31
Nazorat savollari:
1. Hayot sug‗urtasining ob‘ekti va predmeti nimalardan iborat?
2. Hayot sug‗urtasi boshqa sug‗urta turlaridan qanday jihatlari bilan farq
qiladi?
3. Hayot sug‗urtasi qaysi mamlakatlarda rivojlangan?
4. Hayot sug‗urtasining asosiy printsiplari nimalardan iborat?
5. Hayot sug‗urtasining rivojlanishi ushun to‗sqinlik qilayotgan omillar.
6. Hayot sug‗urtasining muhim xususiyatlarini sanab bering?
32
3-BOB. HAYOT SUG„URTASINI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY
ASOSLARI
3.1. Hayot sug„urtasini huquqiy tartibga solishning o„ziga
xos xususiyatlari
Sug‗urta xizmatlari va sug‗urta bozori bozor munosabatlariga tayanuvchi har
qanday mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hamda moliyaviy tizimining asosiy tarkibiy
qismlaridan bo‗lib hisoblanadi. Sug‗urta tizimining asosi bo‗lmish moliyaviy
faoliyat har qanday davlatning kundalik amaliyotida markaziy o‗rin tutadi. Chunki
davlat hamda jamiyatning buguni va ertasi, barcha jabhalaridagi taraqqiyoti,
xavfsizligi mamlakatda davlat moliyaviy faoliyati hamda moliyaviy amaliyot
samaradorligi, moliyaviy tizimlar, xususan sug‗urta tizimi ish faoliyatining
mukammalligi,
davlat
daromadlari
va
xarajatlari
oqimining
o‗zaro
muvofiqlashtirilganligi, to‗g‗ri tashkil etilganligiga ko‗p jihatdan bog‗liqdir.
Mamlakatimizning mustaqil taraqqiyoti davomida sug‗urta xizmatlari
bozorini rivojlantirish va uning huquqiy asoslarini muntazam takomillashtirib
borish davlatimizdagi islohotlarning muhim tarkibiy qismlaridandir.
Milliy sug‗urta bozorini yanada isloh qilishning eng muhim yo‗nalishlari uni
asta-syokin erkinlashtirishdan hamda respublika sug‗urta faoliyatini boshqarish va
nazorat qilish asoslarini yaratishdan iboratdir. Jahon tajribasidan ma‘lumki
sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi huquqiy normalarsiz uni
erkinlashtirish, ayniqsa o‗tish iqtisodiyotiga ega bo‗lgan davlatlar sug‗urta
bozorida tartibsizliklar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham
Respublika sug‗urta faoliyatini huquqiy asoslarini yanada shakllantirish eng
dolzarb masalalardan sanaladi.
Sug‗urtani huquqiy tartibga solishning ustuvor yo‗nalishlaridan eng muhimi
sug‗urta munosabatlarida tomonlarning o‗zaro aloqalari va respublika sug‗urta
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari belgilangan tegishli
huquqiy bazani mavjud bo‗lishidir.
33
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasida sug‗urta sohasini tartibga
solishning uch turi mavjud:
1.
Sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi umumfuqarolik qonunchiligi;
2.
Sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus sug‗urta qonunchiligi;
3.
Sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi tegishli vazirlik va idoralarning
qarorlari, me‘yoriy xujjatlari.
Umumfuqarolik qonunchiligi: bu pog‗onada birinchi galda O‗zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1 va 2-qismlari, hamda bir qator shunga
o‗xshash huquqiy-normativ xujjatlar joy olgan.
Fuqarolik qonunchiligi fuqarolik huquqiy munosabatlari sub‘ektlari orasida
yuzaga keladigan mulkiy va nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu
munosabatlarning sub‘ektlari bo‗lib fuqarolar (jismoniy shaxslar), korxona va
tashkilotlar (yuridik shaxslar), hamda davlat boshqaruv organlari hisoblanadi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarining ob‘ekti bo‗lib moddiy va nomoddiy
boyliklar hisoblanadi. Sug‗urta munosabatlarining ob‘ekti bo‗lib esa moddiy va pul
ko‗rinishidagi qimmatliklar (mulk, xarajatlar, daromadlar) va insonning shaxsiy
nomoddiy boyligi – hayoti, sog‗lig‗i, mehnat qobiliyati va shu kabi sug‗urta
shartnomasi amal qilish davrida sog‗liqni yo‗qotilishi yoki vafot etish hodisasi
bilan oilaviy daromadni yo‗qotilishi bilan bog‗liq bo‗lgan qaltisliklar hisoblanadi.
Sub‘ekti bo‗lib, sug‗urtalovchilar, sug‗urta qildiruvchilar va uchinchi shaxslar
hisoblanadi. Bulardan ko‗rinib turibdiki, sug‗urta munosabatlari umumfuqarolik
huquqlari asosida tartibga solinadi.
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining birinchi qismida
sug‗urtaviy huquqiy munosabatlar, ya‘ni jismoniy va yuridik shaxslar, tijorat va
notijorat faoliyat, tadbirkorlik faoliyatining asosiy tashkiliy-huquqiy shakllari kabi
tushunchalar mavjud.
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining ikkinchi qismida
sug‗urtaga bag‗ishlangan maxsus ―Sug‗urta‖ deb atalgan 52-bob qayd etilgan
bo‗lib, iqtisodiy munosabatlarning alohida turi sifatida sug‗urta munosabatlarining
asosi belgilangan.
34
Maxsus sug‗urta qonunchiligi: bu turga sug‗urta masalalarini boshqaruvchi
va tartibga soluvchi O‗zbekiston Respublikasining alohida qonunlari mansubdir.
Bunday qonunlarga O‗zbekiston Respublikasining ―Sug‗urta faoliyati
to‗g‗risida‖gi, ―Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta qilish
to‗g‗risida‖gi, ―Transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‗urta qilish to‗g‗risida‖gi, ―Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‗urta qilish to‗g‗risida‖gi qonunlari hamda majburiy qonunchilik statusiga ega
bo‗lgan Prezident farmonlari va hukumat qarorlari kiradi.
O‗zbekiston Respublikasining ―Sug‗urta faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni
sug‗urta bozoridagi barcha sug‗urtalovchilar uchun sug‗urtani amalga oshirishlari
uchun birdek sharoit yaratish, sug‗urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya
qilishni kafolatlash, sug‗urtani tashkil etishning yagona metodik qo‗llanmasini
belgilash va sug‗urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy
prinsiplarini belgilashda namoyon bo‗ladi. Mamlakatimizda 2002 yil 28 mayga
qadar 1993 yil 6 mayda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Sug‗urta
to‗g‗risida‖gi qonuni amal qilgan.
Sug‗urta munosabatlarini va ularning qatnashchilarini huquqiy tartibga
solish jarayonida ularning huquq va majburiyatlari belgilangan bo‗lib,
sug‗urtalovchi sug‗urta qildiruvchiga sug‗urta shartnomasida ko‗rsatilgan shartlar
va muddatlarda sug‗urta himoyasini taqdim etadi, sug‗urta qildiruvchi esa
sug‗urtalovchiga shartnomada shartlashilgan sug‗urta mukofotini belgilangan
muddatda va xajmda to‗lash orqali ularning huquq va majburiyatlari amalga
oshiriladi.
Qonun osti xujjatlar: bunga tegishli vazirlik va idoralarning qarorlari,
yo‗riqnomalari, qoidalari va boshqa shu kabilar taalluqlidir.
Yuqoridagi
birinchi
va
ikkinchi
tur
qonunchilikda
sug‗urta
munosabatlarining asosiy tushunchalari, majburiy va ixtiyoriy sug‗urta
shartnomalariga bo‗lgan umumiy talab qayd etiladi. Qonun osti xujjatlarida esa
sug‗urta faoliyatidagi alohida masalalar bo‗yicha talablar belgilangan bo‗ladi.
35
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 920-moddasi shartlariga
ko‗ra, shaxsiy sug‗urta shartnomasi bo‗yicha bir taraf (sug‗urtalovchi) boshqa taraf
(sug‗urta qildiruvchi) to‗laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‗urta
mukofoti) evaziga sug‗urta qildiruvchining o‗zining yoxud shartnomada
ko‗rsatilgan boshqa fuqaro (sug‗urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‗lig‗iga
zarar etkazilgan, u muayyan yoshga to‗lgan yoki uning hayotida shartnomada
nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‗urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada
shartlashilgan pulni (sug‗urta pulini) bir yo‗la yoki vaqti-vaqti bilan to‗lab turish
majburiyatini oladi.
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 914-moddasi 2-qismiga
asosan shaxsiy sug‗urta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi. Shu
munosabat bilan bu turdagi sug‗urta shartnomasiga mazkur Kodeksning ommaviy
shartnomaga oid shartlari ham tadbiq etiladi. Chunonchi, O‗zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining 358–moddasiga binoan tashkilot tomonidan tuzilgan
hamda uning bunday tashkilot o‗z faoliyati xususiyatiga ko‗ra o‗ziga murojaat
qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo‗lgan tovarlar sotish,
ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‗rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo,
umumiy foydalanishdagi transportda yo‗lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya
bilan ta‘minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo‗yadigan
shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Ushbu modda talablaridan kelib chiqqan
holda ommaviy shartnomaga xos quyidagi belgilarni ajratib ko‗rsatish mumkin:
-
agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‗lsa,
bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan
afzal ko‗rishga haqli emas;
-
tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy
shartnomaning boshqa shartlari hamma iste‘molchilar uchun bir xil qilib
belgilanadi (qonun hujjatlarida iste‘molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar
berilishiga yo‗l qo‗yiladigan hollar bundan mustasno);
36
-
tashkilotning iste‘molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko‗rsatish,
uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo‗la turib ommaviy shartnoma
tuzishdan bosh tortishiga yo‗l qo‗yilmaydi;
-
shartnoma tuzishi majburiy bo‗lgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi
taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan sudga murojaat qilishga
haqli;
-
shartnoma tuzishdan asossiz bo‗yin tovlayotgan taraf shu tufayli etkazilgan
zararlarni boshqa tarafga to‗lashi kerak;
-
qonunda nazarda tutilgan hollarda O‗zbekiston Respublikasi Hukumati
ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo‗lgan
qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin.
Shaxsiy sug‗urta shartnomasi kimning foydasini ko‗zlab tuzilgan bo‗lsa,
o‗sha shaxs sug‗urta pulini olish huquqiga ega bo‗ladi. Agar shartnomada naf
oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‗rsatilmagan bo‗lsa, shaxsiy sug‗urta shartnomasi
sug‗urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi
ko‗rsatilmagan shartnoma bo‗yicha sug‗urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda,
sug‗urtalangan shaxsning merosxo‗rlari naf oluvchilar deb tan olinadi.
Ta‘kidlash lozimki, sug‗urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga,
shu jumladan sug‗urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‗urta qildiruvchi
foydasiga shaxsiy sug‗urta shartnomasi faqat sug‗urtalangan shaxsning yozma
roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‗lmagan taqdirda, sug‗urta
shartnomasi sug‗urtalangan shaxsning da‘vosi bo‗yicha, bu shaxs vafot etgan
taqdirda esa, uning merosxo‗rlari da‘vosi bo‗yicha haqiqiy emas deb topilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |