O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Hayot sug„urtasiga xos risklar va ularning sug„urta



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

 
4.3. Hayot sug„urtasiga xos risklar va ularning sug„urta
shartnomalariga kiritilishi

Sug‗urtaning asosiy tamoyili – riskni uzatish mexanizmi sifatida faoliyat 
ko‗rsatshdan iborat. Riskni uzatish bilan bir qancha imkoniyatlar yuzaga keladi.
1.
Himoya. Himoya tushunchasining ko‗pgina xususiyatlari risk tushunchasi 
haqidagi qismda ochib berilgan edi. Riskni uzatish insoning kasallanishi yoki 
travma olishi holatlarini bartaraf eta olmaydi, ya‘ni bu bilan insonni uning hayoti 
bilan bog‗liq xavflardan himoya qilishning iloji yo‗q. Haqiqatda nimani himoya 
qilish mumkin – bu shaxsning mulki (yoki korporativ tashkilotning). Emotsional 
yoki jismoniy ta‘sirlanish yoki kasallanish insonnig bilimi, uquvi va imkoniyatlari 
yetarlli bo‗lgan holatda oldini oluvchi tadbirlarni qo‗llash orqali ma‘lum darajada 
kamaytirilishi mumkin, ammo baribir infeksiyalar va sog‗liqning kuchsizlanishi 
unga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Inson yoki biznesmenlar guruhi sug‗urta polisini 
sotib olish orqali o‗z mulkini (daromadi va egaligidagi mulklarni) insonlar 
ta‘siridan (o‗g‗irlik yoki ataylabdan zarar etkazish), baxtsiz hodisadan (yong‗in 
yoki o‗tayotgan transport bilan zarar etkazish), to‗fon yoki suv bosishi, kasallanish 
yoki mehnat qobiliyatini yo‗qotishdan himoyalashi mumkin. Shunday qilib 
insonning moddiy imkoniyatlari uning sog‗ligi yoki aqli pasaygan holatda ham 
himoya qilinishi mumkin.


55 
Risk, biz yuqorida ko‗rganimizdek, birinchi o‗rinda baxtsiz hodisalarni 
baholashga taalluqli bo‗lib, ular yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin. 
Riskni baholash insoning aqli, tanasi va mulki yoki kompaniyaning mulki bilan 
bog‗liq ko‗p sondagi holatlarda qo‗llaniladi. Bitta sug‗urta paketining sug‗urta 
polisida bir nechta risklar ko‗zda tutilgan bo‗lishi mumkin. Ammo, ularning 
barchasi oxir oqibatda baxtsiz hodisalar bo‗lib, ularning yuz berishi natijasida 
natijasida insonig mulki, tanasi va sog‗ligiga zarar yetishi mumkin. Sug‗urta orqali 
sog‗lig‗ini tiklash zarurati yuzaga kelgan insonnig tanasiga, sog‗ligiga yoki 
mulkiga etgan zararni qoplash maqsadida yoki nogironni unga har toomnlama 
qulay sharoitda saqlab turish maqsadida uning moddiy holatini himoya qiladi. 
Mehnatga qobiliyatsizlik yoshiga etgan insonlarning daromadi himoya 
shakli sifatidagi pensiyalar orqali ta‘minlanadi. Bu esa shaxsiy pensiya va pensiya 
ta‘minoti bilan bog‗liq loyihalarni sug‗urta ob‘ektlari sirasiga kiritishning to‗g‗ri 
ekanligini ko‗rsatadi. Bundan tashqari, himoya tushunchasi, risk yuz berishi 
natijasida sug‗urtalanuvchining zarar ko‗rgan mulkini oldingi holatga qaytarish 
uchun (yoki ba‘zi holatlarda xuddi shunday ko‗rinishdagi mulk bilan ta‘minlash) 
zarur bo‗ladigan mablag‗ bilan ta‘minlashni nazarda tutadi. Endi biz ―mulk‖ 
terminiga aniq tushuncha berishimiz zarur. Mulk – bu mulkdor egalik qilayotgan 
barcha naarsalardir.
Shaxs yoki kompaniyaning mulki sifatida quyidagilar qaralishi mumkin: yer, 
bino, mebel, bank hisobvaraqlari, kiyim, sanoat aksiyalari, muzlatkichdagi oziq-
ovqatlar, o‗zi tomonidan yozilgan asarlarga mualliflik huquqi, avtomobil
ishlanmalarga patentlar va boshqa minglab narsalar. O‗zidagi mavvjud mulklardan 
foydalanish natijasitda oladigan daromadla qiymati ham sug‗urtalanishi mumkin. 
Mulk egasi o‗z mulkini ma‘lum bo‗lgan barcha risklardan o‗zi xoxlagan 
darajagacha sug‗urtalashi mumkin. Sug‗urtalash qiymati sug‗urta mukofoti orqali 
to‗lanadi. 
2.
Qiymat. Ko‗pgina munosabatlarda sug‗urta ishida muhim hisoblanuvchi, 
ammo hozirga qadar yetarlli darajada e‘tibor qaratilmayotgan tushuncha bu qiymat 
masalasidir. Iqtisodiyot nazariyasiga ko‗ra qiymat tushunchasi narsaning bozorda 


56 
sotilayotgan bahosiga nisbatan ―ayirboshlash qiymati‖ sifatida tushuniladi. 
Bunday konsepsiya sug‗urta nuqtai-nazaridan qaraganda umuman yetarlli emas. 
3.
Zamonaviy qiymat. Odamlarning sug‗urtalanayotgan boyliklari va 
narsalarining asosiy qismi har doim ham bozorda sotilavermaydi. Ikkinchi 
tomondan, 1932 yildan boshlab, deyarli barcha mamlakatlarda bozorda 
sotilayotgan narsalarning narxi oshib kelmoqda.
Sug‗urta da‘volarini qondirishning asosiy prinsipi – bu shunday aniqlanishi 
mumkin bo‗lgan qoplama: sug‗urtalangan riskning harakatga kelishi natijasida 
mulkka etkazilgan zararni aniq va tshliq kompensatsiya qilish (shu bilan birga 
insonning aqliy va jismoniy holatiga ta‘sir ko‗rsatilgan holatlar), ko‗p hollarda bu, 
mulk egasiga ushbu mulkni ta‘mirlash yoki o‗xshashini sotib olish hisobiga mulk 
holatini oldingi holatga qaytarishimkonini beradi. Yetarllicha qoplamani 
ta‘minlaydigan mablag‗ miqdori qanday aniqlanadi? Sug‗urtalangan va sug‗urta 
hodisasiga uchragan mulk bozorda zaraga uchramagan o‗rnini bosuvchi mulkka 
nisbatan past narxda sotilishi mumkin. Ammo mazkur mulk egasi tomonidan ko‗p 
yildan beri foydalanib kelinayotgan bo‗lsa va har yili yuz berayotgan inflyasiya 
hisobiga hozirgi narxi oshib ketgan bo‗lishi va natijada zarar ko‗rgan bo‗lishiga 
qaramasdan birlamchi qiymatidan yuqori narxda sotilishi mumkin. O‗rnini 
bosuvchi predmetning bugungi kundagi narxi uning tarixiy narxidan, yoki zarar 
ko‗rmagan holatdagi narxidan albatta yuqori. Faqat bitta istisno bo‗lishi mumkin, 
ya‘ni yuqori texnologiyalar asosida yaratilayotgan narsalarning narxi o‗tgan yilgi 
narxdan past bo‗lishi mumkin. Zararni qoplash uchun sug‗urtalovchi hozirgi 
zamon narxida to‗lovni amalga oshirishi kerak. 
Bu shuni anglatadiki, sug‗urtalovchi tomonidan olinayotgan sug‗urta 
mukofotini yangi sug‗urta shartnomasini tuzayotganda yoki eskisini 
yangilayotganda albatta qayta ko‗rib chiqishi zarur (bu odatda bir yilda bir marta 
amalga oshiriladi). Bu tuzilgan shartnomalarda ko‗rsatilgan risklar yuz berishi 
natijasida ko‗rilgan zararlarni to‗liq qoplash, ma‘muriy xarajatlarni amalga oshirish 
va ma‘lum darajada foyda olishni ta‘minlaydiga sug‗urta fondini tashkil etish 
imkonini beradi.


57 
Sug‗urtalovchilar uchun sug‗urtalanuvchi mulkining zararini faqat naqd 
pulda emas, balki o‗rnini bosuvchi shunday mulk bilan qoplash huquqini saqlab 
qolish zarurati muhim bo‗lib bormoqda. Turib qolgan va hisobdan chiqarilgan 
avtomobildan yangi avtomobilning qiymati yuqori albatta. Ammo, bir yilda yuzlab 
avtomobillarning zararini qoplab beruvchi sug‗urtalovchi uchun bu zararlarning 
hammasi uchun turib qolgan avtomobillar sotib olishga etadigan naqd pul to‗lash u 
tomonidan qabul qilingan to‗g‗ri qaror bo‗lmaydi. Avtomobil sotuvchi dilerlar 
turib qolgan avtomobillarni sotishdan foyda ko‗radilar. Sug‗urtalovchi uchun 
sug‗urtalanuvchiga naqd pul to‗lashdan ko‗ra turib qolgan avtomobillarni tarqatish 
foydali. Bunday qaror bir vaqtlar odat bo‗lgan remont ustaxonalari va 
sug‗urtalanuvchilar o‗rtasida ta‘mir uchun haqni baland belgilash to‗g‗risidagi 
xufyona kelishuvlarga chek qo‗yadi. Sug‗urtalovchi sug‗urtalanuvchi uchun undan 
olinadigan sug‗urta mukofotini mumkin qadar past darajada saqlab turish uchun 
harakat qiladi, ammo yuqoridagi holatlar yuz berganda buni amalga oshirishning 
iloji bo‗lmaydi. Bunga erishish uchun sug‗urtalovchi sug‗urtalanuvchiga uning 
oshirib ko‗rsatgan zararini emas, haqiqiy zararini to‗lab berishi kerak.
Agar sug‗urtachi sug‗urtalanuvchilarning ko‗rgan zararlarini sug‗urta 
fondidan kam xarajat qilgan holda qoplash maqsadida turib qolgan avtomobillar, 
uylar mexanizmlar va boshqa narsalarni alohida shartlar asosida sotib olishni 
kelishib olsa, qiymatni aniqlashning bu shakli iqtisodiyot bo‗yicha darsliklarda 
keltirilgan narxning shakllanish tizimi munosabatlariga hech qanday aloqasi 
bo‗lmaydi. Kelajakda sug‗urtalangan mulklarning asaosiy qismini da‘volar 
bo‗yicha baholashda shunday usul qo‗llaniladi. Shuning uchun qiymatni 
aniqlashning bunday shakli sug‗urta shartnomalarida bundan keyin yanada ko‗proq 
uchrayveradi va bu o‗z o‗rnida sug‗urta mukofotlarida ham o‗z aksini topadi. 
Sug‗urtalanuvchilar ham qiymatni belgilashning bu turini borgan sari ko‗proq tan 
oladilar va shu asosda o‗zlarining qancha mulkini sug‗urtalash va o‗zlarini 
sug‗urtalashni o‗ylab ko‗radilar. 
Ko‗plab ob‘ektlarning bozor qiymati murakkab mexanizmlar asosida 
aniqlanadi. Biror bir ob‘ekt ma‘lum bir narxda sotilganda shunday kategoriyadagi 


58 
mulklarning boshqa egalari ham o‗z mulkini shunday qiymatda deb hisoblashadi 
(masalan bir ko‗chadagi bir xil konstruksiyadagi uylar) Banklar ham o‗z 
kreditlarini biror uyga nisbatan taklif qilganda shunday ko‗rinishdagi boshqa uy
qiymatidan kelib chiqib kredit qiymatini belgilashadi (boshqa mulklarga nisbatan 
ham shunday). Bank ko‗p hollarda garovga qo‗yilayotgan mazkur mulkni egasidan 
sug‗urtalashni talab qiladi. Bundan maqsad kredir amal qilishi davomida mulkka 
biror zarar etganda to‗lanmay qolgan kreditni shu mulk hisobidan qoplashdan 
iborat.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish