Nazorat savollari
Gaz quduqlaridan foydalanish tartibini tushintirib bering?
Gaznining fizik xossalariga nimalar kiradi?
Gaz qudug‘ining usti jihozlariga qanday talablar qo‘yiladi?
Quduq boshchasi qanday vazifani bajaradi?
XIV ma’ruza. BIR VAQTDA ALOHIDA ISHLATISH USULLARINING TASNIFI
Reja:
14.1. Bir vaqtda alohida ishlatish jihozlarining sxemasi
14.2. “Favvora – mexanizatsiyalash” usulining sxemasi
14.3.Mexanizatsiyalashgan usul va mexanizatsiyalashgan usul sxemalari
Tayanch iboralar: favvora-favvora, klapan, shtuser, paker, favvora –mexanizatsiya, nasos-mexanizatsiya.
14.1. Bir vaqtda alohida ishlatish jihozlarining sxemasi
“Favvora – favvora” sxemasi.
Qatlamni alohida ishlatish jihozlari (AIJ) yer usti va quduq ichi tugunlaridan tashkil topgan. Yer usti jihozlarining tugunlari favvora armaturasi, nasos qurilmalari va boshqalardan tashkil topgan bо‘ladi, quduqning ustini germetiklash,harakatni uzatish va rejim parametrlarini boshqarishni ta’minlashga mо‘ljallangan.
Yer osti tugunlari qatlamlarning germetikligini, belgilangan hajmdagi debitni olish (yoki haydash) va uni yerning ustiga kо‘tarib berishni ta’minlaydi.
Turkumli ishlab chiqariladigan jihozlardagi paker –kerakli element hisoblanadi va ishlatish davrida bir qator tizma quvur birikmasini oralig‘ini bekitadi.
“Favvora-favvora” sxemasida neft qazib oluvchi quduqlarda qо‘llaniladigan qurilma ikki xil bо‘ladi: ikkita parallel joylashgan NKQlari UF2P (UQE, UFP, UFP2) turida va NKQlari konsentrik joylashtirilgan-UVLG qurilmasi bо‘lib, bu qurilma gazlift usulida ishlatilgan quduqning ichiga о‘rnatiladi.
UF2P turidagi qurilma (8.1-rasm) 116 va 168 mm.li diametrdagi ishlatish tizmasi uchun mо‘ljallangan va unga mos keladigan NKQning ruxsat etilgan diametrlar 48x48, 60x60, 73x48 mm.
Qatlamlarni energetik zaxiralari favvoralanishni ta’minlaganda konni ishlatish davrida “favvora-favvora” sxemasidan foydalaniladi.
Bunday sxemadan foydalanilganda qatlamning mahsuloti yer ustiga bir- umumiy kanal orqali yoki alohida kanal orqali kо‘tariladi va ularning soni ishlatiladigan qatlamlarning soniga teng bо‘lishi kerak. Ishlatish tizmasida parallel yoki konsentrik joylashtirilgan NKQ tizmasining kanalidan foydalaniladi.
Jihozlarning eng soddasi sxemasiga (8.2-rasm) paker (8) kirib, u mahsuldor qatlamlar (7,9) va NKQning tizmasini (5) oralig‘iga joylashtiriladi. Yuqoridagi qatlam halqa kanali orqali (6), pastki qatlam esa NKQ (5) tizmasining kanali orqali ishlatiladi. Pakerni о‘rnatishda va olib chiqarib olishda NKQning tizmasidan foydalaniladi. Favvora armaturasiga zulfinlar о‘rnatiladi, tizmaning ichki bо‘shlig‘i bilan tutashtiriladi va suyuqlik olishning rejimini boshqarish shtuserlar (3,4) yordamida amalga oshiriladi.
Qatlamdagi suyuqlik NKQning bir tizmasi orqali kо‘tarilganda ikki pakerli sxemadan foydalaniladi. Bunda pakerlarning har biri qatlamning shipiga о‘rnatiladi.
Suyuqlik qatlamdan NKQ tizmasining ichki bо‘shlig‘iga teskari klapan va shtuserlar orqali kirib keladi va aralashadi, yer ustiga kо‘tariladi. Teskari klapanlar qatlamdan qatlamga suyuqlikni о‘tib ketishiga yо‘l qо‘ymaydi, shtuserlar har bir qatlamdn olinadigan suyuqlikni boshqarish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |