“Keys-stadi”
YAngi guruhda dars boshladingiz. Birinchi darsdanoq 3-qatorda o‘tirgan talaba luqma tashlab o‘rtoqlarini kuldira boshladi. Siz unga tanbeh berasiz. U uzr so‘raydi, lekin birozdan so‘ng yana boshqa xarakatlar bilan o‘rtoqlari e’tiborini tortadi. Uning qiliqlari shaxsan sizga qaratilmagan bo‘lsada, darsning borishiga salbiy ta’sir qiladi. Sabr kosangiz to‘lib talabani darsdan chiqarib yubordingiz. U indamay chiqib ketdi.
Keyingi xaftadagi darsingizda xuddi shunday xolat yuz berdi. Siz raxbariyatga talaba ustidan shikoyat yozasiz va xuddi shu kun gazetalarning birida “Talabasi ustidan shikoyat qilgan o‘qituvchi o‘z kasbining ustasi emas” degan fikrni o‘qib qolasiz. Bu fikr sizni o‘ylantiradi. O‘zingiz chora izlashga xarakat qilasiz. Talabangiz xaqida surishtirasiz. U oilasining yolg‘iz arzandasi ekanligi, bunday qiliqlari bilan aynan sizning darsingizga xalaqit berish niyatida emas. Uning tabiati shunday, doimo ota-onasining e’tibor markazida bo‘lgan bu arzanda, kursdoshlarining ham e’tiborini qozonish niyatida shunday qilmoqda. Bunday xolatni bartarf etish uchun siz qanday tadbir qo‘Haysiz...?
topshiriq. Matnni yaxshilab o‘qib asosiy tushunchalarini ajratib oling.
topshiriq. Strategik reja tuzish.
topshiriq. Muammoning kelib chiqish sabablari.
topshiriq. Muammoga echim topish.
NAZORAT SAVOLLARI
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlovchi pedagogga qo‘yiladigan zamon talablari.
Pedagogning umumlashtirilgan modeli xaqida ta’rif bering.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha liderlik sifatlari nimaga bog‘liq.
Axborotli texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha liderlik sifatlari tushuntiring.
O‘quvchilar bilimlari, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimini tashkil etish
O‘quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun global Internet kompyuter tarmog‘ining o‘rni.
Reyting tizimi asosida o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha pedagogning liderlik sifatlari qanday?
“SHaxs axborotli muhit” tizimidagi jarayonlar qanday?
Pedagogning faoliyatida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o‘rni qanday?
Umumlashtirilgan model so‘ziga ta’rif bering.
MAVZU: O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATI TAJRIBASIDA TA’LIM METODLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
YO‘LLARI
REJA:
O‘qituvchilarning pedagogik mahorati.
Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish yo‘llari.
Tayanch tushuncha va iboralar: pedagogik mahorat, metod, usul, dars, o‘qituvchi qobilyati, ta’lim usullari, ta’lim tamoyillari, pedagogik yondoshuv
Ajr/soatlar : Ma’ruza 2- soat Amaliy mashg‘ulot 2-soat Jami: 4-
soat
Mavzuning qisqacha ta’rifi . Pedagogik mahorat - ta’lim beruvchining ustoz - murabbiylik fazilatlari, o‘qituvchilik kasbining sirlarini chuqur egallaganligi, insoniylik va iste’dodi hamda intellektual salohiyati va shu kabilar asosida undagi kasbiy ta’lim, tushuncha, ko‘nikma va malakalarning mukammal shakllangan kasbiy faoliyati. Pedagogik mahoratdan ko‘zlangan maqsad darsning sifati va samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lib, u ta’lim beruvchining kasbiy - ijodiy faoliyatidir. Bunda ta’lim beruvchining mahorati ta’lim oluvchilar ichida kimga nimadir tushunarsiz bo‘lganligini tezda (o‘z vaqtida) ilg‘ay olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: