O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti


BMTning 1995 yil ma’lumotiga ko‘ra inson umrining qisqarishi (IUQ). (soatlarda)



Download 5,06 Mb.
bet9/156
Sana07.07.2022
Hajmi5,06 Mb.
#753418
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156
Bog'liq
УМК ҲФХ (2)

BMTning 1995 yil ma’lumotiga ko‘ra inson umrining qisqarishi (IUQ). (soatlarda)
1.4 jadval



Mehnatsharoiti

IUQ

1.
2.
3.
4.

Chekish. 45 yil davomida kuniga 20 dona sigaret
Ko‘mir konida ishlash
Nohush sharoitlarda yashash
Yirikshaharlardagihavoningifloslanganligi

2250
1100
500
350



Xavfsizlikni sistemali tahlili. Bu, xavfsizlikni murakkab masalalarini hal qilish yechimini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan tadbirlar majmuasidir.
Sistema deb o‘zaro tasiri bilan aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan aloqador komponentlar yig‘indisiga aytiladi.
Komponentlar deganda /elementlar, tashkil qiluvchi qismlar/ faqatgina moddiy ob’ektlar emas balki munosabat va aloqalar ham tushuniladi. Har qanday mashina texnik sistemaga misol bo‘la oladi. Tarkibida odam ishtirok etadigan sistema yerga tik sistema deyiladi. Bunday sistemaga misollar “Odam - mashina”, “odam - mashina – atrof muhit” va boshqalar. Umuman olganda har qanday biror jism biror sistemaga mansub.
Sistemalash prinsipida xodisalarga o‘zaro bog‘liq ravishda bir dasta yoki to‘plam tariqasida qaraladi. Sistema beradigan maqsad yoki natija sistemani tashkil qiluvchi element deb ataladi.
Masalan, yong‘in bo‘lishi uchun yonuvchi modda, oksidlovchi modda va energiya impulsi mavjud bo‘lishi kerak. Shu komponentlardan birortasini olib qo‘ysak sistema buziladi, yong‘in bo‘lmaydi.
- yong‘in - harorat, yorug‘lik, tutun.
- yog‘och – bu xususiyatlar yo‘q.
- kislorod – bu xususiyatlar yo‘q.
en. impulsi – haroratdan boshqasi yo‘q.
Sistema, uni tashkil qiluvchi komponentlarida bo‘lmagan sifatga egadir. Bu ularning muhim xususiyatlaridir.
Xavfsizlikning sistemali tahlilining maqsadi ko‘ngilsiz xodisalarni /avariya, katastrofa, yong‘in, jarohatlar paydo bo‘lish sabablarini aniqlashdir.
“Sabablar va xavflar shajarasi” – sistema tariqasida.
Har qanday xavf, qandaydir sabab va sabablar tufayli zarar keltirib yuzaga chiqadi. Sababsiz havf bo‘lmaydi. Demak, havfdan saqlanish uchun uning kelib chiqish sabablarini o‘rganishimiz kerak. Sababi ma’lum bo‘lsa, havfni oldini olish mumkin. Xavf va sabablar orasida uzviy bog‘lanish mavjud. Bir sabab ikkinchi sababi yoqibat bo‘lib chiqishi mumkin. Shunday qilib, sabablar va xavflar ierarxik, zanjirsimon strukturani, sistemani tashkil qiladi. Shunday zanjirsimon strukturalarning chizmasi shoxdor daraxtgao‘xshash bo‘lganligi uchun xorijda “sabablardaraxti” – “shajarasi” “inkorlarshajarasi”, “xavflarshajarasi” tushunchalari ishlatiladi. Shajarani tuzishda xavflar shohi, sabablar shohi mavjud bo‘lib ular orasidagi bog‘lanishning dialektik xarakterini ko‘rsatadi. Ularning bir-biridan ajratib tashlash maqsadga muvofiq emas, mumkin ham emas. Shuning uchun havfsizlikni tahlil etishda tuzilgan shajarani “sabablar va xavflar shajarasi” deb atash lozim bo‘ladi. Ko‘ngilsiz xodisalarning sabablarini aniqlashda /avariya, jarohatlar, yong‘inlar, yo‘l – transport xodisalari shajara tuzish yaxshi samara beradi.
Tahlil usullari
Havfsizlikni tahlil qilish asosan ikki xil usul bilan aprior (ko‘ngilsiz xodisadan avval va aposterior ko‘ngilsiz xodisadan keyin) amalga oshiriladi.
Ikkala usulda ham to‘g‘ri va teskari usulni qo‘llash mumkin.
Aprior tahlili
Tadqiqotchi bu usulda baxtsiz xodisaga olib kelishi mumkin bo‘lgan, shu sistemaga yashirin aloqador barcha ko‘ngilsiz xodisalarni tanlab oladi.
Aposterior tahlili
Bu tahlil usuli ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘lgandan so‘ng bajariladi. Bundan maqsad kelgusiga tahlillar bir-birini to‘ldiradi.
Teskari usulda esa, oqibat tahlil qilinib-sabablari aniqlanadi.
Hamma holatda ham yakuniy maqsad bitta-ko‘ngilsiz xodisalarni oldini olish.
Dastlabki ko‘ngilsiz voqealarning sodir bo‘lish ehtimolini va takrorlanish chastotasini bilgan taqdirda yakuniy xodisaning ehtimolini aniqlash mumkin.
Havfsizlikni tahlil qilishda asosiy muammo sistemaning parametrlarini va chegaralarini aniqlab olishdir. Agar sistema juda cheklangan holda olinsa unda sistemalashgan uzuq-yuluq ogohlantiruvni tadbirlar olish ehtimoli oshadi, yoki ayrim xavfli xodisalar diqqatdan chetda qolishi mumkin. Boshqa tarafdan, ko‘rilayotgan sistema juda cheksiz, umumiy qilib olinsa unda tahlil natijalari noaniq bo‘lib qoladi. Shuning uchun tadqiqotchi oldida qaysi darajada tahlil qilish savoli ko‘ndalang turadi. Bus avolga javob tahlilning aniq maqsadiga bog‘liq.
Nazorat savollari:

  1. HFX fani nimani o‘rganadi?

  2. Texnosferadagi yirik falokatlarga misollar keltiring.

  3. Xavf nima? Xavflarning qanday turlari mavjud?

  4. Sabab nima? HFX ning aksiomalari haqida nimani bilasiz?

  5. Yashash muhitiga ta’rif bering. Komfort sharoitni tushuntirib bering.

  6. Yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan sharoit qanday? Xavfli holat nima?

  7. Favqulodda xavfli holatni ta’riflab bering.

  8. Yashash muhiti evolyusiyasi haqida so‘zlab bering.

  9. Urbanizatsiya qanday izohlanadi? Demografik portlash haqida gapirib bering.

  10. Texnogen avariya va falokatlar haqida so‘zlab bering.

  11. Sistemali tahlil nima?

  12. Qanday sistema yerga tik sistema deb ataladi?

  13. “Sabablar shajarasi” qanday tuziladi?

  14. Aprior va aposterior usullari haqida nima bilasiz?




Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish