Nazorat savollari
Gaz quduqlarining tubi jihozlariga qo‘yilgan talablarni tushintirib bering?
Graviyli filtrlarni o‘rnatishni tartibini tushintirib bering?
Gaz quduqlariga o‘rnatiladigan NKQning ichki diametrini aniqlash tartibini tushintiring?
NKQni quduqqa tushirish chuqurligi qanday asoslanadi?
XV ma’ruza. NEFT VA GAZ QATLAMLARIGA TA’SIR ETISH JARAYONLARIDA SUV HAYDASHDA QO’LLANILADIGAN JIHOZLAR
Reja:
15.1. Gidravlik porshenli nasoslar yordamida neftni alohida qazib olish
15.2. Bir vaqtda suvni alohida haydovchi jihozlarning sxemasi
15.3. Quduqlarni alohida ishlatish jihozlari va ularning hisoblari
Tayanch iboralar: porshenli, pakerlar, klapan, NKQlar, bir vaqtda suvni, preventor.
15.1. Gidravlik porshenli nasoslar yordamida neftni alohida qazib olish
Gidravlik porshenli nasoslar (GPN) yordamida har xil parametrga ega bо‘lgan qtlamlarni bir vaqtda keng imkoniyatda ishlatish ta’minlanadi.
Ikkita qatlam GPN yordamida ishlatilganda zonalar oralig‘iga о‘rnatilgan pakerlar bilan qatlamlar ajratiladi (9.1-rasm). Pastki qatlamni ishlatishda NKQ GPN bilan birgalikda pastga tushiriladi, dum klapanni ochadi, paker tagida joylashgan nasosning bо‘shliqidan suyuqlikni oladi.
Yuqoridagi qatlamni ishlatishda tizma kо‘tariladi; bunda klapan yopiq bо‘ladi, suyuqlikni bо‘shliqdan paker ustida joylashgan GPN oladi. GPNga ishchi suyuqlik NKQ ichki tizimi orqali kirib keladi, qatlam va ishchi suyuqliklar aralashmasi NKQning tashqi oraliqning halqali fazosi orqali yuqoriga olib chiqiladi.
Quduq ustining armaturasi ikkita konsentrik joylashtirilgan NKQ tizimi bilan birgalikda gidravlik domkrat yordamida quduq ustiga о‘rnatiladi. Eng sо‘nggida tizma va GPN yuqori qatlamni yoki pastki qatlamni ishlatishda tushiriladi.
Ikkita qatlamdan gaz bilan mahsulotni olish bir-biriga bog‘liq bо‘lmagan holda GPN agregatining ikki bog‘liq bо‘lmagan sxemalaridan foydalanish orqali ta’minlanadi.
Bunday sharoitda NKQning ikkita parallel tizmasi orqali quduqqa ikkita GPN tushiriladi. Har bir tizmaning ichi orqali NKQning tizmasi joylashtirilgan bо‘ladi va u orqali ishchi suyuqlik agregatga olib kelinadi.
Pastki qatlamdan gazni olib ketish uchun kichik dimetrli NKQ alohida tushiriladi. Paker yordamida pastki va yuqoridagi qatlamlar ajratiladi. Bu pakerlar orqali quvurlar о‘tkazilgan bо‘ladi, gazni olib ketish va qatlam suyuqliklar agregatining kirishiga uzatiladi. Ishchi suyuqlikni uzatish hamda qatlam va ishchi suyuqlik aralashmasini olib ketish har bir agregat uchun bir-biriga bog‘liq bо‘lmagan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |