40
Bugungi kuga kelib sug‗urta tashkilotlari
ustav kapitalning eng kam
miqdorlari milliy valyutada belgilab qo‗yilgan. Unga ko‗ra hayotni sug‗urtalash
sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun sug‗urta tashkilotlari ustav kapitalining
minimal miqdori 10 mlrd. so'mdan kam bo‗lmasligi shart.
3.3. Hayotni sug„urta qilishdagi asosiy normativ-huquqiy xujjatlar
Respublikamizda qabul qilingan barcha qonunlar, normativ-xujjatlar sohani
barq urib rivojlanishi, ya‘ni miqdorga emas sifatga e‘tibor qaratish, sohada
rivojlangan
infratuzilmani shakllantirish, aholini ya‘ni sug‗urta qildiruvchilarni
soliq imtiyozlari bilan rag‗batlantirish va ularni huquqlarini himoya qilish
mexanizmlarini shakllantirish maqsadlariga yo‗naltirilgandir. Yurtimizda hayot
sug‗urtasini qonunchilik asosida alohida tarmoqqa ajratilgani ham hayot sug‗urtasi
bo‗yicha sug‗urta qildiruvchilarni manfaatlarini
huquqiy himoya qilinishidan
dalolatdir.
Ma‘lumki, hayot sug‗urtasi shaxsiy sug‗urtaning eng muhim turlaridan
hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 914-moddasiga
muvofiq shaxsiy sug‗urta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligida ommaviy shartnoma haqida tashkilot
tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o‗z faoliyati xususiyatiga ko‗ra
o‗ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo‗lgan
tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‗rsatish sohasidagi vazifalarini
belgilab qo‗yadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi.
Bunday tashkilot
ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko‗rishga
haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnoligi belgilab
qo‗yilgan.
Bundan ko‗rinib turibdiki tashkilot tomonidan ommaviy shartnomani
tuzishni rad etilishi mumkin emas. Sug‗urta tashkiloti tomonidan asossiz ravishda
hayot sug‗urtasi shartnomasi tuzilishi rad etilsa, iste‘molchi shartnoma tuzish talabi
bilan sud organlariga murojaat qilishga va etkazilgan zararni olish huquqiga egadir.
41
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 921-moddasida shaxsiy
sug‗urta shartnomasi bo‗yicha bir taraf (sug‗urtalovchi) boshqa taraf (sug‗urta
qildiruvchi) to‗laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‗urta mukofoti)
evaziga sug‗urta qildiruvchining o‗zining yoxud shartnomada ko‗rsatilgan boshqa
fuqaro (sug‗urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‗lig‗iga zarar etkazilgan, u
muayyan yoshga to‗lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa
voqea (sug‗urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada
shartlashilgan pulni
(sug‗urta pulini) bir yo‗la yoki vaqti-vaqti bilan to‗lab turish majburiyatini oladi.
Shaxsiy sug‗urta shartnomasi kimning foydasini ko‗zlab tuzilgan bo‗lsa,
o‗sha shaxs sug‗urta pulini olish huquqiga ega bo‗ladi.
Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‗rsatilmagan bo‗lsa,
shaxsiy sug‗urta shartnomasi sug‗urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi.
Boshqa naf oluvchi ko‗rsatilmagan shartnoma bo‗yicha sug‗urtalangan shaxs vafot
etgan taqdirda, sug‗urtalangan shaxsning merosxo‗rlari naf oluvchilar deb tan
olinadi.
Sug‗urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga,
shu jumladan
sug‗urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‗urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy
sug‗urta shartnomasi faqat sug‗urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina
tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‗lmagan taqdirda, shartnoma sug‗urtalangan
shaxsning da‘vosi bo‗yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxo‗rlari
da‘vosi bo‗yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qonunchilikda ommaviy shartnomalarni tuzish
va amalga oshirish uchun
Respublika hukumati tomonidan qoidalar (namunaviy shartnomalar, yo‗riqnomalar
va boshqalar) ishlab chiqilishi mumkin. Shaxsiy sug‗urta shartnomasi va
qoidalarida tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Shaxsiy sug‗urta shartnomalari, xususan hayot sug‗urtasi shartnomalari
fuqarolarni, ularni oilalarini moliyaviy tomondan qo‗llab quvvatlash orqali ularni
ijtimoiy himoya tizimi bilan ta‘minlaydi. Bu o‗z
navbatida fuqarolarning pul
mablag‗larini kelajakda sifatli hayot kechirishlari uchun joylashtirish va hayot
sug‗urtasining jamg‗arma turlari orqali jamg‗arilgan pul mablag‗laridan yaxshi
42
maqsadlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Shunday ekan, hayot sug‗urtasi
shartnomasida sug‗urta ob‘ekti bo‗lib jismoniy shaxslarni hayoti, sog‗ligi, mehnat
qobiliyati va pul ta‘minoti bilan bog‗liq bo‗lgan mulkiy manfaatlari hisoblanadi.
Hozirgi kunda O‗zbekiston Respublikasida hayot sug‗urtasi turlarini tartibga
soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarning yetarlli
darajada samarali tizimi
yaratilgan. Bunda hayot sug‗urtasini rivojlantirish va aholini hayot sug‗urtasiga
bo‗lgan qiziqishlarini oshirish uchun qilingan soliq islohotlarini ta‘kidlashimiz
lozimi. Bunday tizimni yaratilishi Respublika sug‗urta bozorini rivojlantirish va
mukammallashtirishda asos bo‗lib xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: