17.5-rasm. Dengizda burg‘ilash asoslarining turlari
Qurilma ko‘tarilgan tayanchlari bilan birgalikda (16.5-rasm, v) tirkama yordamida burg‘ilash joyiga olib kelinadi. Platformadan gidravlik ko‘targichlar yordamida tayanchlar dengizning tubiga tushiriladi. Tayanchlar dengiz tubiga yetib borgandan so‘ng, platforma suv ustidan kerakli balandlikgacha ko‘tariladi, eng baland to‘lqinning shtormalarini suvi ham uni ko‘ma olmaydi.
Bunday qurilmaning inshootlari 90-100 metr chuqurlikdagi suvlarda o‘rnatilganda tayanchning mustahkamligini va inshootning chidamligini ta’minlash qiyin bo‘ladi.
Dengizdagi chuqurlik 300 metrgacha bo‘lganda o‘zi yuradigan va o‘zi yurmaydigan kemalarga montaj qilingan suzuvchi burg‘ilash qurilmalari qo‘llaniladi. (16.5-rasm, d).
Bunday burg‘ilash qurilmasi boshqa turlarga nisbatan arzon, mobilli lekin yon tomonlari va yon tomondan tebranish kuchli ta’sir qiladi, keskin obi-havo sharoitida burg‘ilash ishlarini olib borishning imkoniyati bo‘lmaydi.
Bu qurilmani quduqning ustida ushlab turish to‘rtta – oltita yakorlar yordamida amalga oshiriladi. Dengizdagi suvning chuqurligi 200 metr bo‘lganda yakor zanjirining uzunligi 1500 metrga yetadi va quduqning o‘rnatilganligini qayd qilish qiyin bo‘ladi.
Katta chuqurlikdagi yakorlarni qo‘llash samarasiz bo‘lganda dinamik barqarorlashtiruvchi qurilmalar qo‘llaniladi va uning qo‘zg‘almaslik holati aniq bir chegaralarda egarli vintlarning tizimi yordamida ta’minlanadi. Bunday barqarorlashtiruvchi qurilmaga Fransiyaning “Pelikan” kemasi mansub bo‘lib, u nisbatan tinch suvlarda burg‘ilash ishlarini olib borishga mo‘ljallangan.
Dinamik boshqarish tizimi oltita egarli vintlardan tashkil topgan: bosh egarli vint, burunli qismida uchta buruvchi qurilmali va ikkita – kemaning cho‘ntakli qismida yetarli vintlar kuzatuvchi tizimlar yordamida ishga qo‘shiladi, asboblar yordamida yo‘naltiriladi va dengizning tubiga tushiriladi. Kemaning har qanday harakati qo‘zg‘almaydigan yo‘nalishga nisbatan zudlik tizimda qayd qilinadi va dvigatelning nasoslariga mos bo‘lgan signallarni uzatadi va uning yordamida joyiga qaytadi.
Yon tarafdan tebranishlarni kamaytirish uchun suyuqlik sirti erkin tebranish uchun tinchlantiruvchi sisternalar o‘rnatiladi.
Shtormali kengliklar uchun yarim yuklangan “Diposemi” o‘zi yuradigan qurilma qo‘llaniladi va dinamik barqarorlashtirilgan (17.5-rasm, f) u aylanali shaklga ega bo‘lib, uchta pontonni tinch holatda ushlab turadi. Pontonlarga montaj qilingan elektr dvigatellar maxsus nasadkalarga o‘rnatilgan egarli vintlarni aylantiradi va 3600 gacha burilishi mumkin.
Shamolning yo‘nalishini va kuchini hisobga olib vintlarning ishi EHM yordamida kerakli tomonga boshqariladi. O‘rnatilish massasi 9 ming tonna, ko‘ndalangiga 122 m, balandligi 46 m, to‘lqinning balandligi 10 metr bo‘lganda borti va yon tomondan tebranishi 20 ni tashkil qiladi, tiklik bo‘yicha u 1,4 metrga siljiydi. Qurilmani dengizning chuqurligi 1000 metrgacha bo‘lganda burg‘ilashda qo‘llash mumkin. Burg‘ilash ishlari ananaviy usulda – burg‘ilashlarda, burg‘ilash birikmasi yordamida olib boriladi. Dengizning tubigacha suvni bekituvchi mustahkamlash quvurining birikmasi tushiriladi. Burg‘ilash qurilmasini to‘lqin, shamol, suv osti oqimlarining ta’sirida burg‘ilash tizmasi bilan quduqni bir o‘qda yotishini va burg‘iga beriladigan kerakli yukni ushlab turishda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi.
Xulosa
Dengiz sharoitlari uchun yaratilgan texnik jihozlar va konstruksiyalar aniq darajada suvning tagida joylashgan yer sirtlari uchun va boshqa holatlarda ham qo‘llashga yaroqlidir.
Yoqilg‘i xom-ashyolarning istemol qilinish jadalligining o‘sishi ko‘pgina davlatlarda neft va gaz resurslarini qurib ketayotganligi, quruqlikdagi neft va gazning zaxiralarining o‘sishini pasayish holatlari murakkab sharoitga ega bo‘lgan dengiz shelflarini va okeanlarni o‘zlashtirish muammolari bilan shug‘ullanishni dolzarb masalalarini keltirib chiqardi.
Quruqliklardagi konlarni dengizdagi neft konlaridan farqi asosiy (quduq osti jihozlarini) va dengizdagi neftgazkonlarini gidrotexnik inshootlariga (suniy orollarda, ko‘tarma to‘sinlarda, estakadalarda barqaror platformalarda) eng so‘nggi holatda quduqning ustki qismi suvning sathidan pastda joylashadi. Dengizdagi neft konlarining texnologik sxemalari dengizning chuqurligiga, muzlarni paydo bo‘lish ehtimolligiga, to‘lqinning balandligiga, shamolning tezligiga va boshqa tabiiy iqlimiy sharoitlarga hamda qazib olinadigan flyuidlarning fizik-kimyoviy tavsiflariga, uyumlarning zaxirasiga, quduqlarning debitiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |