O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Dengizdan neft qazib olish jarayonlari



Download 17,97 Mb.
bet74/149
Sana02.07.2022
Hajmi17,97 Mb.
#731841
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149
Bog'liq
2 5301009882680399153

17.2. Dengizdan neft qazib olish jarayonlari

Dengizdagi neft konlaridagi mahsuldor qatlamning bosimini ushlab turgan holda favvora usulida qazib olish amalga oshiriladi, keyinchalik esa gazlift yoki mexanizatsiyalashgan boshqa usullarda neft qazib olinadi. Qazib olinadigan neftning tarkibidagi yo‘ldosh gazlardan quduqlarni gazlift siklida ishlatishda ichki energiyaning istemoli sifatida foydalaniladi. Gaz konlari suv osti gaz uzatmalari orqali qirg‘oqda joylashgan istemolchilarga ulanadi. Quruqliklardagi konlarni dengizdagi neft konlaridan farqi asosiy (quduq osti jihozlarini) va dengizdagi neftgazkonlarini gidrotexnik inshootlariga (suniy orollarda, ko‘tarma to‘sinlarda, estakadalarda barqaror platformalarda) eng so‘nggi holatda quduqning ustki qismi suvning sathidan pastda joylashadi. Dengizdagi neft konlarining texnologik sxemalari dengizning chuqurligiga, muzlarni paydo bo‘lish ehtimolligiga, to‘lqinning balandligiga, shamolning tezligiga va boshqa tabiiy iqlimiy sharoitlarga hamda qazib olinadigan flyuidlarning fizik-kimyoviy tavsiflariga, uyumlarning zaxirasiga, quduqlarning debitiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Dengizning chuqurligi 25-30 m bo‘lganda neft konlari tabiiy dengizlarda va ko‘tarma to‘sinlarda (5-10 metrgacha), estakadalarda va boshqa qoziqli konstruksiyali inshootlarda joylashtiriladi.



17.3-rasm. Dengizda quduqlarni burg‘ilash va neft qazib olish


Agarda chuqurlik 25-30 metrdan katta bo‘lganda dengizdagi konlarni qurishda barqaror platformalar qo‘llaniladi. Ularning tayanch qismi va palubalari metalldan yoki temir betondan tashkil topgan, quduqning ustiga kon jihozlari joylashtiriladi.


Suvning chuqurligi 60-80 metr bo‘lganda yakka funksiyali platformalardan foydalaniladi. Platformalarga qazib oluvchi quduqlar yoki texnologik jihozlar (mahsulotni yig‘ish yoki tayyorlash uchun), energetik obyektlar joylashtiriladi.
Kompressor stansiyalari, yashash binolari bilan birgalikda, chuqurlikka o‘rnatiladigan suvli platformalar (chuqurligi 80 metrdan yuqori) ko‘p funksiyali hisoblanadi.. Platformaning soni drenajlash hajmiga nisbatan aniqlanadi va ular 2 ta yoki 4 ga teng bo‘ladi. Platformaning yuqori qismidagi qurilish montaj ishlarini qulay bo‘lishi uchun yirik blok-modulli qurilish bajariladi, masalan qazib oluvchi blok-modullar boshqaruv tizimli favvora armaturasidan hamda quduq mahsulotlarini yig‘ish jihozlarining jamlanmasidan tashkil topgan bo‘ladi va har xil texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.
Quduq mahsulotlarini tayyorlash hamda qirg‘oqqa tashish va qatlamga haydaladigan suvlarni tayyorlashda qo‘llaniladigan blok-modullar; bundan tashqari qurilish tarkibiga energetik blok-modul, yashash joyi moduli va vertolyot qo‘nish maydonchasi, quduqni joriy va kapital tamirlash uchun burg‘ilash minorasi, qirg‘oq inshootlari va kranning jihozlari, minora yoki machtalar joylashtiriladi. Gravitatsion turdagi barqaror platformalar kam qo‘llaniladi va qurilish jarayonida qirg‘oqda jihozlar bilan ta’minlanadi, keyin esa dengizda tashiladi va oldindan tayyorlangan maydonda dengizning tubiga gravitatsion platformalar dengiz tagida gruntlarning mustahkamlagidan kelib chiqib (qo‘llanilishi chegaralanadi) o‘rnatiladi.
Bunday platformaning asosiga hajm (sig‘im) joylashtiriladi va tashish vaqtida inshootning suzuvchanligini ta’minlaydi.
Chuqur suvli dengiz konlarining jihozlari juda qimmat turadi, masalan Shimoliy dengizning Norvegiya sektoridagi Statfyord konining jihozlarini bahosi juda yuqori bo‘lib, 145 metr chuqurlikda uchta temir betonli barqaror gravitatsion turidagi platforma o‘rnatilgan bo‘lib, narxi 6 mlrd. dollardan yuqoridir.
Chuqur suvli konlarning jihozlarini namunaviy tuzilmasining (Shimoliy dengizning Angliya sektorining chuqurligi 70÷160 metr oralig‘ida) xarajatlari: barqaror platformaning tayanch qismlari – 20 ta; yuqori qurilish jihozlari – 38 ta; qirg‘oq tankerlari – 1 ta; suv osti 15 ta; ishlatish quduqlarini burg‘ilash – 17 ta.
Dengizdagi neft konlarida jihozlangan barqaror platformalarda suvning ostidagi quduqlarni tugallashda konning eng chetki uchastkalarini drenajlashtirishda razvedkaviy quduqlarni ishlatishga topshirishda, chegaradan va chegara ichidan suv bostirishda va hakozolarda yordamchi jihozlar qo‘llaniladi.
Dengizdagi suvning chuqurligi 60 metrdan chuqur bo‘lganda neft koni quduqlari fondi quduqlarning suv ostidagi tugallash jihozlarini tashkil qiladi hamda neft gaz koni jihozlari suzuvchi qurilmalarda (burg‘ilash platformalarida, tankerlarda qaytadan jihozlanadi) o‘rnatiladi.



Download 17,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish