Nazorat savollari
Dengiz sharoitida burg‘ilash ishlarini olib borish haqida ma’lumot bering?
Dengizdan neft qazib olishda qo‘llaniladigan jihozlar haqida ma’lumot bering?
Suv ostida quduqlarni tugallash ishlari haqida ma’lumot bering?
Dengizda burg‘ilash ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan asoslar to‘g‘risida tushunchalar bering?
Quduqlarni sementlashdagi murakkabliklar to‘g‘risida ma’lumot bering?
Burg‘ilash ishlarini olib borishda burg‘ilash kolonnasiga ta’sir etuvchi omillarga nimalar kiradi?
XVIII ma’ruza. NEFT VA GAZDAN FOYDALANISH
Reja:
18.1. Neftni qayta ishlashni rivojlantirish tarixi
18.2. Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar
18.3. Neftni qayta ishlashning asosiy bosqichlari
Tayanch iboralar: favvora-favvora, klapan, shtuser, paker, favvora –mexanizatsiya, nasos-mexanizatsiY.
Foydalanilgan adabiyot:
1. T.R.Yuldashev, X.Q. Eshkabilov. “Neft va gaz konlari mashina va mexanizmlari” Qarshi.: Qashqadaryo kо‘zgusi OAV nashriyoti. –Darslik-2015 yil.
2. T.R.Yuldashev. “Neft va gaz konlari mashina va jihozlari” Qarshi.: Uslubiy qо‘llanma. Qarshi -2015 yil
18.1. Neftni qayta ishlashni rivojlantirish tarixi
Neftni qayta haydab ishlash jarayoni eramizning boshlarida ma’lum bo‘lgan. Bunda neftdagi yoqimsiz hidlar yo‘qotilgan, undan davolashda dori sifatida foydalanilgan. Kichik miqdordagi neft kolballarga, katta miqdori esa sig‘imlarga haydalgan.
Rossiya davlatining Arxangel shahri savdogari Fyodar Pryadunov 1745 yilda Uxta daryosida jahonda birinchi neftni haydaydigan zavodni qurgan. Buning uchun u delta daraxtining smolasidan olingan skinidorani, konifolni olishda hajmli qurilmani qo‘llagan (smolani chekishga haydash Rossiyada XII-XIII asrlarda ma’lum bo‘lgan).
Mozdak yaqinida smolo chekuvchi dehqon ustalari aka-uka Dubininlar 1828 yilda neftni haydash qurilmasini qurganlar. Neftni haydash qurilmasi mis qopqoqli temir hajmdan va suvoqli pechkadan tashkil topgan. Hajmning qopqoqidan trubka chiqarilib bochkadagi suv orqali o‘tkazilgan. Neft qizdirilgandan so‘ng bug‘ ajralib chiqadi, suvda sovutiladi va kondensatsiya bo‘ladi. Bu suyuqlik qorayishni boshlashi bilan yoqilg‘i uchirilgan, hajmdagi quyuq qoldiq mazut tashlab yuborilgan, 40 chelak neftdan 16 chelak fotogen (kerosinning anologi) olingan. Mazut yigirma chelak hajm qo‘rinishida qolgan, to‘rt chelak esa haydash jarayonida qurum qo‘rinishida yo‘qotilgan.
Neftni qayta haydash zavodlari XIX asrning 40-chi yillarida boshqa davlatlarda ham paydo bo‘lgan. Buyuk Britaniya davlatida 1848 yilda Dj. Yung zavodida neft qayta ishlana boshlangan. Pensilvaniyada (AQSh) 1849 yilda S.Kir neftni qayta ishlaydigan zavod qurgan. Fransiyada birinchi marta neftni haydaydigan zavod 1854 yilda Elzasda A.Girn tomonidan qurilgan. Germaniyada, Polshada va Ruminiyada XIX asrning 50 yillarida neftni qayta ishlaydigan sanoat qaytadan tug‘ilgan.
Rossiyada birinchi neftni qayta ishlaydigan yirik zavod Baku rayonida barpo etilgan: Kokorev V.A va Gubonik P.I.ning zavodi (1860 y), D.Melikov (1863). Bundan tashqari kichik zavodlar 1860 yilda Bakuda ular 30 ta, 1870-chi yillarda 70 tadan oshib ketdi.
Grozniyda I.M.Mirzayev tomonidan 1865 yilda, A.N.Novosilsov tomonidan 1868 yilda Tamanski yarim orolida yirik neftni haydaydigan zavod ishga tushirilgan va shu tuman to‘liq kerosin bilan ta’minlangan.
Farg‘ona vodiysidagi birinchi tadbirkor D.P.Petrov tomonidan 1885 yilda SHo‘r suv neft uchastkasida har kuni 400-500 kg.gacha neft qazib olingan va kerosin ajratib oladigan kichkina zavod qurilgan. Shuning natijasida Farg‘ona vodiyida Xo‘jaobod, Andijon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk va shunday bir nechta konlar ochilgan va ishga tushirilgan.
Rossiyada XIX asrning 70 yillarining boshida boshqa bir nechta fotogenli (kerosinli) zavodlar faoliyat ko‘rsata boshlagan: Odessada – 4 ta, Xersonda – 1 ta, Kerchida – 3 ta. Ular yordamida Kavkazdan va Moldaviyadan chiqadigan neft qayta ishlangan.
Neftni qayta haydash ishlari takomillashtirilgan. Agar dastlabki bosqichda hajmlarga davriy ta’sir etish orqali ishlab chiqarilgan bo‘lsa, keyinchalik talabga javob bermay qolgan. Bunday texnologiyada neftni fraksiyalarga ishonchli ajralishi ta’minlanmagan, fraksiyalarning oralig‘idagi haroratning chegarasi ko‘zda aniqlangan.
Keyinchalik hajmli qurilmalar bir-biri bilan birlashtirilgan kublarning jamlanmasi–hajmli batareyalarga aylantirilgan hamda ular aniq neft fraksiyalarini olish uchun xizmat qilgan. XIX asrning oxirida to‘xtovsiz ishlaydigan hajmli batareyalar ishlangan. Ularda issiqlikni regeneratsiya qilish prinsipidan foydalanilgan: olinadigan issiq neftning fraksiyasi qayta ishlashga kirib kelgan neftga o‘zining issiqligini bergan. Buning evaziga qurilmaning unumdorligi keskin kuchaygan. Bu qurilma 1886 yilda V.G.Shuxov va F.I.Inchik tomonidan taklif qilingan, kuniga 27 marta ko‘p neftni qayta haydashga erishilgan, xuddi shunday ko‘rsatgich hajmida – 1,5 ga, hajmli batareyalarda – 4 ga teng. XIX asrda neftni qayta ishlash natijasida asosan kerosin olingan.
Boshlang‘ich davrda tovar kerosinining asosiy tavsiflariga solishtirma og‘irligi (0,78-0,85 t/m3), qaynash harorati oralig‘i (170-320 oS) va uning rangi kirgan. Neftdan kerosin fraksiyasini chiqishi nisbatan uncha katta bo‘lmaganligi (baku neftidan 25-30 %) uchun neft sanoatchilari solishtirma og‘irligi kerosinga o‘xshash yengil suyuqlik va og‘ir fraksiyalarni aralashtirgan hamda qo‘shimcha hajmlarni olishga kirishganlar. Bunday mahsulotdan chiroqlarda foydalanilgan, ko‘pincha portlash sodir bo‘lgan. Shuning uchun kerosinni xavfsiz yoritishda foydalanishning yaroqliligi chaqnash haroratiga (suyuqlikning ustidagi yuzada bug‘larni alangalanishi) va alangalanish haroratiga (suqlikni yonish) qarab aniqlaganlar.
Neftni qayta ishlashni boshqa usullari rivojlangan. D.I.Mendeleyevning maslahatiga asosan 1879 yilda Yaroslavlning yaqinida jahonda birinchi bo‘lib, mazutdan surkov moylari oladigan zavod qurilgan. V.G.Shuxov va S.Gavrilovlar tomonidan 1891 yilda og‘ir uglevodorodlarni yuqori harorat va bosimda parchalash yo‘li bilan yengil uglevodorodlarni olish ixtiro qilingan. Bunday jarayon kreking nomini olgan.
V.G.Shuxov muhandis M.A.Kotelyunikov bilan hamkorlikda kreking qurilmasining turboburini ixtiro qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |