Bog'liq O’zbekiston respublikasi оliy va o’rta maxsus тa’lim vazirligi т
1.IS-LM modeli va uning qo'llanilishi Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.
IS-LM modeli birinchi marta 1937 yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy kontseptsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949 yilda A. Xansenning “Monetar n6azariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan so’ng keng yoyildi. Shu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi.I S - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat o’rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori deganda ham iste’mol ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi. Garchand iste’mol va investitsion tovarlarga talab turli omillar bilan belgilansada IS - LM modelida ular bir butun deb qaraladi. Pul bozori deganda xazina veksellari va tijorat qog’ozlari ko’rinishidagi qisqa muddatli kredit vositalarini oldi sotdi mexanizmi tushuniladi. Bu bozorni obligatsiyalar bozoridan farqlash zarur. Pulning obligatsiyalarda ifodalangan nisbiy bahosi obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkasidir.
IS - LM modeli (investitsiyalar-jamg’armalar, likvidlilikni afzal ko’rish – pul) – yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanati modeli”*. AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e’tiborga olingan edi. Ya’ni tovarlar va xizmatlar baholarining ko’tarilishi pulga bo’lgan talabni oshirishi bu esa o’z navbatida foiz stavkasining ko’tarilishiga olib kelishi, oqibatda investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida ko’zda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va bu modelda har ikkala bozor yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon bo’ladi. Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bog’liq tarzda foiz stavkasi R bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini belgilaydi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo’lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o’laroq bu modelda narxlar darajasi va ish haqi o’zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko’ra tovar moddiy zaxiralarining o’sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo’ladi.
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo’lgan yo’qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko’p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o’zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.
Narxlarning muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi yoki teng bo’lishi kerak.
IS egri chizig`i bozordagi tovar va xizmatlar muvozanatini aks ettiradi, LM esa bozorda real pul qoldiqlar muvozanatini aks ettiradi, buning natijasida, qachonki narx darajasi belgilangandagina IS-LM birgalikda foiz stavkasi va milliy daromad qisqa vaqt ichida ishga tushirilishini aniqlaydi. O`z navbatida IS-LM modelining 2 muhim masalalarini tahlil qilish zarur.
Birinchidan, milliy daromadning potentsial o`zgarishlar sababini ko`rib chiqmoq lozim. Biz milliy daromad o`zgarishi salohiyati sabablarini nazada tutgan holda IS-LM modelining qanday ekzogen o`zgaruvchan holatlari (davlat xaridi, soliqlar va pul ta`minoti) berilganda narx darajasining endogen o`zgaruvchan (foiz stavkasi va milliy daromad) ta`sirini ko`rishimiz mumkin. Shuningdek, tovarlar bozorida (IS egri chizig`i) va pul bozori (LM egri chizig`i) bo`yicha turli qisqa muddatlik foiz stavkasini va milliy daromadga qanday ta`sir qilishini ko`rib chiqish kerak.
Ikkinchidan, IS-LM modelining jami talab va jami taklif modeli bilan moslashishini ko`rib chiqish zarur. Shu jumladan, biz IS-LM modelining jami talab yig`indisini va o`rnini tushuntirish nazariyasini ta`minlab beramiz. Bu yerda biz o`z tahminlarimizni susaytirishimiz va belgilangan narhlar darajasini va IS-LM modelidagi narxlari darajasini va milliy daromad o`rtasidagi salbiy munosabatni nazarda tutgan holda ko`rsatishimiz kerak. Model bizga yana jami talabning qanday yonalishda kengayishini aytib berishi mumkin.