Nazorat savollari:
1. Hayotni uzoq muddatli sug‗urtalashda sug‗urta shartnomasining asosiy
shartlari nimalardan iborat?
2. Hayotni sug‗urtalashda sug‗urtalovchi va sug‗urtalanuvchilarga qanday
soliq imtiyozlari taqdim etilgan?
3. Bonus to
„
lovli hayot sug
„
urtasining asosiy mohiyati nimadan iborat?
4. Hayotni sug‗urtalashda sug‗urta mukofoti to‗lovini to‗lash qaysi
muddatda amalga oshirilishi kerak?
5. Hayotni uzoq muddatli sug‗urtalashda sug‗urta shartnomasi kamida va
ko‗pi bilan qancha muddatga tuziladi?
210
14-BOB. HAYOT SUGU‟URTASINING MAJBURIY TURLARI.
ANNUITET SUG„URTASI
14.1. Hayot sug„urtasida annuitet tuashunchasi va annuitet
shartnomasining asosiiy shartlari
Annuitet
-
renta va nafaqalarni sug‗urtalashning hamma turlarini
umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug‗urtalanuvchi sug‗urta kompaniyasiga bir
vaqtning o‗zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug‗urta mukofotlarini
to‗laydi. Keyin sug‗urtalanuvchi butun hayoti davomida sug‗urta kompaniyasidan
daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning yillik
daromadini sug‗urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Fransiyada va AQSHda
keng rivojlangan.
Boshqacha qilib aytganda annuitet – sug‗urta shartnomasi bo‗lib, u
sug‗urtalangan shaxsning bir zumli to‗langan mablag‗i evaziga hayotining bir
qismi davomida yillik to‗lanadigan renta hisoblanadi.
Odatiy hayot sug‗urtasida sug‗urta qoplamasi sug‗urtalangan shaxs vafot
etganida to‗lansa, annuitetlar sug‗urtasida buning aksi bo‗lib, sug‗urta qilingan
shaxs toki hayot bo‗lgunigacha sug‗urta qoplamasi to‗lab boriladi. Amaliyotda
yillik renta har chorak yoki har oyda to‗lab borilishi kerak, lekin bu renta, to‗lab
borilgan bir yillik rentaning umumiy hisobiga teng bo‗ladi.
Odatda bir martalik kirimning to‗lovini to‗lash uchun sug‗urta mablag‗lari
yoki yig‗ib borilgan hayotni sug‗urtalash mablag‗lari ishlatiladi. Ba‘zan annuitetlar
xaridini muddatli to‗lab berishga ruxsat etiladi.
Annuitetlar quyidagi ko‗rinishlarga ega:
Prenumerando (oldindan to‗lov);
Postnumerando (kechiktirilib beriladigan to‗lov);
Birinchi holatda, belgilangan kundan to‗lov amalga oshiriladi, ya‘ni yilning
boshi, chorakning boshi yoki oyning boshiga to‗g‗ri keladi.
Ikkinchi holatda, to‗lovlar to‗lov muddatining oxirida amalga oshadi.
211
Ko‗p hollarda annuitetlarni nafaqaga chiqish oldi yoki farzandlar ta‘limini
to‗lash uchun sotib olinadi (3-shaxs foydasi uchun).
Annuitetlarning sug‗urta narxini aniqlash uchun aholinig yuqori sog‗lomlik
ko‗rsatkichi va vafot etish koeffitsientli jadvallaridan foydalaniladi.
Quyidagi turdagi annuitetlar mavjud
27
:
Oddiy annuitet.
Bir martalik to‗lovi asosida sug‗urtalanuvchiga umrboqiy bir yillik renta
to‗lanadi.
Kechiktiriladigan annuitet.
Shartnomani imzolayotganda, imzolash vaqti va rentalarni to‗lash vaqti aytib
o‗tiladi. Kechiktirilgan vaqt uchun muddatli daromadlar belgilanadi.
Sug‗urtalanuvchiga bu daromadlar annuitetlarni to‗lash uchun beriladi.
Tez annuitet.
Sug‗urta shartnomasida belgilangan muddat yoki vafot etish holatida renta
to‗lovlarini to‗lash ko‗zda tutilgan (qaysi bir hodisa tez amalga oshishi inobatga
olinadi).
Kafolatlangan annuitet.
Shartnomada kafolatlangan muddatgacha sug‗urtalanuvchining hayot yoki
qazo bo‗lishiga qaramay renta to‗lovi amalga oshadi.
Shunday qilib, mabodo sug‗urtalanuvchi kafolatlangan muddatgacha vafot
etsa, renta to‗lovlarini shartnomada belgilangan muddatgacha merosxo‗rlar oladi.
Umumiy renta mablag‗i merosxo‗rlarga bir martada to‗lanishi ham mumkin.
Mablag‗larni himoya qilish annuitetlari.
Bu shartnomaga binoan sug‗urtalanuvchi yoki merosxo‗rlar to‗liq to‗lab
borilgan mablag‗ni olishadi. Sug‗urtalanuvchiga umrboqiy foyda to‗lovi
kafolatlanadi. Agarda sug‗urtalanuvchi oldinroq vafot etsa, umumiy to‗lanadigan
rentaning hisobi merosxo‗rlarga mablag‗dan qolgan farq sifatida to‗lab beriladi.
O‗sib boruvchi summali annuitetlar.
27
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003.
212
Inflyasiya jarayonlarining mavjudligi va shartnoma muddatlarining uzoqligi
tufayli sug‗urtalanuvchiga to‗lanadigan qoplamalar o‗z qiymatini yo‗qotib boradi.
Shuni hisobga olgan holda ba‘zi sug‗urta kompaniyalari inflyasiya darajasidan
kelib chiqqan holda o‗sib boruvchi summali annuitetlarni qo‗llay boshlashdi. Ba‘zi
sug‗urta kompaniyalari esa iste‘mol indekslarini qo‗llash orqali sug‗urta
summalarini indeksatsiyalashni amalga oshirishmoqda.
Bu annuitetlar oddiy annuitetlarga nisbatan kam boshlang‗ich to‗lovlarni
ko‗zda tutadi.
Hayotni birgalikda sug‗urtalash va oxirgi yashab qoluvchi uchun
annuitet.
Pensiya ta‘minotini amalga oshirish zaruratidan kelib chiqib, er-xotindan biri
vafot etganda ham ikkinchisi qoplamalarni olishini ta‘minlash maqsadida bir yo‗la
ikki kishining hayotini sug‗urtalash bilan bir vaqtda annuitetlar sug‗urtasi ham
amalga oshiriladi. Bu shartnomaga binoan er-xotindan biri vafot etgan taqdirda
qoplamalar odatda to‗liq saqlab qolinadi yoki ba‘zi hollarda uchdan biriga
qisqarishi mumkin.
Bu annuitetlar oldindan yoki sug‗urta hodisasidan keyin, proporsional yoki
noproporsional, kafolatlangan summa bilan yoki oddiy annuitetlar kabi to‗lanishi
mumkin.
Pensiyaga chiqish uchun annuitetlar.
Inson pensiya yoshiga etganda pensiya rejasi bo‗yicha yig‗ilgan sug‗urta
qoplamasi annuitetlarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin. Bunday qoidalar
Angliya pensiya tizimida mavjud.
Ushbu qoidaning o‗ziga xos xususiyatlari:
- shartnoma kim bilan tuzilganligidan qat‘iy nazar, yig‗ilgan summa hayot
sug‗urtasi bilan shug‗ullanuvchi sug‗urta kompaniyasi yoki o‗zaro sug‗urtalash
jamiyatidan annuitetni sotib olish uchun ishlatilishi shart. Annuitet 50-70 yoshlar
oralig‗ida kuchga kirishi zarur. Quyidagi holatlarda 50 yoshdan oldin ham kuchga
kirishi mumkin:
213
- agar inson aqliy imkoniyatlar yoki jismoniy holati bilan bog‗liq yuzaga
kelgan kamchiliklar natijasida o‗z xizmat vazifasini bajara olish imkoniyati
yo‗qolsa yoki inson egallab turgan vazifa bo‗yicha ertaroq yoshdan pensiyaga
chiqish tartibi belgilangan bo‗lsa;
- annuitet insonning qachon ishni to‗xtatganligidan qat‘iy nazar, 50 yoshdan
70 yoshgacha bo‗lgan har qanday vaqtda to‗lab boshlanishi mumkin;
- annuitet faqat hali hayot bo‗lgan shaxsga beriladi va uni oluvchining shaxsi
o‗zgartirilishi yoki muddatidan oldin sotib olinishi mumkin emas;
- to‗lanayotgan annuitetning qolgan qismi sug‗urtalangan shaxs vafot
etgandan keyin o‗n yil davomida uning merosxo‗rlariga berilishi mumkin;
- sug‗urtalangan shaxs o‗zi vafot etgandan keyin uning turmush o‗rtog‗i yoki
qaramog‗idagilardan biriga berish maqsadida kamaytirilgan annuitet olish
huquqiga ega.
Bunday qoidalar ba‘zi o‗zgarishlar bilan boshqa mamlakatlarda ham
qo‗llanib kelinmoqda.
O‗zbekiston Respublikasida annuitet sug‗urtasining majburiy turi
O‗zbekiston Respublikasining 2009 iyul 16 apreldagi «Ish beruvchining fuqarolik
javobgarligini majburiiy sug‗urtasi to‗g‗risida» gi O‗RQ-210-sonli qonuniga,
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ish beruvchining fuqarolik
javobgarligini majburiiy sug‗urta qilish to‗g‗rsida» gi O‗zbekiston Respublikasi
qonunini joriiy etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 177-sonli qaroriga hamda
O‗zbekiston Respublikasining 2005 iyil 11 fevraldagi «Mehnat vazifalarini
bajarishi bilan bog‗liq ravishda hodimlarga etkazilgan shikastlar, kasbiiy
kasalliklar yoki sog‗liqiga boshqa zararlarni qoplash qoidalari»ga muvofiq amalga
oshiriladi.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiiy sug‗urta shartnomasi
bo‗yicha jabrlanuvchi yoki zararni qoplanishiga haqli shahsning zararlari bir yildan
ortiq muddatda qoplanishi belgilangan hollarda Ish beruvchi uning hisob raqamiga
pul mablag‗lari kelib tushgan kundan e‗tiboran yetti ish kuni ichida annutitet
shartnomasini tuzishi shart.
214
Annuitet shartnomasi bo‗yicha sug‗urta kompaniyasi annuitet shartnomasida
kelishilgan to‗lov uchun (sug‗urta mukofoti) sug‗urta puli chegarasida bir yildan
ortiq muddatga joriiy to‗lovlar ko‗rinishida sug‗urta qoplamasini quyidagicha
tegishli shahsga to‗laydi:
- mehnat jarohatini olish bilan bog‗liq ravishda uning sog‗liqiga etkazilgan
zarar, ish vazifalarini bajarish bilan bog‗liq kasb kasalligi uchun jabrlanuvchiga;
- ish vazifalarini bajarish bilan bog‗liq ravishda hodim vafot etganda
sug‗urta qoplamasini olishga haqli naf oluvchiga.
Annuitet shartnomasining asosiiy shartlari:
1. Annuitet shartnomasi jabrlanuvchi mehnatga layoqatini yoqotgan ma‗lum
muddatga yoki naf oluvchi boquvchi-hodimning vafot etishi munosabati bilan
qoplama olishga haqqi bo‗lgan muddatga tuziladi.
2. Sug‗urta mukofotining to‗lovi butun sug‗urta muddati uchun Ish beruvchi
tomonidan bir vaqtning o‗zida to‗liq amalga oshiriladi.
3. Sug‗urta qoplamasining miqdori ish haqining miqdoriga bog‗liq. Annuitet
shartnomasi bo‗yicha sug‗urta qoplamasi quiyidagi ko‗rinishda to‗lanadi:
- jabrlanuvchining mehnatdagi jarohatgacha bo‗lgan o‗rtacha oylik ish
haqining mehnat qobilijatini yoqotish yoki kasb kasalligi darajasiga mos
foizlaridagi oylik to‗lovlar;
- vafot bo‗lgan shahsning ulushi va uning qaramogida bo‗lgan, lekin zararni
qoplanishiga haqli bo‗lmagan mehnatga layoqatli shahslarning ulushini chegirib
qolgan holda o‗rtacha oylik ish haqi miqdoridagi oylik to‗lovlar.
Annuitetlar shartnomasi ommaviy shartnomadir. Annuitetlar shartnomasi
bo‗yicha sug‗urtalovchi annuitetlar shartnomasida shartlashilgan haq (sug‗urta
mukofoti) evaziga, sug‗urta puli doirasida tegishincha:
-
jabrlanuvchiga u o‗z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‗liq holda
mehnatda mayib bo‗lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‗lig‗ining boshqacha
tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‗lig‗iga etkazilgan
zarar uchun;
215
-
xodim o‗z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‗liq holda vafot etgan
taqdirda sug‗urta tovonini olish huquqiga ega bo‗lgan naf oluvchiga joriy to‗lovlar
tarzida bir yildan ortiq muddat uchun sug‗urta tovoni to‗lash majburiyatini oladi.
Annuitetlar shartnomasi ish beruvchi bilan annuitetlar shartnomasi bo‗yicha
sug‗urtalovchi o‗rtasida tuziladi. Annuitetlar shartnomasini tuzish uchun ish
beruvchining yozma shakldagi arizasi asos bo‗ladi.
Annuitetlar shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Annuitetlar
shartnomasida ko‗rsatilishi lozim bo‗lgan shartlarning to‗liq emasligi uchun
javobgarlik annuitetlar shartnomasi bo‗yicha sug‗urtalovchi zimmasida bo‗ladi.
Annuitetlar shartnomasi qonun hujjatlariga muvofiq jabrlanuvchiga mehnat
qobiliyatini yo‗qotganlik darajasi belgilangan muddatga yoki naf oluvchi sug‗urta
tovonini olish huquqiga ega bo‗ladigan muddatga tuziladi.
Annuitetlar shartnomasi bo‗yicha sug‗urta puli va sug‗urta mukofoti
annuitetlar shartnomasi bo‗yicha sug‗urta puli jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga
qonun hujjatlariga muvofiq o‗rni qoplanishi lozim bo‗lgan etkazilgan zarar
miqdorida belgilanadi.
Etkazilgan zarar miqdorini aniqlashda jabrlanuvchiga uning o‗z mehnat
vazifalarini bajarishi bilan bog‗liq holda mehnatda mayib bo‗lishi, kasb kasalligiga
chalinishi yoki sog‗lig‗ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan
tayinlangan nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek boshqa turdagi pensiyalar,
nafaqalar va sog‗lig‗i shikastlanguniga qadar ham, undan keyin ham bo‗lgan
boshqa shunga o‗xshash to‗lovlar hisobga olinmaydi va etkazilgan zararning o‗rni
qoplanishi lozim bo‗lgan miqdori kamaytirilishiga olib kelmaydi (etkazilgan
zararning o‗rnini qoplash hisobiga kiritilmaydi). Jabrlanuvchi sog‗lig‗i
shikastlanganidan keyin oladigan ish haqi (daromad) ham etkazilgan zararning
o‗rnini qoplash hisobiga kiritilmaydi. Annuitetlar shartnomasi bo‗yicha sug‗urta
mukofoti ish beruvchi tomonidan annuitetlar shartnomasi bo‗yicha sug‗urtaning
butun davri uchun bir yo‗la to‗lanadi.
Ish beruvchining huquq va majburiyatlari.
216
Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
-
ushbu Qonunga muvofiq ish beruvchining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‗urta qilish shartnomasini tuzish uchun sug‗urtalovchini va annuitetlar
shartnomasini tuzish uchun annuitetlar shartnomasi bo‗yicha sug‗urtalovchini
tanlash;
-
sug‗urtalovchidan
va
(yoki)
annuitetlar
shartnomasi
bo‗yicha
sug‗urtalovchidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta
qilish shartnomasining va (yoki) annuitetlar shartnomasining shartlarini tushuntirib
berishni talab qilish;
-
sug‗urtalovchining sug‗urta tovonini to‗lashni rad etish to‗g‗risidagi qarori
ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
-
yillik ish haqi miqdori kamayganda sug‗urta mukofotining yillik ish haqi
miqdorining kamayishiga va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‗urta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish.
Ish beruvchi:
-
o‗zi davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan sanadan e‘tiboran yoki ish beruvchilar
jismoniy shaxslar uchun mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan sanadan e‘tiboran
o‗n besh ish kunidan kechiktirmay o‗zining fuqarolik javobgarligini ushbu
Qonunga muvofiq sug‗urtalashi;
-
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta qilish
shartnomasi bo‗yicha va ayrim hollarda ainuitetlar shartnomasi bo‗yicha qonun
hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‗urta mukofotini to‗lashi;
-
yillik ish haqi miqdori o‗zgargan paytdan e‘tiboran besh ish kunidan
kechiktirmay bu haqda sug‗urtalovchiga yozma shaklda xabar qilishi;
-
ish beruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining xavflilik
darajasi o‗zgargan paytdan e‘tiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda
sug‗urtalovchiga yozma shaklda bildirishi va zarur bo‗lgan hollarda, qo‗shimcha
hisoblab chiqarilgan sug‗urta mukofotini to‗lashi;
217
-
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yuz berganligi o‗ziga ayon bo‗lgan
paytdan e‘tiboran uch ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‗urtalovchiga yozma
shaklda bildirishi;
-
xodimlarni ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta
qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan mazkur shartnoma
bo‗yicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
-
sug‗urtalovchi va annuitetlar shartnomasi bo‗yicha sug‗urtalovchi haqidagi
barcha zarur ma‘lumotlarni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yozma shakldagi ariza
bilan murojaat qilgan sanadan e‘tiboran ikki ish kuni ichida taqdim etishi;
-
agar sug‗urta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan qilingan
suiiste‘molliklar oqibatida asossiz ravishda to‗langan bo‗lsa, ortiqcha to‗langan
sug‗urta tovoni haqida sug‗urtalovchiga xabar qilishi va ortiqcha to‗langan
mablag‗larni sug‗urtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‗rishi
shart.
Ish beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‗lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‗lishi mumkin.
Sug‗urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
-
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish va zarur
bo‗lgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;
-
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisaga doir axborotni tekshirish; sug‗urta
mukofotini aniqlash uchun sug‗urta xavfini baholash;
-
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar
berish. Sug‗urtalovchi: ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta
qilish shartnomasi shartlari bilan ish beruvchini tanishtirishi, shu jumladan uning
huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
-
o‗z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan, ish beruvchi va (yoki)
jabrlanuvchi yoxud naf oluvchi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning maxfiyligini
ta‘minlashi;
-
sug‗urta tovonini to‗lashni rad etish to‗g‗risida qaror qabul qilingan
taqdirda, ish beruvchi sug‗urta tovonini to‗lash uchun murojaat etganidan keyin
218
o‗n besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchiga rad etish sabablarini
dalillar bilan asoslantirgan holda yozma shaklda xabar qilishi;
-
ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar
taqdim etilgan sanadan e‘tiboran o‗n ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi
va sug‗urta tovonini to‗lashi;
-
o‗zi almashtirilgan taqdirda bu haqda ish beruvchiga darhol yozma shaklda
xabar berishi shart. Sug‗urtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga
ham ega bo‗lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‗lishi mumkin.
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGI SUG‘URTASI BO‘YICHA
O‘ZARO ALOQADORLIK SXEMASI
Do'stlaringiz bilan baham: |