O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Quduqlarni alohida ishlatish jihozlari va ularning hisoblari



Download 17,97 Mb.
bet32/149
Sana02.07.2022
Hajmi17,97 Mb.
#731841
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149
Bog'liq
2 5301009882680399153

15.3. Quduqlarni alohida ishlatish jihozlari va ularning hisoblari

Favvorali qatlamlarni alohida ishlatishda uchlik turidagi juft favvora armaturasidan foydalaniladi (9.3-rasm).


Tizma boshchasini ustiga quvur boshchasi о‘rnatiladi, u chorbarmoqdan (9) tashkil topgan bо‘ladi, unga yon oraliq orqali zulfin (10) biriktirilgan. Zulfinning yuqoridagi konussimon yо‘nilmasiga ikkita konussimon quvur tutqich (9,8) joylashtirilgan bо‘ladi va ularga parallel quvurlar tizmasi osiladi. Chorbarmoqning ustiga ikkita о‘tish teshigi bor uzgartma (6) о‘rnatilgan. Yuqoridagi flanetsga qо‘shma tо‘g‘ri oqimli zulfin (5) о‘rnatilgan. Qatlamning ish rejimi quduq ustidagi otma chiziqqa о‘rnatilgan shtuserlar yordamida (1;4) boshqariladi.
Armaturaning yuqori qismiga tо‘g‘ri oqimli markaziy zulfinga (3) librikator (2) о‘rnatiladi. Yuqorida keltirilgan jihozning haqiqiy tuguni chorbarmoq (9) hisoblanadi va u konussimon quvur tutqichli bо‘ladi, qolgan tugunlari va detallarni favvora armaturasi egallaydi.
Jihozlar konstruksiyasi yordamida ketma-ket tartibda nasos-kompressor quvurlar tushiriladi, ponali tutqichlar va elevatorlar bilan ishlanadi, preventordan foydalanish hamda quduqni tо‘g‘ri va teskari yuvish amalga oshiriladi.
Quduq usti jihozlari yuqoridagi quvurga buralgan konduktor flanetsiga о‘rnatiladi va boltlar vositasida mahkamlanadi. Chorbarmoqning yuqori flanetsiga tayanch flanets mahkamlanadi va unga teshikli tayanch shayba joylashtiriladi va u orqali saqlab turuvchi NKQning tizmasi о‘tkaziladi.
Preventorni joylashtirish uchun tayanch flanetsdan yuqoriga burilgan kalta quvurchali flanets joylashtiriladi.
Quduq nasoslari bilan qatlamlarni ishlatishda tizma boshchasining flanetsiga shpilka yordamida mahkamlangan planshaybalardan foydalaniladi. Planshaybada ikki pog‘onali yо‘nilma mavjud va unga ikki mufta kirgizilgan.
Muftalar va planshaybalar oralig‘idagi tirqish masofa halqali zichlama yordamida germetiklangan. Muftaning pastki qismidagi rezbaga nasos-kompressor quvurlar, yuqori qismidagi rezbaga esa quduq usti sal’niklari biriktiriladi. Quduq usti sal’nikining har bir korpusining yonida flanetsli olib chiquvchi chiziq mavjud bо‘lib, qatlam mahsulotlarini tashish uchun xizmat qiladi, yuqori qismi esa zichlama bilan ta’minlangan bо‘ladi va rostlovchi gayka bilan tortiladi.
Qatlamga haydaladigan belgilangan suv sarfini ta’minlash uchun sarf rostlagichlar qо‘llaniladi, qatlamni ishlatish sharoitiga bog‘liq holda haydaladigan suyuqlikni sarfi yoki bosimini doimiy saqlab turadi.
Sarf о‘lchagichlarda suyuqlikni oluvchi rostlagichlar qо‘llaniladi, ular quduqqa simlar yordamida tushiriladi va о‘rnatiladi. Sarf rostlagich qatlamdan suyuqlikning olinishini doimiy ta’minlaydi va bosim pasayganda yoki NKQning ichida, bosim oshganda ham qatlamga qarshi oqimni paydo bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaydi.
Quduq ichidagi jihozlarda uchrashuvchi oqimlarni hosil qiluvchi, suyuqlik oqimini yо‘naltiradigan nasos-kompressor quvurlar orqali quvur orqa halqasi yoki teskarisiga ketuvchi oqimlarni kesuvchi tugunlar qо‘llaniladi xuddi, shunday mufta pakerning ustiga ham о‘rnatiladi. Bunday holatda NKQ tizmasiga uzatiladigan suyuqlik halqa fazosiga chiqadi, tizma quvurlar orqali pastga ketuvchi suyuqlik esa halqa fazosi orqali yо‘naltiriladi.
Paker uzoq muddat quvur tizmasini ichki bо‘shlig‘ini ajratish uchun xizmat qiladi hamda zichlamali qurilmalarni va quduq ichidagi jihozlarning har xil elementlarini qо‘zg‘almasdan turishini ta’minlaydi.
Paker katta zо‘riqish, bosim va harorat ostidagi murakkab sharoitda ishlaydi xamda atrofdagi yemiruvchi muhit ham ta’sir qilishi mumkin.
Alohida ishlatish uchun murakkab qurilmalarda markazdan qochma elektr botma nasoslardan (MQEBN) foydalanildai (9.4-rasm). Yer osti jihozlari ikki qatlamning oralig‘iga о‘rnatiladigan pakerdan, markazdan qochma nasosdan tashkil topgan, elektr dvigatelning va nasosning gidravlik himoyalash qurilmasining ustidagi suyuqlikni pastki qatlamdagi pakerning tagidan MQEBN qabul tо‘riga uzatish uchun maxsus kojux (3) kiydiriladi; ajratgich (4) plunjer yordamida (5) quduqning quvurlar oralig‘i fazosini NKQning ichki bо‘shlig‘i bilan tutashtirish imkoniyatini beradi. Suyuqlik pastki qatlamdan paker orqali halqali zazor bо‘ylab kojux (3) va nasos (2) oralig‘idan kо‘tariladi, elektr dvigatelni sovutadi va uzgarmadagi kanal bо‘ylab uzgartmadan yuqorida joylashgan kojuxning markazdan qochma nasosning qabuliga beriladi.
Keyin teskari klapan va ajratgich (4) almashtiriladi, suyuqlik pastki qatlamdan NKQga tushadi. Yuqoridagi favvora qatlamidan suyuqlik halqali oraliq bо‘ylab mustahkamlash va MQEBNning kojuxi oralig‘idan о‘tadi, ajratgichga yetib keladi hamda ajratgich va plunjerdagi (5) teshik orqali NKQga kelib tushadi. Shunday qilib ikkala qatlamlarni suyuqligi ajratgichdan yuqorida aralashadi va NKQ bо‘ylab kо‘tariladi.
Ajratgichga (4) almashtiriladigan plunjer (5) о‘rnatiladi, yuqori favvora qatlamidan о‘rnatilgan meyordagi suyuqlikni olishga bog‘liq holda belgilangan diametrdagi shtuser о‘z vaqtidan oldinroq almashtiriladi.
Plunjer (5) qirg‘ichli о‘tkazgich bilan lubrikator yordamida tutqich yoki о‘tqazuvchi moslama orqali NKQga tushiriladi. Ikkita teskari klapan (birinchisi paker tagida, ikkinchisi MQEBNning ustida) va ajratgichning (4) mavjudligi NKQlari oralig‘idagi fazo yoki NKQ va quvurlar oralig‘idagi fazo orqali (tо‘g‘ri va teskari) yuvish amalga oshiriladi va yuqori qatlam о‘zlashtiriladi. Favvora qatlami о‘zlashtirilgandan keyin uning ish rejimini о‘rnatish va plunjerni (5) tushirish ishlari amalga oshiriladi hamda kerakli shtuser bilan nasosni ishga qо‘shish orqali pastki qatlam о‘zlashtiriladi.
Yuqorida keltirilgan yer osti jihozlari quduqqa NKQ yordamida tushiriladi va maxsus plashkali quvur yakori (6) bilan mustahkamlash kolonnasiga osib qо‘yiladi va elektr kabelni (8) о‘tishi oldindan mо‘ljallanadi. Quvurli yakor (6) NKQdan (7) yuklarni qabul qiladi va uni osilgan nasos jihozlariga uzatmaydi. Quduqning usti qismiga oddiy favvora armaturasi (9) MQEBNlarni boshqarish stansiyasi P-avtotransformator bilan birgalikda о‘rnatiladi. Bu qurilma quduqni oddiy usulda tadqiqot qilishga yо‘l bermaydi. Ajratgichning usti (4) qismidagi NKQ orqali manometr yordamida bosim о‘lchanadi. Bu bosimni va plunjerning shtuseridagi (5) bosim yо‘qotilishini bilgan holda favvora qatlamidagi yuqori qatlam qarshisidagi bosim aniqlanadi. Shtuserlarni almashtirib va ajratgichning ustidaga bosimni о‘lchab ikkala qatlamlardagi umumiy bosimni о‘zgarishini quduq tubi bosimiga bog‘liqligini olish mumkin. Bunday ma’lumot yordamida ikkala qatlam uchun indikator chizig‘ini qurib bо‘lmaydi. Suyuqlikni harakatlanishi uchun bitta kanalning mavjudligi tufayli parafin yotqiziqlar bilan kurashish muamolari hal qilinadi. Parafin yotqiziqlarini oldini olishda shisha quvurlardan yoki parafin yotqiziqlarni tozalashni boshqa usullaridan foydalaniladi. “Favvora-nasos” sxemasida ishlaganda (9.5-rasm) qatlamlar ajratgichlar yordamida ajratiladi, rezinali manjet pastga yuqori bosimga ega bо‘lgan favvora qatlamiga qaratiladi. Bu holatda paker о‘zini-о‘zi zichlaydi.








Download 17,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish