O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

 
 


12 
1.3. Hayot sug„urtasining O„zbekistonda paydo bo„lishi va
rivojlanishi 
Mamlakatimizda hayot sug‗urtasi sovet tuzumi davrida birmuncha 
rivojlandi. Mamlakat bo‗ylab barcha sug‗urta xizmatlarini, shu jumladan hayot 
sug‗urtasi xizmatlarini yagona davlat sug‗urta tashkiloti (GOSSTRAX) amalga 
oshirdi va natijada mamlakatda sug‗urta bozori va raqobat tushunchalari 
shakllanmadi. Bu esa o‗z-o‗zidan hayot sug‗urtasining rivoji boshqa Evropa, 
Amerika va Yaponiya kabi mamlakatlardan sezilarli darajada orqada qolishiga 
sabab bo‗ldi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin o‗tish davri yillarida 
inflyasiya darajasining birmuncha yuqori bo‗lganligi hayot sug‗urtasi 
xizmatlarining ko‗lami kamayib ketishiga olib keldi. O‗tish davrining yakunlanishi 
va mamlakatimiz o‗rtacha rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi bilan hayot 
sug‗urtasida ham rivojlanish yuz bermoqda. Bugungi kunda O‗zbekiston sug‗urta 
bozorida hayot sug‗urtasi bilan ―O‗zbyokinvest-hayot‖,―Agros hayot‖ ShK, ―Alfa 
life‖ MChJ, ―New life insurance‖ MChJ sug‗urta kompaniyasi shug‗ullanuvchi 
sug‗urta kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.
Sug‗urta kompaniyalarining hozirgi paytdagi muhim vazifalaridan biri 
potensal sug‗urtalanuvchilar orasida sug‗urta madaniyatini oshirish, inflyasiyaga 
qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi. To‗lanayotgan sug‗urta 
qoplamalarini ularning real qiymatidan pasayib ketishidan himoya qiluvchi 
tadbirlarni ishlab chiqish va qo‗llash ayniqsa hayot sug‗urtasida muhim 
hisoblanadi. Bunda bizning qo‗shnilarimiz bo‗lgan Turkiya, Rossiya va 
Qozog‗iston respublikalarining tajribalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Shu bilan birga sug‗urta kompaniyalari o‗z faoliyatlarining moliyaviy 
natijalarini inflyasiyadan himoya qiluvchi turli vositalardan foydalanishlari zarur. 
Bunday tadbirlar chet el sug‗urta kompaniyalari tomonidan ko‗p yillardan beri, 
1968 yilda boshlab ishlab chiqilib va qo‗llanib kelinmoqda. Milliy 
sug‗urtachilarimiz ham o‗z moliyaviy natijalarini himoya qilish texnikalaridan 
ma‘lum darajada foydalanmoqda.


13 
Bugungi kunda hayot sug‗urtasi bo‗yicha to‗plangan sug‗urta 
mukofotlarining o‗rtacha 15-16 foizi sug‗urta qoplamalariga yo‗naltirilmoqda.
Milliy sug‗urta bozorini isloh qilishning muhim yo‗nalishlaridan biri ushbu 
sohani liberallashtirib borish va shu bilan bir vaqtning o‗zida uni tartibga solish va 
nazorat qilishni takomillashtirib borishdan iborat. Jahon tajribasi shuni 
ko‗rsatmoqdaki, tartibga solish normalari va nazorat vositalarisiz amalga oshirilgan 
liberallashtirish, ayniqsa o‗tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun 
bozorda xaosning yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun respublikada 
sug‗urta faoliyatini huquqiy tartibga solish tizimini rivojlantirish vazifasi aktual 
bo‗lib qolaveradi. 
Shuni alohida aytib o‗tish kerak, mamlakatimizda barcha mulk shaklidagi 
sug‗urta kompaniyalari uchun bir xil shart-sharoitlar yaratilgan. Boshqa 
mamlakatlar qonunchiligidan farqli o‗laroq, O‗zbekistonda chet el kapitali 
ishtirokidagi sug‗urta kompaniyalari uchun chegaralar belgilanmagan, ya‘ni 100 
foiz chet el kapitali ishtirokidagi sug‗urta kompaniyasini tashkil qilish uchun ham 
ruxsat berib qo‗yilgan. Shundan kelib chiqqan holda milliy bozorimizda faoliyat 
ko‗rsatayotgan sug‗urta kompaniyalarining to‗rtdan bir qismining muassislari chet 
ellik ishtirokchilar hisoblanadi. 
Hozirgi kunda O‗zbekistonda o‗z tarkibiga umumiy qonunchilik, maxsus 
sug‗urta qonunchiligi va qonunosti hujjatlari, idoraviy me‘yoriy hujjatlar 
kompleksini oluvchi, yetarlli darajadagi ishchan tizim yaratilgan. Bunday 
tizimning mavjudligi sug‗urta bozorining tez suratlar bilan rivojlanishiga olib 
kelmoqda. Ammo shuni unutmaslik kerakki, qonunchilik doimiy ravishda 
takomillashtirib borishni talab qiladi. 
Milliy sug‗urta bozorining holatini tahlil qilganimizda, bozordagi asosiy 
ko‗rsatkichlar bo‗yicha barqaror o‗sish suratlarining majudligini ko‗rish mumkin. 
Bundan tashqari, aytib o‗tish kerak, milliy sug‗urta bozorimiz katta hajmdagi 
potensial sug‗urtalanuvchilarga ega va bu ayniqsa shaxsiy sug‗urta va javobgarlik 
sug‗urta turlarini o‗z ichiga oladi. 


14 
Hayot sug‗urtasi boshqa sug‗urta turlari kabi shartnoma bilan 
rasmiylashtiriladi, unga ko‗ra sug‗urtalanuvchi tomonidan to‗langan sug‗urta 
mukofoti evaziga shartnomada kelishilgan sug‗urta summasini shartnomaning 
amal qilish davrida shartnomada ko‗zda tutilgan holatlar (vafot etish yoki ma‘lum 
yoshga etish) yuz berganda to‗lab berishni sug‗urtalovchi o‗z zimmasiga oladi. 
Shu bilan birga mazkur shartnoma sug‗urtalanuvchining huquq va majburiyatlarini 
ham tartibga soladi. 
Hayot sug‗urtasining quyidagi turlari amaliyotda keng qo‗llanib kelinmoqda: 
vafot etish hodisasidan sug‗urtalash, jamg‗arib boriladigan hayot sug‗urtasi, 
hayotni aralash sug‗urtalash, jamoa sug‗urtasi. Hayot sug‗urtasi shaxsiy 
sug‗urtaning bir bo‗g‗ini sifatida iqtisodiyotning o‗zgaruvchan qismi bo‗lgan 
ishchi kuchi bilan bog‗liq. Ushbu sug‗urta turida sug‗urta himoyasining ob‘ekti 
bo‗lib fuqarolarning hayoti, sog‗ligi va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Mulk 
sug‗urtasidan farqli o‗laroq, hayot sug‗urtasining ob‘ektlari ma‘lum qiymatga ega 
emas.
Hayot sug‗urtasi rivojlangan mamlakatlarda ko‗p yillik tarixga ega va bu 
mamlakatlarda ushbu sug‗urta turi bo‗yicha yetarllicha tajriba to‗plangan. G‗arbda 
sug‗urta insonlar hayotining zarur elementiga aylangan bo‗lib, har bir jamiyat 
a‘zosi sug‗urta polisi olish uchun to‗lov pul mablag‗larini ishonchsiz joyga 
joylashtirish emas, balki turli risklardan himoya vositasi ekanligini tushunib etgan. 
Jahon tajribasida shaxsiy sug‗urta hayot sug‗urtasi, nafaqa yoki renta sug‗urtasi, 
kasalliklardan sug‗urtalash va baxtsiz hodisalardan sug‗urtalashga bo‗linadi. Hayot 
sug‗urtasi o‗z o‗rnida vafot etishdan sug‗urtalash va sug‗urta-jamg‗armadan iborat. 
Jamg‗arib boriladigan hayot sug‗urtasiga yaqin bo‗lgan sug‗urta turi bu sug‗urta-
jamg‗arma hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda hayot sug‗urtasini odatda uzoq 
muddatga tuziladi. Bu muddat kamida 10 yil yoki 15-20 yil va undan oshiqni 
tashkil etadi. Sug‗urta-jamg‗arma turi qoidaga ko‗ra vafot etishdan sug‗urtalash va 
mehnat qobiliyatini yo‗qotishdan sug‗urtalashni o‗z ichiga oladi va sug‗urtalangan 
shaxsning shartnomada ko‗rsatilgan yoshga yetishi sug‗urtalovchining 
shartnomada ko‗rsatilgan summani sug‗urtalanuvchiga to‗lash majburiyatini 


15 
yuklaydi. G‗arb mamlakatlarida ushbu sug‗urta turining yana bir ko‗rinishi mavjud 
bo‗lib, bunda sug‗urta shartnomasining muddati tugagungacha sug‗urtalangan 
shaxs vafot etgan bo‗lsa ham sug‗urta summasi beriladi. AQSHda hayot sug‗urtasi 
bo‗yicha tuzilgan shartnomalarning har ettinchisi sug‗urta-jamg‗arma turi bo‗lsa, 
Angliyada hayot sug‗urtasi shartnomalarining asosiy qismini sug‗urta-jamg‗arma 
turlari tashkil etadi. Hayot sug‗urtasida operatsiyalarni amalga oshirish 
texnologiyasi bo‗yicha ularni uch guruhga bo‗lish mumkin: oddiy, jamoaviy va 
industrial sug‗urta. 
Oddiy sug‗urta turida shartnoma sug‗urtalanuvchining o‗zi bilan shaxsan 
tuziladi, sug‗urtalovchining javobgarligi sug‗urtalanuvchining oila-a‘zolariga ham 
qo‗llanilishi mumkin. Bunday sug‗urta turlarida sug‗urta summalari katta miqdorni 
tashkil etadi. Oddiy sug‗urta turlarini asosan o‗zaro sug‗urtalash jamiyatlari 
amalga oshiradi va bugungi kunda bunday sug‗urta turlari aholining 60 foizga 
yaqinini qamrab olgan. 
Jamoaviy sug‗urta turlari asosan yollanma ishchilarga nisbatan amalga 
oshiriladi, bunda sug‗urta mukofotini ish beruvchi tadbirkor yoki kasaba 
uyushmasi to‗laydi. Bunday sug‗urta turlari aholining 40 foizga yaqinini qamrab 
olgan.
Industrial sug‗urta turlari aholining 30 foizga yaqinini qamrab olgan 
bo‗lsada, uning hajmi yildan-yilga kamayib bormoqda. 
Chet mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda
jamoaviy sug‗urtaning jamg‗arib boriladigan turini rivojlantirish yaxshi samara 
beradi deb hisoblaymiz. Bu sug‗urta turida sug‗urta mukofoti korxona tomonidan 
to‗lanishi kerak va shartnoma muddati 5-yildan kam bo‗lmasligi maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. Shunday sug‗urta turining keng qo‗llanilishi kadrlar 
qo‗nimsizligiga barham beradi va shu bilan birga xodimlarning ijtimoiy 
himoyasini ta‘minlaydi. Albatta bunda sug‗urta kompaniyasi shartnoma shartlarini 
ishlab chiqishda inflyasiya jarayonlarini hisobga olishi zarur. Sug‗urta 
kompaniyalariga bo‗lgan ishonchni ta‘minlash maqsadida hukumat tashabbusi 
bilan, sug‗urta kompaniyalari ajratmalari hisobidan shakllantiriladigan shaxsiy 


16 
sug‗urta turlari bo‗yicha maxsus fond tashkil etilsa, mamlakatimizda ushbu 
sug‗urta turlarining rivojlanishiga keng sharoit yaratilgan bo‗lar edi. 
Hayot sug‗urtasi boshqa sug‗urta turlaridan tubdan farq qiladi. Chunki inson 
hayoti hech qachon baholanmaydi, u inson uchun berilgan bebaho ne‘matdir. U 
yo‗qotilganda dunyoda hech qanday narsa yoki hech qanday pul miqdorini to‗lash 
orqali qayta tiklanmaydi. Shuning uchun ham hayot sug‗urtasida boshqa sug‗urta 
turlaridan farqli o‗laroq sug‗urta puli sug‗urta qildiruvchi (sug‗urtalangan 
shaxs)ning hoxishiga binoan sug‗urtalovchi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hayot sug‗urtasida sug‗urta sub‘ektlari bo‗lib sug‗urtalovchi, sug‗urta 
qildiruvchi, sug‗urtalangan shaxs va naf oluvchilar hisoblanadi. Hayot sug‗urtasi 
shartnomasi faqat sug‗urta qildiruvchi (sug‗urtalangan shaxs)ning foydasiga 
tuziladi yoki uning yozma roziligi bilan naf oluvchi foydasiga ham tuzilishi 
mumkin. Hayot sug‗urtasi shaxsiy sug‗urta turlaridan hisoblanadi. O‗zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksida shaxsiy sug‗urta shartnomasiga quyidagicha 
ta‘rif berilgan: 
Shaxsiy sug‗urta shartnomasi bo‗yicha bir taraf (sug‗urtalovchi) boshqa taraf 
(sug‗urta qildiruvchi) to‗laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‗urta 
mukofoti) evaziga sug‗urta qildiruvchining o‗zining yoxud shartnomada 
ko‗rsatilgan boshqa fuqaro (sug‗urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‗lig‗iga 
zarar etkazilgan, u muayyan yoshga to‗lgan yoki uning hayotida shartnomada 
nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‗urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada 
shartlashilgan pulni (sug‗urta pulini) bir yo‗la yoki vaqti-vaqti bilan to‗lab turish 
majburiyatini oladi. 
Shaxsiy sug‗urta shartnomasi kimning foydasini ko‗zlab tuzilgan bo‗lsa, 
o‗sha shaxs sug‗urta pulini olish huquqiga ega bo‗ladi. 
Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‗rsatilmagan bo‗lsa, 
shaxsiy sug‗urta shartnomasi sug‗urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. 
Boshqa naf oluvchi ko‗rsatilmagan shartnoma bo‗yicha sug‗urtalangan shaxs vafot 
etgan taqdirda, sug‗urtalangan shaxsning merosxo‗rlari naf oluvchilar deb tan 
olinadi. 


17 
Sug‗urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan 
sug‗urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‗urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy 
sug‗urta shartnomasi faqat sug‗urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina 
tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‗lmagan taqdirda, shartnoma sug‗urtalangan 
shaxsning da‘vosi bo‗yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxo‗rlari 
da‘vosi bo‗yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 
Hayot sug‗urtasi shartnomasi amal qilish davri mobaynida sug‗urta 
shartnomasi sug‗urtalangan shaxs vafoti tufayli sug‗urta puli to‗langanda 
tugatiladi, sug‗urta qildiruvchining yoki sug‗urtalovchining tashabbusi bilan 
muddatidan oldin tugatilishi ham mumkin. Shartnoma muddatidan oldin 
tugatilganda sug‗urta qildiruvchi (sug‗urtalangan shaxs)ga qaytariladigan pul 
to‗lab beriladi.
Hayot sug‗urtasining yana bir o‗ziga xos xususiyati hayot sug‗urtasi 
shartnomasining amal qilishi mobaynida sug‗urta qildiruvchi (sug‗urtalangan 
shaxs) o‗z moliyaviy ahvolidan kelib chiqqan holda ikkinchi, uchinchi hayot 
sug‗urtasi shartnomasini bitta sug‗urtalovchida yoki har xil sug‗urtalovchilarda 
tuzishi ham mumkin. Bunday holatda sug‗urta hodisasi yuz berganda 
sug‗urtalovchi har bir tuzilgan sug‗urta shartnomalari bo‗yicha majburiyatlarni 
shartnomalarda belgilangan tartibda to‗laligicha bajaradi. Bu ham hayot 
sug‗urtasining o‗ziga xos boshqa sug‗urta turlaridan farq qiladigan jihatlaridan 
hisoblanadi. Umuman olganda hayot sug‗urtasining ijtimoiyligi, investitsiya 
jarayonlariga ta‘sir etishi sug‗urta tizimida muhim o‗rin tutganligidan dalolat 
beradi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish