\ almashish sxemasiga kiritilgan talabalarning o‘qish natijalari haqida bir-biriga o‘z vaqtida axborot etkazib turish;
S oliy o‘quv yurtlarining o‘z axbrot paketlari bilan muntazam almashib turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir-birini imkoniyatlarini o‘rganish;
S oliy o‘quv yurtlarida, ESTS haqida to‘la ma’lumotlarning mavjudligi.
Agreement - talaba bilan ikkala oliy ta’lim muassasasining ESTS koordinatorlari orasida tayyorlash mazmuni, o‘quv tartibi va muddatlari, attestatsiya tadbirlari, o‘quv rejalaridagi farrnni bartaraf etish tartiblari haqida o‘zaro kelishuvlarini anglatadi.
3.Sredits - Host universitetida (qabul qiladigan universitet) muvaffaqiyatli o‘tilgan barcha fanlar Post - universitetda ( talabani boshqa OTMga jo‘natgan universitet) hisobga olinishi zarur.
Ta’limning insonparvarlashuvi - bu shaxsning turli ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va ta’lim jarayonida inson qobiyatining ochilishini anglatadi. ESTS ta’limni davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasasini, o‘quv fanlarini va o‘qituvchilarni tanlish imkoniyatini beradi.
Ta’limning individuallashtiruvi - bu har bir talabaning individual reja va ta’lim dasturlariga ega ekanligini ifoda etadi. Talaba tanlovi asosidagi fanlar 70%ni, majburiy fanlar esa 30% dan oshmaydi. Talabaning mustaqil ish hajmi 70%ni, auditoriyadagi ishi esa 30%ni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar individual ta’limni tashkil qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’limning samaradorligi - guruhda individual o‘qitishli auditoriya mashg‘ulotlari va talabaning mustavqil ishlarini uyg‘unlashtirish orqali ta’minlanadi. Auditoriya o‘quv vaqtining 70% gacha qismini individual o‘qitishga, shuningdek umumiy o‘quv vaqtining 70%gacha qismini mustaqil ishga ajratilishi o‘quv fanlarining talabalar tomonidan o‘z qobiliyatlari darajasida o‘zlashtirishga imkon yaratadi. Ushbu bilan ta’limning samaradorligi ta’minlanadi.
NAZORAT SAVOLLARI
Yaponiyada ta’lim tizimi izoxlang.
AQSH ta’lim tizimi.
Fransiyada ta’lim tizimining o’ziga xosligi.
Modulli o‘qitish tizimi.
Tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari izoxlang.
. Blended learning o’qitish tizimining afzalliklari.
Case study (keys stadi) qanday metod.
Masofali o‘qitish nima?
Vebinar metodi qanday usul.
ESTS- credit ta’lim tizimini izoxlang.
MAVZU: MUSTAQIL ISH VA ULARNI TASHKIL ETISH
SHAKLLARI
REJA:
Mustaqil ta’lim.
Mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari.
Tayanch so’z va iboralar: : Mustaqil ta’lim, mustaqil fikr, shakllari, ijodiy faollik, mustaqil ta’limning metodikasi, reproduktiv daraja, subekt ob’ekt interfaol,
Mustaqil fikr yuritishga, aqliy va ijodiy faollikka erishishga qaratilgan mashg‘ulot turi mustaqil ta’lim bilan bog‘liq bo‘ladi. Mustaqil ta’limning asosiy masalasi ham aynan talabaning dars va darsdan so‘ngi faoliyati faolligini ta’min etishga yo‘naltirilgan shart-sharoit, erkin fikr va kasbiy mas’uliyatni his qilishni ta’min etishga qaratilgan ijodiy jarayondan iborat.
Mustaqil ta’lim ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalar hamda tajribalar zahirasi asosida amalga oshadi. O‘quv fanlarini chuqur va puxta o‘zlashtirish, ta’lim va innovatsion yondashuvlar asosida axborotlarni mustaqil izlab topish, uni atroflicha tahlil eta olish, ilmiy-ijodiy tafakkurni boyitish, o‘quv-biluv jarayonidagi savol-javob va bahs-munozaralarda faol qatnashish, o‘z fikr-mulohazasini asosli dalillar bilan bayon qilish hamda uni himoya eta olish qobiliyati har bir talaba - bo‘lajak mutaxassis olida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.
Demak, fikr-shaxsning faoliyat jarayonidagi bilimi, tajribasi, qobiliyati va kuch-qudratini nomoyon etadigan ma’naviy - kasbiy sifatidir. Fikr tarbiyasiga qaratilgan ilmiy-amaliy manbalar eng qadimgi yozma yodgorliklardan bo‘lmish «Avesto» da ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal ko‘rinishida o‘z ifodasini topgan.
SHarqning buyuk allomalari bo‘lmish Al-Buxoriy, At-Termiziy, Burxoniddin Marg‘iloniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Sa’diy SHeroziy, Alisher Navoiy, Bobur, Maxmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi mutafakkirlarimizning ijodiy faoliyatida bu borada chuqur fikr-mulohazalar yuritilgan.
Mustaqil ta’lim va uning ma’naviy-kasbiy mohiyati bo‘yicha konseptual yondashuvlar D.Krotval (AQSH), A.Dobrolskiy, V.Okon’ (Pol’sha), P.Gal’pern, K.Talizina, V.Buryak, S.Bondorenko, V.Slastenin, E.SHiyanov (Rossiya), S.Rajabov, X.Ibragimov, M.Ochilov, N.Saidahmedov, O‘.Tolipov, X.To‘raqulov, M.Quronov (O‘zbekiston) va boshqalarning ishlarida bayon etilgan.
Ammo mustaqil ta’limga bo‘lgan innovatsion yondashuvlar bugungi islohotlar talabi darajasida to‘laqonli o‘z echimini topolgan emas. Talabalarning mustaqil ta’limini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ta’lim prinsiplari, qonuniyatlar hamda uni amalga oshiruvchi interfaol metodlar metodikasi to‘liq modernizatsiya qilinmagan. Bu borada ilgari surilgan pedagogik g‘oyalarni generatsiyalash hamda uni yaxlit tizim holiga keltirish muammosi hal etilmagan. G‘oyalarni integratsiyasi jarayonida mustaqil ta’lim texnologiyasining o‘rni hozircha pedagogik jihatdan alohida tadqiqot obekti sifatida o‘rganilmagan.
SHunga ko‘ra biz tomondan olib borilayotgan tadqiqot ishining maqsadi: ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi talablariga muvofiq mustaqil ta’lim texnologiyasi asosida talabalarning erkin ijodiy tafakkuri va shunga qaratilgan pedagogik g‘oyalar samaradorligini kafolatlovchi ta’lim mazmunini takomillashtirishga erishish.
Ma’lumki, mustaqil ta’limni yo‘lga qo‘yishda nafaqat talablarni muayyan fan bo‘yicha bilim ko‘nikma va malakalarini oshirish, ularda mustaqil dunyoqarashni shakllantirish, shu bilan bir qatorda bo‘lajak mutaxassis sifatida talaba shaxsida ijodiy va ilmiy tafakkurni rivojlantirish vazifasi turar ekan, ma’lum ma’noda global profesionallik masalasi ham o‘z tasdig‘ini topmog‘i lozim. Bu jarayondagi ijodiy texnologik yondashuv talabadan tezkor fikrlashni va faol haraktni talab qiladi. CHunki talabadagi faollik ijodiy faoliyatga aylangan taqdirdagina mehnatni ilmiy
tashkil qilish, vaqt byudjetidan unumli foydalanish amalga oshadi. Ana shunda talaba qiziqishlar asosida o‘zining diqqatini muayyan obektga qarata oladi.
Ijodiy texnologik faoliyat shunchaki oson kechadigan jarayon emas. SHaxsning sezgisi, idroki uning xotirasi hamda mantiqiy tafakkur ko‘lami bilan uyg‘un bog‘lanib ketadi. Ijodiy faoliyatda talabdagi bilim innovatsion ko‘nikma va malakalar bilan yanada takomillashib boradi. Analitik tafakkurning mahsuli o‘laroq talaba:
matn mazmunidan kerakli fikr qoida va ta’riflarni keltirib chiqarmog‘i;
innovatsion yondashuvlar asosida o‘zining g‘oyalarini ilgari surmog‘i;
o‘quv-biluv va ijodiy faoliyatga xos sababiy bog‘lanishlarni, undagi muayyan sifat hamda xususiyatlarni belgilashini, sifatni miqdorga yoki miqdordan sifatni (kvalimetriya metodi asosida) keltirib chiqarishi, ularning oqibatlarini belgilovchi omillarni bilishi;
olingan ma’lumotlar bankiga muvofiq statistik-matematik tahlillar o‘tkazish va o‘zining mustaqil fikrini ahamiyatiga ko‘ra saralab, muayan tizim holiga keltira olishi lozim.
Ma’lumki, nazorat topshiriqlari talabada ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilib, bu jarayonda talaba nimani bilanman, nimani bilmoqchiman va yana nimani bilib oldim (BBB) interfaol metodiga asoslanadi (1-jadval).
Ushbu metodning mohiyati shuni anglatadiki, talaba har safar egallagan yangi axborotni integrativ jarayonda yaxlit, o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro izchillik tomonlariga e’tiborni qaratadi. Fanlararo bog‘liqlikning tafakkur rivojiga ta’sirini anglab etadi.
1-guruh uchun topshiriq.
№
|
Topshiriqlar
|
Bilaman
|
Bilmoqch
iman
|
Bildim
|
|
Mustaqil ta’limning nazariy asoslarini sharhlang
|
|
|
|
|
Integratsion
yondashuvning mohiyatini izohlang
|
|
|
|
|
Pedagogik va maxsus fanlar aloqadorligiga oid mavzu rejasini tuzing
|
|
|
|
|
Mustaqil ta’limni kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalashdagi mavqeni asoslang
|
|
|
|
YOzma topshiriqlarni talaba og‘zaki javoblarda bayon etadi. Bunday interfaol metodlardan zanjir metodi asosida o‘qituvchi javoblar ketma-ketligi tartibida yakuniy fikrni bildirishi mumkin. Keyingi bosqichlarda aqliy hujum, debat, 6x6x6 metodlaridan foydalaniladi.
Mustaqil ta’lim rejasiga muvofiq o‘qituvchi talabaga nazorat topshiriqlarini bosqichli ravishda berib bormog‘i, bunda birdaniga murakkab topshiriqni emas, talabani o‘zlashtirish darajasiga muvofiq osondan murakkabga tomon borish prinsipida amalga oshmog‘i lozim. Bu erda oddiy arifmetikaga amal qilgan holda, ya’ni, «o‘rta», «yaxshi» va «a’lo» o‘zlashtiruvchilarni mikroguruhlarga to‘g‘ri taqsimlab, topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib an’anaviy metodlardan interfaol metodlarga o‘tish tartibida o‘zlashtirish sur’atini ko‘tarish talab etiladi.
Talabadagi mustaqil fikr dastlab mikroguruh doirasida shakllanib, so‘ng jamoa hukmiga havola etiladi
3-jadval.
Talabalaming mustaqil o‘rganadigan mavzulari dastur rejasida ko‘rsatilgan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarini bevosita takrorlamagan holda, alohida axborot manbalariga asoslanib har bir mavzuni chuqur o‘rganib, tahlil etishga qaratilmog‘i lozim.
O‘qituvchi talaba tomonidan bajarilayotgan mustaqil ishga aralashmagan holda, faqat yo‘naltiruvchi vazifani bajaradi. Jadvalda ko‘rsatilganidek, o‘qituvchi va talaba munosabati «subekt-subekt» munosabatiga asoslangan bo‘lib, mustaqil ta’lim metodikasiga muvofiq reprduktiv darajadagi topshiriqlardan to ijodiy texnologik xarakterdagi topshiriqlar, ijodiy ishlar darajasiga olib chiqiladi. Talabadagi oddiy ko‘nikmalar barqaror bilim va ilmiy-amaliy tafakkur darajasida ifodalanadi. Buni biz mustaqil ta’limning shakllarida ko‘rishimiz mumkin.
Mustaqil ta’limni dars, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida amal qilishining o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tildi. Mustaqil ta’lim qaysi shaklda bajarilishidan qat’iy nazar, talaba shaxsida bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Talabaga bo‘lajak mutaxssis sifatida erkin fikrlash, kasbiy o‘z-o‘zini tarbyalashi asosida ijtimoiy faol malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Ta’lim sifatini boshqarish asosan informatsion texnologiyalar asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish va samarali pedagogik faoliyat uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirish kerak Informatsion texnologiyalarni qo‘llash sharoitida o‘qituvchi faoliyati o‘zgaradi. Bu esa o‘qituvchining yangi pedagogik muhitda yangi o‘qitish vositalarini qo‘llab, o‘quvchilarga tayyor bilimlarni berish emas, balki ularga yangi bilimlarni mustaqil izlash va topish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Kompyuter texnikasining qo ‘llanilishi an ’anaviy o ‘qitish falsafasini o‘zgartiradi, ya’ni o‘quv jarayonida 3 chi ishtirokchi, kompyuter ishtirok etadi. An’anaviy o‘qitish texnologiyasiga o‘rgangan pedagoglar kompyuterli o‘qitishning ahamiyati va afzalliklarini ham sezmayaptilar. Ular uchun ta’lim jarayonida kompyuterlar paydo bo‘lishi qiyinchilik tug‘dirayapti. SHuning uchun ham kompyuterli o‘qitish texnologiyalarini .o‘llash uchun birinchi navbatda pedagog o‘.ituvchilarning kompyuter bilan ishlash malakalarini oshirish, ularda informatsion madaniyatni shakllantirishni talab etadi. texnologiyalarini qo‘llash uchun birinchi navbatda pedagog o‘qituvchilarning kompyuter bilan ishlash malakalarini oshirish, ularda informatsion madaniyatni shakllantirishni talab etadi. Demak, zamonaviy informatsion va o‘.itish texnologiyalari birgalikda .o‘llanilganda ta’lim samaradorligini oshirishga maksimal erishish mumkin. SHu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki zamonaviy ta’lim sharoitida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish muhim a.amiyatga ega.
Mustaqil ta’limning zamonaviy shakllaridan biri masofaviy ta’lim bo‘lib, bu shartli ravishda kontaktli va kontaktsiz turlarga bo‘linadi. Masofadan o’qitish (Distansionnoe obuchenie, Distance learning) - o’quv arayoni zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalarlar yordamida tashkil etilib, o’qituvchi va o ’quvchi orasidagi masofa va munosabat e ’tiborga olinmaydigan o ’qitish. Masofadan o ’qitish kurslari (Kursu distansionnogo obrazovaniya, Distance education course) - tartiblangan o’quv dasturi, ko’zlangan maqsad, egallanilishi kerak bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalar aniq belgilab qo’yilgan o’quv kursi. Kurslar axborot va kommunikatsion vositalaryordamida va malakali o’qituvchilar yordamida tashkillashtiriladi. Masofadan o’qitishning pedagogik texnologiyalari (Pedagogicheskie texnologii distatsionnogo obucheniya, Pedagogical technologies of distance learning) - o’qitishning usul va uslublari majmuasi bo’lib, o’quv- tarbiyaviyjarayonni amalga oshirish masofadan tashkil etiladi. Mustaqil ta’limning kontaktli shakli masofadan turib, interfaol metodlar tatbiqi asosida seminar- trening, amaliyotga oid mashg‘ulotlar, davra suhbatlari, muammoli mavzu yuzasidan mashg‘ulotlar va anjumanlar ko‘rinishida amal qiladi. Kontaktsiz turi asosan internet orqali ta’lim bo‘lib, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘l-yo‘riqlari kiradi. Bu jarayonda talaba o‘zining bilmi va yozuv malakalrini oshirib boradi. Istalgan tilda o‘qish va ma’lumot olish shart-sharoitlarga ega bo‘ladi.
Elektron ta’lim resurslari (elektron darslik, elektron o‘.uv .o‘llanma, multimedialar, vositalar, elektron ma’lumotnomalar va .okazo) bilan ta’lim jarayonini ta’minlash or.ali kompyuterli o‘.itish texnologiyalari .hamda mustaqil ta’limni to‘la amalga oshirish mumkin.
Talabalar mustaqil ishlashin ilmiy tashkil qilish. Hozirda bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining mustaqil ishlashlari uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va bajarilayotgan ishlar bo‘lajak mutaxassislar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan barcha axborot va ma’lumotlarni mustaqil topish va yig‘ish mahoratini, ularni tahlil eta olish malakasini egallagan bo‘lishlarini taqozo etmoqda.
Mustaqil ishlash har bir talabadan ma’lum bir tizimga rioya qilishni, tirishqoqlikni, maqsad sari intilishini talab etadi. SHuning uchun ham ko‘pchilik talabalarda oliy o‘quv yurtidagi kundalik xayotni to‘g‘ri tashkil qilish muammosi paydo bo‘ladi. Ba’zi birinchi kurs talabalari o‘rganilayotgan materiallarni etarli o‘zlashtirib olish uchun vaqt etishmasligidan, yuklamalar ko‘pligi uchun kam dam olayotganliklaridan shikoyat qiladi. Bunday vaziyat o‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlay olmagan, har bir daqiqasining qadriga etmagan talabalardagina sodir bo‘ladi. SHunga ko‘ra, mustaqil ishlashda kun tartibiga qat’iy rioya qilgan holda ish boshlash to‘g‘ri va maqsadga muvofiqdir. Kun tartibini maqsadga muvofiq tarzda tuzish uchun quyidagicha ish yuritish kerak.:
Bir sutkani bir qancha zaruriy ulushlarga bo‘lish kerak: bunga ishlash, ovqatlanish, badan tarbiyasi, dam olish, hordiq chiqarish, xo‘jalik ishlari va shu kabilar kiradi. Kun tartibi tuzishdan maqsad har bir talabaning ma’lum tartibda ish olib borishiga, xech narsani esdan chiqarmay, hamma narsaga vaqt ajratish, har bir ishni o‘z muddatida bajarishga o‘rgatishdan iboratdir. Kun tartibini har bir kishi o‘zining shaxsiy fiziologik imkoniyatlarigagina emas, balki umuminsoniy qonun- qoidalarga qarab ham tuzish mumkin. Kun tartibini tuzishda uxlash (sutkasiga 7-8 soat), muntazam ovqatlanish (uch-to‘rt marta), dam olish (faol va sust) uchun etarli vaqt ajratish zarur. Salomatlikni yaxshilab borish maqsadida har kuni jismoniy mashqlar va badan tarbiyasiga rioya qilib, organizmni chiniqtirish uchun ham
vaqt ajratish tavsiya etiladi.
Ko‘pchilik talabalar o‘z imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yuborishlari natijasida ma’lum zo‘riqishlarga uchrashi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki ertalab nonushta qilmay kelgan talabalar ko‘p hatoliklarga yo‘l qo‘yadilar, to‘yib uxlamagan talabalarda tezkorlik etishmasligini kuzatishimiz mumkin.
Agar miyaga dam berilmay, yuklama bilan ishlayverilsa, asab xujayralariga va butun asab tizimiga zo‘riqish bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitlarda har qanday ish faoliyati to‘xtalib dam olish maqsadga muvofiqdir. Teatr, kino, she’rxonlik, kitob mutaaolasi, istirohat bog‘larida sayr qilish, tabiat manzaralaridan bahra olish, sayrlarda bo‘lish - bularning hammasi unumli mehnat qilishda ajoyib yordam beruvchi omillardir. Ma’lum bir soatda uyqudan turish, ovqatlanish (bir sutkada kamida uch marta) va uyquga yotish kun tartibining asosini tashkil etadi. Kun tartibini belgilashda vaqt me’yorini rejalashtirish o‘quv mashg‘ulotlari jadvali, o‘quv dasturi va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jadvaliga asoslanib tuziladi. Binobarin, ana shu xujjatlar bilan tanishish mustaqil ishlashni tashkil etishning asosi va birinchi shartidir. Bu xujjatlarni o‘rganib chiqqach, birinchi galda ovqatlanish va uxlash vaqtini belgilab olish zarur. Oliy o‘quv yurti talabalari 7-8 soat uxlashi, ularning faoliyati davomida etarli darajada ishlashlari uchun kifoya qiladi.
Uxlaydigan xonaning havosi hamma vaqt toza bo‘lishi lozim. YOz paytida derazalarni ochib qo‘yib uxlash yoki ochiq havoda yotishi maqsadga muvofiqdir. Uxlaydigan uyning harorati 15-20 daraja atrofida bo‘lishi mumkin.
Ovqatlanishda ham ma’lum bir tartibga rioya qilish lozim. Aqliy mehnat bilan band bo‘linganda ovqatga tuxum, pishloq, qand, sut va tarkibida fosfor moddasi bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirgan ma’qul. Kuniga to‘rt marta ovqatlanganda umumiy mezonning 25-30 foizi nonushta, 10-15 foizi choshgoxda, 40-50 foizi tushlikda va 15-20 foizi kechki ovqat paytida iste’mol qilgan ma’qul.
Har bir talaba o‘zining ish rejasiga ega bo‘lishi kerak. SHaxsiy ish rejasi yuqorida qayd qilib o‘tilgan shartlarni inobatga olgan holda, berilgan topshiriqlar aniqlanadi. o‘quv jadvalida belgilangan topshiriqlar, qisqacha ma’ruza, tajriba ishlari, nazorat
topshiriqlari, ommaviy tadbirlar, musobaqalar, badiiy kechalar, sport musobaqalari kabi tadbirlarning muddatlari hisobga olinadi.
Bir xaftalik yoki bir oylik reja tuzib chiqiladi. Ushbu rejada bajariladigan ishlar mazmuni, kuni, va vaqti ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdagi kasb ta’limi fakulteti talabalari vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmasliklari natijasida mustaqil ish bajarishlari muammoga aylanmoqda. Ularning ma’lum tartibga rioya qilmasliklari, mustaqil faoliyat bilan shug‘ullanish yo‘llarini bilmasliklari buning asosiy sababidir. SHuning uchun talabalarni kun tartibini tuzishga, unga rioya qilishga o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ma’lum bir tartibga o‘rgangunlariga qadar har bir kunni uyqudan uyg‘onish (soat 700) dan boshlab, to uyquga yotish (soat 1100)gacha ma’lum me’yorlarda tuzib chiqishlari kerak. O‘rganganlaridan so‘ng har kuni takrorlanuvchi faoliyatlarni qayd etmagan holda, o‘zgarib turuvchi va qayd etish lozim bo‘lgan ma’lumotlargina yozib boriladi. Qilinadigan ishlarning kuni va vaqti aniq belgilanishi lozim.
Masalan quyidagicha tartibda daftarchaga qayd qilib qo‘yish mumkin:
Sana,
vaqt
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Hafta kuni
|
5. V
14/20
|
Guruh yig‘ilishi.
Sport zalida mashq.
|
CHorshanba
|
17/30
|
Kutubxonada ishlash
|
Dushanba, Seshanba,
|
19/30
|
Sport zalida mashq
|
Payshanba, Juma
|
6-V
15/00
|
Xamkurslar va boshqa do‘stlarning uyiga borish. Salomatligidan habar olish
|
SHanba, YAkshanba
|
SHunday qilib, o‘qishdan tashqari ishlar uchun kuniga 4-4,5 soat vaqt ajratish zarur va bu vaqtni 5-10 minutgacha aniqlik bilan taqsimlash mumkin, bunday aqliy mehnat gigienasi mezaonlariga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Har kuni kechqurun bajarilgan ishlar tahlil qilinadi. qaysi ishni bajarishda sustkashlikka yo‘l quyilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda tuzatishlar kiritishga harakat qilinadi. YUmushlar tartibli ravishda belgilab chiqiladi. Miyani toliqtirib qo‘ymaslik uchun aqliy mehnatdan so‘ng jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan ma’qul.
Kun tartibini tuzishda mustaqil ishlash uchun belgilangan soatlarda boshqa ishlar bilan band bo‘lib uni bekorga o‘tkazmaslik kerakligini, har 40-50 minutdan so‘ng 10 minut hordiq chiqarish, 2,5-3 soatlik mashg‘ulotdan so‘ng esa, garchi charchamagan bo‘lsangiz ham, yarim soat dam olish zarurligini e’tiborga olish kerak:
Mashg‘ulotni tushunish bir muncha og‘ir bo‘lgan o‘quv predmetidan boshlash, so‘ngra yana ham qiyinrog‘iga o‘tish, osonini esa eng ohirida o‘qish ham mumkinligini nazarda tutish zarur. Mustaqil ishlashni oz-ozdan boshlab, muntazam ravishda ko‘paytirib borish lozim. Ma’lum bir me’yorda ish bajarish odamni charchatmaydi va faoliyatning turg‘unligini ta’minlaydi. Rejalashtirilgan va amalga oshirish yo‘llarini tuzatish tashkilotchilik qobiliyatini uyg‘otadi, iroda, sabot- matonat, ijodiy tafakkurlash, mustaqillik kabi fazilatlarni tug‘diradi.
SHunday qilib, mustaqil ishlashni namunali tashkil qilish ko‘p ilmiy nazariy materiallarni o‘zlashtirish, bilimdon bo‘lish va etuk mutaxassis bo‘lib etishish uchun zamin hozirlaydi.
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va mustaqil ishlashni oqilona tashkil etish, mustaqil ishlashning forma va metodlarini aniqlab olish muhim axamiyat kasb etadi. U yoki bu fanlardan uyga berilgan vazifalarni bajarish mustaqil ishning oddiy shakli hisoblanadi. Murakkab shakliga esa o‘tilgan darslar-ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar, seminar va laboratoriyalar, bo‘limlar yuzasidan adabiyotlarni mustaqil ravishda tahliliy o‘rganib chiqish, ayrim savollarga aniq javoblar topish bilan bog‘liqdir. Manbalarni mustaqil o‘qish yo‘li bilan quyilgan savollarga bir necha adabiyotlardan umumlashtirib, javob topishga o‘rgatib borish yaxshi natijalar beradi.
YUqoridagilarni inobatga olgan holda mustaqil ta’lim olish turlarini quyidagi tartibda belgilab oldik va ilmiy jihatdan asoslashga harakat qildik.
Mustaqil ta’lim olish turlari
Ma’ruza tinglash va qayd qilish
Amaliy ishlarni bajarish
Mashqlar bajarish
O‘quv adabiyotlari bilan ishlash
Nazorat ishlariga tayyorlanish
Mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini tekshirish
CHizmalar va sxemalarni o‘qish, tuzishni o‘rganish
Texnik modellashtirish va loyixalash
Ma’ruza tayyorlash
Texnik ijodkorlik
Mustaqil ta’lim olishda masofaviy ta’lim tizimidan foydalanish
Dars tahlili
Internetga kirish va kerakli axborotlarni olish uchun mavjud tizimlardan foydalana olish malakalariga ega bo‘lish lozim. Internetda e-meil servisidan tortib, veb-saytlardan foydalanish turlicha shaklda amalga oshiriladi.
Buning uchun bir necha saytlarga e’tibor bering.
Internetda veb-sayt yarating (www.googles.com).
Veb-saytingizga kirishni tekin qiling. (www.freewbpage.
serverpro/com/index2.htm).
Sayt yaratganingizdan so‘ng uni vaqti-vaqti bilan ochib ko‘rib turish lozim. Ana shunda saytingizni kimlar o‘qiganini bilib borasiz
Ta’limga oid ma’lumotlarni pulsiz olish. www.Worldwidelearn.com yoki www.Learnthat.com
Elektoron kutubxona: www.ask.Elibrary.com
Bu gazeta va kitoblarni va ilmiy ishlarni topishning muhim va qulay sayti.
O‘zbekiston ta’lim portali: www.ilm.uz.
Innovatsion texnologiyalar markazi sayti: www.cit.org.
Axborot ta’lim resursi manbalari portali: www.ziyonet.uz.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, bugungi kunda oliy ta’lim tizmida mustaqil ta’lim o‘zining prinsiplari, qonuniyat va amalga ochish metodlariga ega bo‘lib, talabadan mustaqil ilmiy-ijodiy yondashuvlarni talab etadi.
NAZORAT SAVOLLARI
Mustaqil ta’lim nimalardan iborat?
Mustaqil ta’limning qanday shakllari mavjud?
Mustaqil ta’limning metodikasini tushuntiring.
Mustaqil ta’lim deganda nimani tushunasiz?
Mustaqil ta’lim bo‘yicha konseptual yondashuvlar kimlar tomonidan bayon etilgan?
Mustaqil ta’limda o‘qituvchi va talaba munosabatini yoritib bering?
Mustaqil ta’limning zamonaviy shakllari.
Mustaqil ta’limning kontaktli va kontaktsiz turlarini yoriting.
Mustaqil ta’limning turlarini tushuntiring.
Talabalar mustaqil ishlashin ilmiy tashkil qilishni tushuntiring.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida”gi Qonuni // Oliy ta’lim: Meyoriy - huquqiy va uslubiy hujjatlar to‘plami. - Toshkent: 2004. - B. 16-17.
Abduqodirov A.A. Akademik litsey va KHK o‘qituvchilarini malakasini oshirishda masofali o‘qitish metodikasi // Uzluksiz ta’lim. - Toshkent: 2004. - № . - B.3-12.
Davlatov K. Mehnat va kasb ta’limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasi. - T.: «O‘qituvchi», 1992.
Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirish. - T.: Fan, 2004 y. -
MAVZU:KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH
R E J A:
Kasb - hunar, mutaxassislik va malaka haqida tushuncha.
Texnika rivojlanish ta’sirida ihchilar kasbiy tarkibining uzgarishi.
Kasblarning guruxlanishi va kasblar ruyxati.
Kasb - hunar ta’limining axamiyati va vazifasi.
Kasb - hunar ta’limini boshkarish
Tayanch tushuncha va iboralar: Kasb - hunar,
mutaxassislik, malaka, texik rivojlanishni ishchilar kasbiy tarkibini o‘zgarishiga ta’siri, kasblarning guruxlanishi, kasblar ruyxati, Kasb - hunar ta’limining axamiyati va vazifasi, ta’limni boshkarish.
Kasb - hunar, mutaxassislik va malaka haqida tushuncha. Ilmiy texnika inkilobi sharoitida mehnatning bulinishi fan yutuklari va zamona viy texnika bazasida kechadi. Bularning xammasi ishchi sinfi yo'qori malaka strukturasining jiddiy uzgarishiga olib keladi. Ishning bajarilish funktsiyalarining texnologik jarayonlarni boshkarish funktsiyasi bilan boglab olib boradigan va nazoratchilik funktsiyalarini amalga oshiradigan ishchilar soni usadi. Bularning xammasi yo'qsak professional tayyorgarlikni talab kiladi.
Kasb ishlab chiqarishning biror sohasida kishi tomonidan bilim, malaka va kunikmalarni kullashning keng mikyosini kamrab oluvchi doimiy mehnat faoliyatining bir turidir. Bu faolayatning bir mazmuni ishlab chiqarishda belgilangan mehnatning bulinishi chilangar, traktorist, tokar, duradgor kabilar bilan belgilanadi.
Keng profilli va yuqori malakali mutaxassislarni ishga joylashish uchun o‘qitish va o‘rgatish masalalar
OO‘YU tugatgan va jarayonlar xaqida ma ’lumotlarga ega mustaqil fikrlovchi o‘ziga ishongan, yuqori malakali hamda tadqiqotchi xamdirlar. Qat’iyatli, o‘ziga ishongan, ishlash qobiliyatiga ega talabalar OO‘YU ning yuzidir. Mehnat faoliyatiga qadam qo‘yuvchi bunday talabalar o‘z kasbi bo‘yicha ish faoliyatlarini oz vaqt ichida tashkil etib jamiyati va yurti ravnaqiga o‘z xissasini qo‘sha oladi. Bitiruvchining mehnatiy faoliyat bilan jalbligi davlati oldidagi o‘z burchlarini a’do etmoqni hamda mehnatiy faoliyatga yuzlanayotgan talaba uchun kuchli faktori bo‘lmog‘i kerak6.
Do'stlaringiz bilan baham: |