1.3. Hayot havfsizligi to‘g‘risidagi ta’limot, yashash muhiti, texnosfera haqida tushuncha.
Odamning hayotiy faoliyati uning yashash muhiti bilan chambarchas bog‘liqdir. Hayotiy faoliyat jarayonida odam va uni o‘rab turgan muhit doimo bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lib “Odam – yashash muhiti” sistemasini tashkil qiladi.
Hayot faoliyati - bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush tarzi.
Yashash muhiti- odamni o‘rab turgan muhit, odam faoliyatiga, sog‘lig‘iga, zurriyotiga tezlik bilan yoki kelajakda bevosita yoki bilvosita ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan (fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy) omillar yig‘indisidir.
Odamning yashash muhiti bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatida eng kamida quyidagi ikki masalani yechish o‘rtaga qo‘yiladi:
o‘zining ovqatga, suvga va havoga bo‘lgan talablarini qondirish;
yashash muhitining nohush ta’siridan himoyalanish.
“Odam – yashash muhiti” sistemasida uzluksiz ravishda modda, energiya va informatsiya oqimi almashuvi sodir bo‘ladi. Bu Yu.N. Kurajovskiy ta’riflaganidek: “Hayot faqat tirik jasad orqali modda, energiya va informatsiya oqimining harakat jarayonidagina mavjud bo‘lishi mumkin”.
Modda, energiya va informatsiya oqimlari tabiiy va antropogen harakterga ega bo‘lib, ular aksar insonning yaratuvchanlik faoliyati masshtabi va yashash muhiti xolatiga bog‘liq.
Odam bilan yashash muhiti orasidagi munosabatlarning uyg‘unligi va rivojlanishi modda, energiya va informatsiya oqimlari odam bilan tabiiy muhit tomonidan ijobiy qabul qilingandagina mumkin. Ushbu oqimlarning odatdagi qiymatlaridan har qanday ortishi odamga va atrof-muhitga salbiy ta’sir qiladi.
Hoxlagan oqimni minimal qiymatidan maksimal qiymatigacha o‘zgartirib "Odam – yashash muhiti" sistemasida quyidagi 4 holatni kuzatish mumkin:
Komfort (engmaqbul) holat. Bunda oqimlar o‘zaro munosabatlarning eng maqbul sharoitiga mos keladi: faoliyat va dam olish uchun eng maqbul sharoit yaratadi; faoliyat maxsuldorligi va ish qobiliyatining ortishiga olib keladi; kishi sog‘ligining saqlanishiga va yashash muhitining buzilmasligini kafolatlaydi.
Yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan holat. Bunda oqimlar odamga va yashash muhitiga zararsiz ta’sir qiladi, lekin odamning faoliyat samaradorligini pasaytiradi va yoqimsiz (diskomfort) sharoit vujudga keltiradi. O‘zaro munosabat shartlariga rioya qilinsa odamda va yashash muhitida nohush, qaytarib bo‘lmas jarayonlar vujudga kelmasligi kafolatlanadi;
Havfli, oqimlar yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan chegaradan ortib ketgan va kishi sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladigan, muddatli ta’sir qilganda kasallanishga va tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishiga olib keladigan holat;
Favqulodda havfli, oqimlar qisqa vaqt davomida odamni jaroxatga, xatto o‘limga olib kelishi mumkin, tabiiy muhitning buzilishiga olib keladigan holat.
Ushbu to‘rt, diqqatga sazovor o‘zaro munosabatlarning dastlabki ikkitasi (komfort va yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan) kundalik hayotiy faoliyatning ijobiy sharoitiga moskeladi, ikkitasi (xavfli va favqulotda xavfli) kishi hayotiy faoliyatini, tabiiy muhitni saqlab qolish va rivojlanishi jarayonlari uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan salbiy holatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |