138
turagentlarga komissionlar va sof xizmat ma‘lumotlari bo‗ladi. Katalog matniga jiddiy
e‘tibor berish kerak Avvalo, u to‗g‗ri tuzilgan bo‗lishi lozim. Ba‘zi nashrlarda
uchraydigan xatolar ularning qadrini va ularga ishonchni sezilarli darajada tushiradi,
muqovadagi xatolar esa butun tirajning muomaladan chiqarilishiga va jiddiy zararlarga
olib kelishi mumkin.
Matn materiallarni tayyorlashda ularni
yirik bloklarda berish
maqsadga muvofiq emas. Odam (agar uning qo‗lida reklama nashri bo‗lsa) o‗z xotirasiga
katta hajmdagi ma‘lumotlarni "joylashgan" ongli ravishda qarshilik ko‗rsatadi. Matnni
qismlarga ajratish va ularni qiziqtiradigan nomalar bilan ta‘minlash zarur, ya‘ni, bu yerda
kurortlar tasvirlanishi, mamlakatshunoslik va boshqa ma‘lumotlar nazarda tutiladi. Agar
gap mahalliy valyuta, choychaqalar miqdori, elektr tarmog‗i kuchlanishi kabilar haqida
bo‗lsa, bu yerda "intriga" o‗rinli emas, asosiysi ma‘lumotni qabul qilish uchun
ishonchlilik va oddiylikdir.
17.2. Rasmli ma‟lumotlarni tanlash.
Turistik katalogni darrov tanib olishlari kerak, shuning uchun sarlavhani shunday
joylashtirish kerakki, u darhol ko‗zga tashlansin. Uni
nafaqat muqovaning birinchi
tomonida, balki to‗rtinchi tomonida ham joylashtirish darkor. U ham firma nomini, ham
shu firma joylashgan davlat nomini o‗z ichiga olishi kerak. Sarlavha, shuningdek,
turoperator o‗zining asosiy faoliyatini amalga oshiradigan hudud nomini ham bildirishi
mumkin.
21x 10,5 sm qilib buklangan (kichik kitobcha) buklet ko‗rinishida 21x21 sm
o‗lchamli nashr chiqarilsa, nom bukilishlarda joylashib qolmasligi kerak.
Milliy va xorijiy bozorlar uchun alohida nashrlar chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Bunda suratlar o‗zgartirilmasdan faqat matn turlicha bo‗lishi mumkin. Tarjima yetuk
mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Nashrning turli davlatlardagi o‗quvchilarga moslashtirilishda
tarjimaga ijodiy
yondashish kerak. Katalog tarqatilishi rejalashtirilayotgan mamlakat qanchalik yaqin
bo‗lsa, katalogda shuncha ko‗p batafsil yoritilgan ma‘lumot bo‗lishi kerak. Agarda
mamlakat iste‘molchilardan uzoqda joylashgan bo‗lsa, ma‘lumotlarda shaharlar va
yodgorliklar xususiyatlarining batafsil yoritilishi talab etilmaydi, ammo iqlimi,
umumiy
turistik ob‘ekti, bu joyga qanday borish mumkinligi to‗g‗risidagi maiumotlarga ko‗proq
joy ajratish maqsadga muvofiq.
Turli davlatlar turistlariga xos qiziqishlarning milliy xususiyatlarini hamma vaqt
hisobga olish kerak. Masalan, oilaviy dam olishni tashkil qilish bo‗yicha mutaxassis E.
Lou shunday yozadi: britaniyaliklar, albatta, boriladigan joylardagi narxlar va havo
haroratini bilishni istaydilar, fransuzlar - qayerdan va qanday ovqatlanish mumkinligi
bilan, italiyaliklar
menyuda nima borligi bilan, amerikaliklar esa bino yoki inshootning
qurilishi necha pulga tushganligi bilan qiziqadilar.
Milliy madaniyatimizga tegishli va mamlakat ichida reklama sifatida
foydalanilayotgan dalillarimiz xorijda foydalanish uchun hech qanday qiymatga ega
bo‗lmasligi mumkin. Tarjimada ko‗p mazmunini yo‗qotadigan badiiy iqtiboslar haqida
ham xuddi shu fikrni bildirsa bo‗ladi. Ba‘zi hollarda mijozlarni jalb qilishi lozim bo‗lgan
ma‘lumotlar, aksincha, ularga teskari ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Nashrning o‗lchami
va boshqa jihatlari, birinchi navbatda, uning tarqatilishi
shartlariga qarab aniqlanadi, chunki pochta jo‗natmalari usullari shunga bog‗liq
hisoblanadi. Ko‗rgazmaga qo‗yish uchun doimiy moslamalardan foydalanish standart
bo‗yicha zaruriyatini tug‗diradi. Xalqaro standart o‗lchami (bukilgan holda 21x10,5 sm)
139
pochta orqali jo‗natish uchun to‗g‗ri keladi. Maxsus o‗lchamli broshyuralar uchun
konvertlarni tayyorlash qimmat hisoblanadi. Ko‗pincha,
mohirona tayyorlangan
bukletlarning ko‗pchiligi agentlik papkalarida qolib ketadi. Nisbatan ko‗p qo‗llaniladigan
o‗lchamlar: 21x10,5 sm, 21x21 sm va A4 (21x27,9 sm).
Kataloglarning asosiy tarkibi - bu narxlar keltirilgan jadvallardir. Bu jadvallarni
tayyorlash uchun yagona talablar va standartlar mavjud emas. Biroq ikki nisbatan tipik
variantlarga ajratish mumkin.
Birinchisi - an‘anaviy variant turpaketning oxirgi narxi ko‗rsatilgan jadvallarni o‗z
ichiga oladi (bir yoki bir necha kishiga).
Bunday jadvallar bilan ishlashda o‗ziga xos kamchiliklar mavjud. Masalan,
mijozlar bilan ishlay boshlashdan oldin menejer hisob-kitob usulini egallashi, har doim
qo‗li ostida kalkulyator bo‗lishi va kim davomida ko‗pgina hisob-kitoblarni qilishga
tayyor bo‗lishi zarur. Har safar tur qiymatini hisoblash zaruriyati ko‗p vaqt talab qiladi.
Narxni tushirishning har ikkala usuli teng darajada amal qilish huquqiga egadir, Asosiysi,
ma‘lumot to‗liq, tushunarli va ishonchli bo‗lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: