Budjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi:
2) davlat budjetining daromadlari.
1) budjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
Davlat budjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to’lovchilarning xarajatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat budjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat budjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo’lsa, bu narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini pasaytiradi. Davlat budjetining daromadlari o’zining yaxlitligi bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi.
Budjet daromadlari davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (budjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Budjet daromadlari o’zlarining iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’yektiv bo’lib, ular davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’yektiv zarurligi davlatning o’ziga xos funksiyalarga ega bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi.
Davlat budjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (budjetga to’lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti (budjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat budjetining daromadlari aniq ifodalangan budjet kategoriyasi bo’lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning budjet mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Davlat budjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa — sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat budjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu yerda budjet fondlarining egasi — davlat va pul mablag’larini oluvchilar — sub’ektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo’ladi. Daromadlar singari, davlat budjetining xarajatlari ham ob’yektiv iqtisodiy kategoriyadir. U kategoriya sifatida budjetli taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ularning moddiylashuvi budjetdan sub’ektlarga pul mablag’larining teskari oqimi bilan xarakterlanadi.
Shunday qilib, davlat budjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag’larni budjetlar ichida taqsimlash va sub’ektlarni budjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o’zaro bog’langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi. . Davlat budjeti ko’p sonli va bo’lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki mahsulot harakatining asosiy yo’nalishlarida namoyon bo’ladi. Aynan budjet iste’mol va jamg’arish fondlarining shakllanishida, iste’mol fondining qismlarga ajralishiga, sof daromadning davlat va sub’ektlar o’rtasida bo’linishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuiga davlat budjeti deyiladi.
1) taqsimlash;
2) nazorat.
Davlat byudjeti ikki xil funksiyani bajaradi:
Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon bo’ladi. Bu davlat budjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunida yaqqol ko’rinadi.
Davlat budjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir; Shuning uchun ham davlat budjetining taqsimlash funksiyasi o’ziga xos bo’lgan xususiyatga ega bo’lib, undan taqsimlangan yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida budjet mablag’lari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi. Davlat budjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha bo’linmalari bevosita yoki bilvosita bog’langandir.
Davlat budjetining nazorat funksiyasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Birinchi xususiyat umumiylik, universallik. Bu milliy iqtisodiyotni tezkor boshqarishda davlat budjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat budjetining nazorat funksiyasiga tegishli bo’lgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat budjetining yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishini, ma’lum ketma-ketlikda bo’ysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, o’z navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi.
Kuchli majburiylik, imperativlik davlat budjetining nazorat funksiyasiga tegishli bo’lgan uchinchi xususiyatdir. Budjet davlatniki bo’lganligi uchun uning nazorat funksiyasi milliy iqtisodiyotni boshqarish vositalaridan biri hisoblanadi.
Davlat budjetining nazorat funksiyasi:
1) davlat budjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag’larini jalb qilish;
2) mablag’larni sarflashning qonuniyligini ta’minlash;
3) budjet mexanizmi orqali ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi.
Sub’ektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat budjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:3
- moliyaviy resurslarga bo’lgan yangbi talabni kelgusi budjet yilida budjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
- moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud budjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni budjet kreditlarini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish yo’li bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim sub’ektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi;
- qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |