Darsning tartib nomeri kasr sifatida - suratga darslaming mavzu bo‘yicha va maxrajga fan bo‘yicha tartib nomerlari èziladi. Masalan, 3 G‘20, bunda 3-mavzu bo‘yicha va 20-fan b o‘yicha tartibi.
Mavzu, darsning asosiy masalalari. Mavzu èzilgandan keyin, darsning asosiy savollari èziladi, lekin dasturning hammasini èzish shart emas.
O‘quv ishini tashkil etish shakli. Ta’limning tashkiliy shaklini o‘quv- tarbiya maqsadlariga qarab va o‘qitish metodlari hamda o‘quv materialining mazmuniga bog‘liq b o‘ladi.
O‘quvchilarning mustaqil ishi. Bunda ularning kitob, jadval, topshiriq, kinofilm, diafilm plakat va hokazolar bilan shu g‘ullanishi ifodalanadi.
Kasb-hunar kollejining tarbiyaviy ish rejasi bilan bo g‘lanishi. Bu bulimni tuldirishda kasb-hunar kollejining tarbiyaviy ish rejasidan foydalaniladi hamda bog‘lanish har bir dars uchun emas, balki bir mavzu uchun èziladi.
Fanlararo va fan ichidagi bo g‘lanishlar. Bu bulimda o‘rganilaètgan fanning umumta’limiy, umumtexnik va boshqa maxsus fanlar bilan bog‘lanishlari k o‘rsatiladi.
O‘qitishning texnik vositalari, k o‘rgazmali qurol va qo‘llanmalar.
Amaliy ishlab chiqarish ta’limi bilan bo g‘lanishi. Bu bulimda o‘rganilaètgan o‘quv materialini ishlab chiqarish ta’limida bajariladigan topshiriqlar bilan bog‘lanishi k o‘rsatiladi.
Uyga topshiriq. Mustaqil ishlashda foydalaniladigan adabiètlarning nomlari, nashriètlari, chiqqan yillari, qaysi betlaridan foydalanish kerakligi ifodalanadi.
Darsning maqsadi uchta: ta’limiy ( o‘qitish), tarbiyaviy va rivojlantirish maqsadlariga b o‘linadi.
Ta’limiy maqsadga umuman quyidagilar kiradi:
yangi tushunchalarni shakllantirish;
yangi qonun, qonuniyat, xususiyat va belgilarni o‘zlashtirishni ta’minlash;
yangi harakat usullarini o‘rgatish;
bilimlardagi etishmovchiliklarni bartaraf etish;
bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish;
malakalarni shakllantirish;
ma’lum harakat usullarini mutaxkamlash;
tushunchalar orasidagi bo g‘lanishlarni aniqlash b o‘yicha o‘quvchilarda
biror narsa t o‘ g‘risida tushunchalarni shakllantirish;
dunèqarash goyalari va muammolarini aniqlash;
o‘quvchilarda u èki bu harakatni, vokealarni baxolash b o‘yicha
bilimlarni shakllantirish;
xulosa chiqarishga tayèrlash, o‘zlashtirishga erishish.
Tarbiyaviy maqsad o‘quvchilarda quyidagi muayyan shaxs sifatlari va
harakterini tarkib toptirishdan iboratdir;
dunèqarashni va kasbga qiziqishni;
o‘z- o‘zini tekshirish va o‘zaro èrdamni;
vokeliklar orasidagi bo g‘lanishlarni aniqlash va taxlil qilish k
o‘nikmalarini;
bir sohadan ikkinchi sohaga bilimlarni kuchirish k o‘nikmalarini;
fanlararo bo g‘lanishlarni amalga oshirish k o‘nikmalarini;
nutq madaniyatini;
vatanparvarlikni;
mehnatga ongli munosabatni;
ongli intizom va yaxshi xulkni;
ta’lim olishga ijobiy munosabatni;
estetik karashlarni;
ish o‘rnini tashkil etish va o‘z faoliyatini tekshirishni;
e’tiqodni.
Ta’limning mazmuni xaèt va zamon bilan o‘zviy bo g‘lansa, u tarbiyalash xususiyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |