O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

 



1-BOB.
HAYOT SUG„URTASINING PAYDO BO„LISHI VA 
RIVOJLANISHI 
 
1.1. Hayot sug„urtasining ilk paydo bo„lish tarixi 
Insonlarning hayot va sog‗ligi bilan bog‗liq risklar bo‗yicha pul fondlarining 
shakllanishi va zararni taqsimlash haqida antik davrga xos bo‗lgan ko‗plab fikr 
mulohazalar mavjud. Dalillarga ko‗ra, Rim professional va harbiy jamoalarining 
kassalarini, shuningdek dafn uchun tashkil etilgan kassalarni ilk o‗zaro kassalar 
deb hisoblashimiz mumkin. Rim jamoasining nizomida oddiy a‘zolariga umumiy 
kassa uchun davriy a‘zolik badallarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan. Bundan 
maqsad shuki, jamoa a‘zolari o‗lim yoki baxtsiz holat yuz bergan holatda dafn 
marosimi xarajatlari, nogironlik xarajatlari, halok bo‗lgan fuqaroning oilasiga 
moddiy yordam ko‗rsatish xarajatlarini ushbu kassadan to‗lab berganlar.
Shuningdek, o‗zaro shaxsiy sug‗urtaning oddiy ko‗rinishi o‗rta asrlarda 
hunarmand tsexlar va gildiyalar doirasida mavjud bo‗lgan. Hunarmandlarning 
o‗zaro sug‗urtasi to‗g‗risidagi ilk qarashlar Angliyada -X asrda, Germaniyada-XI 
asrda, Daniyada-XII asrda paydo bo‗lgan. Tsexlar va gildiyalarning ustavlarida 
a‘zolar o‗rtasidagi barcha o‗zaro aloqalarni tashkil etish tartibi shuningdek a‘zolik 
badallarining to‗lanishi va umumiy kassadan xarajatlarni amalga oshirish tartibi 
keltirib o‗tilgan. Tsex kassasi ko‗p maqsadli xarakterga ega bo‗lib, mulkiy 
zararlarni qoplash uchun ijtimoiy to‗lov bo‗lib ham xizmat qiladi. Tsex kassasi 
dafn xarajatlari, halok bo‗lgan shaxsning oilasiga yordam, og‗ir kasal va 
nogironlarga yordam pullarini to‗lab bergan. 
Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi o‗zaro yordam aloqalariga jiddiy 
ta‘sir ko‗rsatdi va ularni haqiqiy sug‗urta tamoyillari asosida tashkil etilishiga 
zamin yaratdi. Qonun bo‗yicha XV-XVII asrlar Evropada sug‗urta 
munosabatlarining keng tarmog‗i o‗rnatilgan davr deb ataladi. Sug‗urta jamiyati 
bilan bir vaqtda mulkiy risklar va o‗zarolik tamoyillariga asoslangan hayot 
sug‗urtasiga doir turli tashkilotlar vujudga kela boshladi. 1653 yil Fransiyada 
―tontine‖
deb atalgan umrining qolgan qismi bilan bog‗liq lotoreya vujudga keldi. 



XVI asrning oxirlarida Angliyada hayot sug‗urtasining faqatgina o‗z a‘zolarining 
o‗limi holatlarida belgilangan summani to‗lab beruvchi jamiyati rivojlandi. 
Evropada XVII-XVIII asrlar oralig‗ida hayot sug‗urtasi dengiz sug‗urtasiga 
qo‗shilganligi sababli o‗z faolyatining asosiy ko‗rinishiga ega bo‗ldi. Kema va 
yuklarning sug‗urtasi bilan bog‗liq naryadlar kema kapitani bilan hayot sug‗urtasi 
shartnomasi tuzishni taqozo etdi. XVII asr o‗rtalarida Londonda Flit-Strit klubida 
tashkil topgan tahliliy tashkilot Lloyd ushbu turdagi sug‗urta faoliyati bilan 
shug‗ullandi. Ushbu klub a‘zosi bo‗lishni hoxlagan, lyokin, klubga qabul 
qilinmagan ingliz tadbirkori Djeyms Dodson 1663 yilda ilmiy statistika bazasi 
sohasidagi hayot sug‗urtasi bo‗yicha o‗z jamiyatini tuzishga qaror qildi. U 
Londondagi turli xil qabristonlar bo‗yicha barcha ma‘lumotlarni to‗pladi, vafot 
etganlarning o‗rtacha yoshini, ularning yillar bo‗yicha sonini hisobladi va ushbu 
statistik ma‘lumotlardan sug‗urta mukofotini hisoblashda foydalandi. Sug‗urta 
tarixida uning ushbu izlanishlari hayot sug‗urtasi tashkilotlarida ilmiy 
yondashuvning tadbiq etilishida asos vazifasini bajargan deb hisoblanadi. 
Rossiyada hayot sug‗urtasi biroz keyinroq vujudga keldi. XVIII asr 
oxirlarida davlat buyrug‗i bo‗yicha ruscha negizda sug‗urta munosabatlarini joriy 
qilishga urinish boshlandi. 1771 yilda yagona g‗azna to‗g‗risida qonun qabul 
qilindi. Unga ko‗ra bu tashkilot davlat hayot sug‗urtasi bo‗yicha ko‗rsatmalar 
berishi zarur bo‗lgan, ammo bu amaliyotda o‗z tasdig‗ini topmagan. Faqatgina 
1860 yilga kelib birinchi o‗zaro shaxsiy sug‗urta tashkiloti paydo bo‗ldi. Bu 
buyurtmachilar, tipografik va hunarmand ishchilarning o‗zaro sug‗urta jamiyati 
hisoblangan. Davriy sug‗urta to‗lovlarini to‗lash orqali jamiyat a‘zolari kasal 
bo‗lgan, ishsiz, tibbiy yordam olish, kam miqdorda pensiya tayinlangan holatlarda 
mablag‗ olish huquqini qo‗lga kiritganlar.
Hayot sug‗urtasining ilk ildizlari qadimgi Hindistonga borib taqaladi. 
Hindiston xalqi yordamga muxtoj bo‗lganlarga yordam ko‗rsatish maqsadida pul 
fondlari tashkil qilganlar. Ushbu pul fondlaridan yordamga muxtoj bo‗lgan, 
boquvchisini yo‗qotgan aholi qatlamlariga moddiy yordam ko‗rsatganlar. 



Qadimgi Rimda esa bunday pul fondlari ma‘lum bir mehnat faoliyati bilan 
shug‗ullanuvchi mehnat jamoalari orasida jamg‗arilgan. Ular jamg‗arilgan pul 
fondlari hisobidan mehnat jamoasining biror a‘zosi mehnat faoliyati jarayonidagi 
baxtsiz xodisa natijasida kasallansa yoki vafot etsa ularning yaqinlariga moliyaviy 
yordam ko‗rsatganlar.
O‗zining alohida prinsplarini shakllantirgan hayot sug‗urtasining dastlabki 
ko‗rinishlari Evropada XVII-XVIII asrlarda dengiz sug‗urtasiga qo‗shimcha tarzda 
tashkil etilgan. Kemalarni va yuklarni sug‗urtasi bilan birga kema kapitanlarini 
hayoti sug‗urta qilingan, chunki kema kapitanlari kema va yuklarga javobgar shaxs 
hisoblangan. 
Birinchi hayot sug‗urtasi jamiyati Angliyada 1706 yilda tashkil etilgan. XIX 
asr oxirlariga kelib hayot sug‗urtasi jamiyatlari butun G‗arb davlatlari orasida 
shakllanib bo‗ldi. 1846 yilga kelib Rossiyada hayot sug‗urtasini amalga oshiruvchi 
birinchi ―Salamandra‖ deb atalgan sug‗urta jamiyati tashkil topdi. 1918 yilga kelib 
Rossiya sug‗urta jamiyatlari hayot sug‗urtasining yagona bosh qism bo‗lib qoldi. 
1990 yil boshlariga kelib esa hayot sug‗urtasi butun sobiq sovet davlatlari orasida 
yetarlli darajada mashhur bo‗lgan edi.
1917-1990 yilgacha bo‗lgan davrda O‗zbekistonda hayotni sug‗urtalash 
―Gosstrax‖ tomonidan bajarib kelingan. Mustaqillikdan keyin esa sohaga e‘tibor 
kuchaydi. 
O‗zbekistonda hayot sug‗urtasining paydo bo‗lishi va rivojlanishiga 
quyidagilar sabab bo‗lgan deb hisoblash mumkin. 
1) oila boquvchisidan ajralish yoki oila boshlig‗ining daromad olishining 
yo‗qolishidan oilani himoya qilish zarurati; 
2) biznes bo‗yicha hamkorning, korxona rahbarining yoki muhim xodimning 
vafot etishi natijasida korxonaning faoliyat ko‗rsatishining va biznesning 
davomiyligining yo‗qolishidan himoyalanish zarurati; 
3) zayom, ssuda yoki ipoteka krediti olish uchun kafolatga ega bo‗lish; 
4) jamg‗arma tashkil etish; 
5) merosni himoya qilish, jumladan: 



- hayot sug‗urtasi polisi hisobidan meros solig‗ini to‗lash; 
- merosxo‗rlardan biriga meros mulkini o‗tkazishni engillashtirish; 
6) dafn marosimi xarajatlarini to‗lash; 
7) shaxsiy sug‗urtaning sug‗urta mukofotlari va sug‗urta qoplamalari 
bo‗yicha soliq imtiyozlarining mavjudligi, jumladan: 
- to‗langan sug‗urta mukofotlari to‗lanadigan daromad solig‗ining 
kamaytirilishiga olib keladi; 
- sug‗urta qoplamalari soliqdan ozod qilinadi, mulk meros bo‗lib o‗tgan 
holatda meros solig‗i to‗lashdan ozod qilinadi va boshqa shu kabi soliq imtiyozlari 
bo‗lishi mumkin. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish