasi chiqqan savoldan keyin suhbat
bir necha sekundda tugaydi. Shuni hisobga olish kerakki mijoz, odatda, diqqat markazida
bo‗lishni xohlaydi. Bunga mijoz nuqtai nazarini hisobga olib erishishimiz mumkin: «Biz
.... tashkil qilamiz» o‗rniga «Siz ...da bo‗lasiz» yoki 2Men sizga ...ni ko‗rsatmoqdaman»
o‗rniga «Siz bu yerda... .ni ko‗rmoqdasiz» deyilsa ma‘qul bo‗ladi. Bunday murojaat
mijozni stendga yanada jalb etadi.
Stendda kamida ikki xodim ishlashi lozim. Biroq qiladigan ishi rejalashtirilmagan
va tashkil qilinmagan bo‗lsa, bunday paytda katta komanda ham ishga foyda keltirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: