1.2 jadval
Yillar
|
1880
|
1950
|
1970
|
1985
|
2000
|
2015
|
Shahar aholisi, %
|
1,7
|
13 ,1
|
17
|
50
|
80-85
|
90
|
1.3 jadval
Shahar (davlat)
|
1994 yilmln.kishi
|
2015 y
mln. kishi
|
Tokio (Yaponiya)
|
26,5
|
28,7
|
Nyu-York (AQSH)
|
16,3
|
17,6
|
San-Paulu(Braziliya)
|
16,1
|
20,8
|
Mexiko (Meksika)
|
15,5
|
18,8
|
Shanxay (Xitoy)
|
14,7
|
23,4
|
Bombey (Xindiston)
|
14,5
|
27,4
|
Los-Anjeles (AQSH)
|
12,2
|
14,3
|
Pekin (Xitoy)
|
12,0
|
19,4
|
Kalkutta (Xindiston)
|
11,5
|
17,6
|
Seul (Jan. Koreya)
|
11,5
|
13,1
|
Bir tomondan bu yaxshi, ko‘pgina sohalarda ishlab chiqarish unumdorligining ko‘payishiga, jamiyatning ijtimoiy va madaniy-maorif muammolarining yechilishiga olib keladi.
Ikkinchi tomondan hayotiy sharoitlarning yomonlashuviga, tabiiy muhitning buzilishiga olib kelmoqda. Katta shahar va sanoat markazlariga xos bo‘lgan alomat yashash muhiti komponentlarining yuqori darajada ifloslanib ketganligidir. Masalan, 1 sm shahar havosida 10 000 dona, kishloq havosida 1000 dona va dengiz ustidagi havoda 100 dona zarracha aniqlanganligi buning isbotidir.
Energetika, sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining ortishi, transport vositalarining ko’payishi. Yerda aholi sonining ortishi va harbiy maqsadlar sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga, transport vositalari ko‘payishiga, energiya ishlab chiqarilishi va xomashyo resurslariga bo‘lgan talabning ortishiga turtki bo‘ldi. Moddiy va energetik resurslarga bo‘lgan talab, aholisonining o‘sishiga nisbatan yuqori sur’atda bo‘ladi, chunki kishi boshiga bo‘lgan talabning o‘rtacha qiymati muntazam ravishda ortib boradi.
Harbiy maqsadlarga ketadigan harajatlar juda kattadir. Ikkinchi jahon urushidan keyin qurollar ishlab chiqarishga dunyo bo‘yicha 6 trln AQSH dollari sarf qilingan. Harbiy sanoat texnikaning, energetika va sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishida katta omil xisoblanadi.
XX asrning ikkinchi yarmida dunyoning yetakchi mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarishihar 12-15 yilda ikki barobar ortib borgan. Bu esa biosferaga chiqarilayotgan ifloslovchi chiqindilarning uch barobar ko‘payishiga olib kelgan.
Dunyo avtomobil parki ham juda katta sur’atlar bilan ortib bordi. Masalan, 1960 yilda dunyo bo‘yicha 120 mln avtomobil bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yil da uning soni 420 mln.ga yetgan. Xozir dunyoda 600 mln.dan ortiq avtomobil bor.
Yana bir tomoni shundaki, sanoatning va texnik vositalarning rivojlanishi, nafaqat atrof-muhitga ifloslovchi moddalar chiqishining ortishi bilan, balki, ishlab chiqarishga ko‘plab kimyoviy moddalar jalb qilinishi bilan ham harakterlanadi.
Qishloq xo‘jaligida xosildorlikni oshirish, zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida ishlatiladigan kimyoviy moddalar tuproqning holatiga. sug‘orish natijasida chiqqan oqava suvlar tufayli suv xavzalarining xolatiga salbiy ta’sir qilib, undagi jonivorlarning kasallanishiga, qirilib ketishiga olib keladi. O‘simliklarni zararkunandalardan himoyalash maqsadida ishlatiladigan pestitsidlar odamlarga ham katta xavf solmoqda. Har yili dunyo bo‘yicha pestitsidlardan zaharlanib 10 ming odam, qushlar, xashoratlar, o‘rmonlar qirilib ketayotganligi aniqlangan. Ular oziq-ovqatlarga, ichimlik suvlarga tushadi. Barcha pestitsidlar odamga va tirik mavjudotlarga nasliy (mutagen) salbiy ta’sir qilishi ma’lum.
Texnogen avariya va falokatlar. XX asrning o‘rtalariga qadar odamzod tabiatni buza oladigan darajadagi kuchli vositalarga ega emas edi.
Yadroviy ob’ektlarning va zaharli kimyoviy moddalarning ko‘plab miqdorlarda bir joyda to‘planishi va ishlab chiqarilishining o‘sishi, odamning ekosistemaga katta zarar keltirish, xatto, ayrim hududlarda uni buzib yuborish imkoniga ega qildi.
Insoniyatning aktiv texnogen faoliyati tufayli planetamizning ko‘pgina hududlarida biosferaga puturetgan va yangi yashash muhiti turi – texnosfera vujudga kelgan.
Texnosferani yaratish jarayonida, insoniyat o‘z yashash muhitini yaxshilashga, uning qulay bo‘lishiga, tabiatning nohush ta’siridan saqlashga intildi. Bu albatta, uning yashash sharoitini yaxshiladi, qulaylashtirdi va boshqa omillar (tibbiy xizmatning yaxshilanishi va h.k.) bilan birgalikda umrining uzayishiga olib keldi. Masalan, XIX asr boshlarida odam umrining uzunligi o‘rtacha 35-40 yil bo‘lgan bo‘lsa, XX asrga kelib 60 - 63 yilga yetgan.
Lekin, insononing va qo‘li bilan yaratgan texnosfera ko‘p xollarda odamlar umidini oqlamadi. Yaratilgan ishlab chiqarish va shahar muhiti xavfsizlik satxi bo‘yicha talab darajasidan ancha orqada. Texnosferaning paydo bo‘lishi, uning borgan sari kengayib borishi biosferani siqib chiqarmoqda, uning o‘rnini olmoqda. Bu esa planetamiz ekosisgemasini buzilishiga olib kelmoqda. Xozirgi kunda Yer yuzida ekosistemasi buzilmagan maydonlar oz qismni tashkil qiladi. Masalan, Evropada 15,6%, Osiyoda 43,6%, Shimoliy Amerikada 56,3% halos.
Do'stlaringiz bilan baham: |