3. IS-LM modelida byudjet-soliq siyosati tahlili
IS egri chizig`i va LM egri chizigining kesishgan nuqtasi milliy daromad darajasini belgilaydi. Agar bir egri chiziqda siljish ro`y bersa, qisqa davr ichida iqtisodiyot muvozanati o`zgarishi va milliy daromad tebranishi vujudga keladi. Bu bo`limda biz bu egri chiziqlarning kesishishlari qanday siyosiy o`zgarishlar va iqtisodiy shok holatiga olib kelishini ko`rib chiqamiz. Qanday tarzda fiscal siyosat IS egri shizig`ini siljitadi va qisqa davrda muvozanatni o`zgartiradi?
Avvalambor, biz fiscal siyosat o`zgarishlari (davlat xaridlari va soliqlar)qanday qilib qisqa muddat ichida iqtisodiyot muvozanatini o`zgartirishi mumkinligini o`rganishni boshlaymiz.Fiscal siyosat o`zgarishi rejalashtirilgan xarajatlarga ta`sir etishi mumkinligini va shu bilan birga IS egri shizig`ining silishigqa olib kelishini eslatib o`tamiz.Qanday qilib IS egrichizig`ining daromad va foiz stavkasiga ta`sir qilishini IS-LM modeli ko`rsatib o`tadi.
Davlat xaridlari sohasidagi o`zgarishlar. Davlat xaridlarini o`sish su`ratini ∆G korib chiqamiz. Keyns chizmasida bizga davlat haridlari hilma-hilligini, ∆G o’sishi daromad o`sish darajasini ∆Y ko`rsatib o`tadi. Shuning uchun 1- rasmda IS egri chizig`io`ng tarafga siljiishi ko`rsatilgan.
1-rasm IS egri chizig'i
IS-LM modelida davlat xaridlari o’sishi.
Davlat xaridlari o’sishi IS egri chizig’ini o’ng tarafga siljitadi. Muvozanat A nuqtadan B nuqtaga ko'chadi
muvozanat A nuqtadan B nuqta tomon harakat qiladi. 1-rasmda nima sodir bo`layotganini tushunish uchun, oldingi bobdagi IS –LM modeli - Keyns xochi va likvidlilik afzallik nazariyasi ko’rib o’tamiz.
Davlat tovar xaridi va xizmatlari ortganda, rejalashtirilgan xarajatlar ham oshadi.Rejalashtirilgan xarajatlar tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishini rag`batlantiradi va umumiy daromad Y o`sadi. Bu ta`sir Keyns xochidan bizga tanish bo`lishi kerak. Likvidlikning afzallik nazariyasida tasvirlanganidek, endi pul bozorini ko`rib chiqamiz. Iqtisodiyotda pulga talab daromadga bog`liq bo`lgani uchun, umumiy daromad o`sishi pul miqdorini har bir foiz stavkasida o`sadi. Pulga yuqori talab, muvozanat foiz stavkasini o`sishiga olib keladi, ammo pulga taklif o`zgarmaydi. Pul bozorida foiz stavkasi qancha yuqori bo`lsa, bu o`z navbatida ishlab chiqarish harajatlarining oshishishiga, bu esa tovarlar narhining qimmatlashishiga olib keladi. Foiz stavkalarinig yuqoriligi firmalarning investitsion faolliligini susayishiga olib keladi. Bu investitsion faollikning susayishi qisman davlat tomonidan haridlarni oshirilishi bilan qo`llab quvvatlanadi. Gorizontal IS egri chizig`ining ogishi, Keyns xochidagi daromad o`sishi muvozanati bilan teng bo`ladi. IS-LM modelidagi muvozanat modelining o`sishi miqdorida ancha ko`proq hisoblanadi. Investitsiyalarning siqib chiqarilishi foiz stavkalarining oshishi bilan farqlanadi.
Soliqdagi o`zgarishlar. IS-LM modelidagi soliqning o`zgarishi, soliqdagi o`zgarishlar iqtisodiyotga o`z ta`sirini ko`rsatganidek, davlat haridlarining o`zgarishi, istisno tarzida soliqlar va iste`mol harajatlariga ta`sir etadi. Misol uchun, ko`rib turganimizdek, ∆T soliqlarning kamayishi iste`molchilarni ko`proq iste`mol qilishlari uchun zamin yaratadi va rejalashtirilgan xarajatlarning oshishiga sabab bo`ladi. Keyns xochidagi soliq koeffitsienti shuni ko`rsatadiki, ushbu o`zgarishlar daromad darajasini foiz stavkasini ∆T X MPC/(1-MPC) siyosatini o`zgartiradi. Shuning uchun 11-2 rasmda ko`rsatilganidek, IS egri chizig`i o`ng tomonga kengayib og`ib tushgan. Iqtisodiyotda muvozanat A nuqtadan B nuqtaga siljishi kuzatiladi. Soliqlarning pasayishi foiz stavkalari va daromadning o`sishiga olib keladi. Yani foiz stavkalarinig osishi sababli investitsiyalar chiqib ketishi mumkin, Keyns xochiga ko`ra, IS-LM modelida daromadlar kam.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |