O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

4.2. Risklar klassifikatsiyasi 
Risklar klassifikatsiyasi risk tushunchasining o‗zini tadqiq qilishdan farq 
qilib, bunda biz barcha risk turlarini ko‗rib chiqishimiz va ularni guruhlarga 
ajratishimiz zarur. Turli xildagi risk klassifikatsiyalaridan biz quyidagi uchta 
risklar klassifikatsiyasi bo‗yicha to‗xtalib o‗tamiz: 
1.
Moliyaviy risklar. 
Risk ma‘lum bir holatni ko‗zda tutadi va bunda mazkur holatning yuz 
berishi oqibatlarining noaniqligi mavjud. Moliyaviy riskda natija pul birligida 
o‗lchanishi mumkin va bunda u kutilgan natijani qiymatini belgilashi mumkin. 
Moliyaviy risk termini bunday ta‘rifda riskning o‗zining tabiatidan ko‗ra ko‗proq 
natijaga taalluqli bo‗ladi. 


51 
Buni mulkning moddiy zaralanishi, o‗g‗irlanishi yoki yong‗in natijasida 
biznesdagi foydaning yo‗qotilishi holatlarida ko‗rish mumkin. Biror bir shaxsga 
etkazilgan zarar natijasidagi yo‗qotishlarni ham pul ko‗rinishida o‗lchash mumkin. 
Zarar etkazilgan holatda uni baholash sud orqali yoki advokat va sug‗urtalovchi 
o‗rtasidagi kelishuv asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunday holatlarning 
barchasida riskli holatlarning oqibati moliyaviy baholash orqali baholanishi 
mumkin. 
Yana boshqa holatlar mavjud bo‗lib, baholashga bunday yondoshuvning iloji 
yo‗q. Masalan, yangi avtomobil sotib olish yoki restoran taomnomasidan taom 
tanlash holatlarini ko‗rib chiqaylik. Bunda ham riskli holatlar yuzaga kelishi 
mumkin, ammo ularning natijasi moliyaviy yo‗qotishlar emas, balki, sotib olingan 
avtomobilda qulayliklarning kamligi yoki tanlangan taomning ma‘qul kelmasligi 
kabi natijalar yuzaga kelishi mumkin. Yana boshqa holatlar, masalan hayotda 
muhim ijtimoiy qarorlar qabul qilish – bular ham nomoliyaviy risklar qatoriga 
kiradi, ya‘ni biror kasbni tanlash, o‗ziga bolalari bor turmush o‗rtoq tanlash. Bular 
insonga moddiy ta‘sir ko‗rsatishi yoki ko‗rsatmasligi mumkin. Ammo muhimi bu 
holatlarning natijasi moddiy jihatdan emas, balki ma‘naviy o‗lchamlar bilan 
o‗lchanadi. Biznes dunyosida biz asosan moddiy jihatdan o‗lchanadigan risklarga 
duch kelamiz. 
2.
Sof va spekulyativ risklar. 
Risklarning ikkinchi klassifikatsiyasi ham oqibatlar bilan bog‗liq. Bunda bir-
biridan farqli ikki xil natija bo‗lishi mumkin, bular birinchisi faqat zarar ko‗rish, 
ikkinchi holatda natija foyda bilan tugashi ham mumkin. Sof risklar deganda 
natijasi zarar yoki uning yaxshi holati zararsizlik bo‗lishi mumkin. Ya‘ni riskning 
yuz berishi natijasida biz uchun noxush holat yuzaga kelishi yoki oldingi holat 
saqlanib qolishi mumkin. Sof risklar sifatida avtomobil avariyasi, fabrikada 
yong‗in, do‗kon yoki ombordan tovarlarning o‗g‗irlanishi, ishda jarohat olish 
kabilarni misol keltirish mumkin. Bu holatlarning birortasida yutuq bo‗lishi 
mumkin emas. Yuqoridagi holatlar yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin. 


52 
Agar hodisa yuz bermasa holat o‗zgarmaydi, hech kim hech narsadan yutuq 
ko‗rmaydi. 
Bunga muqobil sifatida spekulyativ risklar bo‗lib, bunday holatda yutuq 
imkoniyati mavjud. Bunga yaxshi misol qilib aksiya sotib olishni keltirish 
mumkin. Aksiya sotib olishga pul tikish zararga yoki hech bo‗lmaganda zarasiz 
chiqishga olib kelishi mumkin. Mazkur ishga qo‗l urishdan maqsad kelajakda 
foyda ko‗rishdan iborat. 
Biznes dunyosida sof risklar ham, spekulyativ risklar ham mavjud. Misol 
tariqasida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‗rib chiqamiz. Ishlab 
chiqaruvchi shaxs maxsus jihozlar va texnologik liniyalarga ega bo‗lgan katta 
fabrikaga ega. U ichki bozor va eksport uchun turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqaradi. Mazkur yo‗nalish bo‗yicha sof va spekulyativ risklarning yuz 
berish ehtimolligini ko‗rib chiqamiz: 
-
fabrikaning, uning mexanizmlarining, inventarlari yoki xom-ashyo 
zahiralari turli ko‗rinishdagi zararlanishlarga uchrashi mumkin. Bu zararlanishlar 
yong‗in, portlash, dovul, kuchli shamol, ataylabdan zarar etkazish va boshqa 
xavflar natijasida yuz berishi mumkin; 
-
bundan tashqari o‗g‗irlik sodir etilish riski mavjud. Tayyor mahsulot, 
xom-ashyo yoki hatto fabrika jihozlari o‗g‗irlab ketilishi mumkin. Qo‗pol 
qonunbuzarlarning yangilik yaratuvchiligini tushunish uchun sug‗urta 
industriyasida uzoq ishlashga hojat yo‗q; 
-
javobgarlikning ham tarkibida potensial xavflar mavjud. Ishlab 
chiqaruvchi o‗z ishchi va xodimlarining ishda jarohat olishi yoki tashrif 
buyuruvchilarning jarohat olishi yoki mulkiga zarar yetishi bo‗yicha javobgar 
bo‗lib qolishi mumkin. Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi sifatida uni iste‘mol 
qiluvchilarning qandaydir darajada zararlanishi bo‗yicha javobgarlikka ega; 
-
agar fabrikada yong‗in yuz bersa, bu ishlab chiqarishning uzilishiga olib 
keladi va bu o‗z navbatida foydaning kamayishiga sabab bo‗ladi. Bu yerda sof va 
spekulyativ risklar o‗rtasidagi farqni ko‗rsatishga asosiy e‘tibor qaratilgan bo‗lib, 


53 
bundan maqsad, sof risklarning sug‗urtalanishi mumkinligi va spekulyativ 
risklarning sug‗urtalanishi mumkin emasligini ko‗rsatib berishdan iborat.
Sug‗urtaga xos umumiy kamchilik sifatida shuni aytib o‗tish kerakki, 
natijasi yutuq bo‗lishi mumkin bo‗lgan risklar sug‗urtaga qabul qilinishi mumkin 
emas. Nima uchun bunday ekanligini ko‗rish va tushunish qiyin emas. Yutuqqa 
erishish ilinjida spekulyativ risklarga ixtiyoriy ravishda qo‗l urishadi. Agar 
mijozning besamar harakatlari uchun sug‗urta kompaniyasi to‗lab bersa, ushbu 
yutuqqa erishish maqsadida harakat qilishga intilish katta bo‗lmas edi. Ta‘sir 
etuvchi faktorlarga xos terminlar asosida shuni aytish mumkinki, bunday holatda 
eng yuqori nomoddiy risk sug‗urtalangan bo‗lar edi. 
Ammo shuni aytib o‗tish kerakki, spekulyativ riskdan keyin hosil bo‗lishi 
mumkin bo‗lgan sof risk sug‗urtalash uchun yaraydi. Demak, biror bir 
kompaniyaga pul tikish natijasida ushbu mablag‗ni yo‗qotish riskidan 
sug‗urtalanish mumkin emas. Bu risk foyda keltirishi ham foyda keltirmasligi ham 
mumkin. 
3.
Fundamental va maxsus risklar. 
Risklarning ushbu klassifikatsiyasi sabab va oqibatga taalluqlidir. 
Fundamental risklar – bu biror shaxs yoki guruhning aybi yoki xatosi bilan yuz 
bermaydi. Fundamental riskning oqibatlari ko‗p sondagi odamlarga o‗z ta‘sirini 
ko‗rsatadi. Bunday risklarga yer qimirlashi, suv bosish, ochlik, vulqonlarning 
harakatga kelishi va boshqva tabiiy hodisalarni misol keltirish mumkin. Ammo 
fundamental risklar sifatida faqat tabiat hodisalarini hisobga olish noto‗g‗ri bo‗ladi. 
Ijtimoiy o‗zgarishlar, siyosiy aralashuvlar yoki urush holatlari ham fundamental 
risklar sifatida qaralishi mumkin. 
Shaxsning harakati bilan bog‗liq bo‗lmagan va ta‘sir doirasi keng bo‗lgan 
bunday risklardan tashqari maxsus risklar ham mavjud bo‗lib, ularning sabab va 
oqibatlari ko‗proq alohida shaxslar bilan bog‗liq bo‗ladi. Bunday risklarga 
yuqorida tilga olingan yong‗in, o‗g‗irlik, ishlab chiqarishga zarar yetishi va jarohat 
olish, avtomobio avariyalari kabilarni kiritish mumkin. 


54 
Maxsus risklar asosan sug‗urta qilishga yaraydigan risklar qatoriga kirsa, o‗z 
o‗rnida fundamental risklar buning aksi bo‗lib hisoblanadi. Ammo bu fikrda keskin 
turib olish ham yaramaydi, chunki sug‗urta bozoridagi qarashlar vaqt o‗tishi bilan 
o‗zgaradi. Shuni aytish mumkinki, fundamental risklar – bu shunday risklarki, ular 
nazorat qilinmaydi, qamrovi keng, hamma uchun bir hil ta‘sir ko‗rsatadi, uning 
oqibatlari uchun butun jamiyat javobgar bo‗ladi. Ko‗p hollarda geografik faktor 
muhim rol o‗ynaydi. Bu ayniqsa zilzila va suv toshqinlariga taalluqli. Dunyoning 
juda ko‗p joylarida sug‗urtalovchilar bunday risklarni fundamental risk deb 
hisoblaydi va sug‗urtaga qabul qilib bo‗lmaydi deb hisoblashadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish