O’zbekiston respublikasi оliy va o’rta maxsus тa’lim vazirligi тоshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Byudjet-soliq siyosatining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati



Download 0,65 Mb.
bet3/9
Sana02.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#729410
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi оliy va o’rta maxsus тa’lim vazirligi т

2.Byudjet-soliq siyosatining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati
Hozirgi sharoitda davlat budjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir.
Mohiyatiga ko’ra davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat budjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xislati, ya’ni2 mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslari asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat budjetining muhim xususiyatlaridandir. Davlat budjetiga xos xususiyatlar mablag’lar bilan budjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat budjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak:
1) davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar;
2) davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat budjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Ok ok
Yalpi ichki mahsulotning davlat budjeti orqali taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. Qiymatning davlat budjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat budjetidan tashqarida, budjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qayta qo’shilib ketishi sodir bo’ladi. Davlat budjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki mahsulotni davlat budjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichga egadir: 1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (budjet daromadlari); 2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli budjet fondlarini yaratish; 3) budjet fondidan foydalanish (budjet xarajatlari).
Davlat budjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo’lish va ularni alohida-alohida ko’rib chiqish orqali budjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to’g’risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag’larining bir qismi davlatning qo’lida to’planishi sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida budjet munosabatlari vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, budjetga tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga — umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish